O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 O„zbekistonda ixtiyoriy tibbiy sug„urta bozorining mavjud



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

15.4. O„zbekistonda ixtiyoriy tibbiy sug„urta bozorining mavjud 
 tizimi xususiyatlari 
Mustaqillik yillarida milliy sug‗urta bozorida tubdan o‗zgarish yuz berdi. 
Bugungi kunga kelib, ishonch bilan aytish mumkinki, sug‗urtalash mamlakatimiz 
iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Sug‗urta bozorini yanada rivojlantirish 
va islohotlashtirish bilan bog‗liq ravishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 
majmuasi, ayniqsa, uning sug‗urta qonunchiligini takomillashtirishdek muhim 
tarkibiy qismi birinchi navbatda aholini sug‗urta bilan maksimal darajada qamrab 
olishga qaratilgandir. Shu tariqa uning ijtimoiy himoyalanganligi ta‘minlanadi, 
aholining sug‗urta tashkilotlariga bo‗lgan ishonchi mustahkamlanadi, bu esa oxir-
oqibatda sug‗urta xizmatlari iste‘molchilarining manfaatlarini birinchi darajaga 
ko‗taradi. 
Davlatimiz rahbarining sug‗urta bozorini tubdan o‗zgartirishga qaratilgan 
asosiy qarorlaridan biri O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 
aprelda qabul qilingan «Sug‗urta bozorlarini yanada islohotlashtirish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori bo‗ldi. Mazkur qaror bilan 
O‗zbekiston Respublikasi sug‗urta bozorini islohotlashtirish va rivojlantirishning 
2007-2010 yillarga mo‗ljallangan Dasturi tasdiqlangan bo‗lib, unga ko‗ra boshqa 
qonuniy hujjatlar bilan bir qatorda O‗zbekiston Respublikasining «Tibbiy 
sug‗urtalash to‗g‗risida»gi Qonunining qabul qilinishi ko‗zda tutilgan edi. 
Buning sababi shuki, bugungi kunga kelib tibbiy sug‗urtalash masalalari 
alohida me‘yoriy hujjat bilan tartibga solinmaydi. Shu munosabat bilan, mazkur 


241 
alohida qonun qabul qilingach, ko‗ngilli va majburiy tibbiy sug‗urtani amalga 
oshirish uchun qonuniy asosni barpo etish ko‗zda tutilgan. Bugungi kunda 
mustaqillikning dastlabki yillariga qaraganda ixtiyoriy tibbiy sug‗urta ko‗proq 
rivojlangan – ixtiyoriy tibbiy sug‗urta xizmatlari ko‗rsatuvchi sug‗urta 
kompaniyalarining soni ko‗paygan, shunga mos ravishda tibbiy sug‗urtalash 
bo‗yicha asosiy ko‗rsatkichlar ham asta-sekin yuksalib bormoqda, sug‗urtalashning 
ushbu turi bo‗yicha ko‗rsatilayotgan sug‗urta xizmatlarining sifati ortib bormoqda. 
Endi esa respublikada ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalashning mavjud tizimi 
haqida to‗xtalib o‗tamiz. Sug‗urta xizmatlari bozorida ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalash 
bilan bir nechagina kompaniya shug‗ullanayotganligiga qaramay, bunday 
xizmatlar ko‗rsatish sharoitlari va mexanizmi amalda bir-biridan farq qilmaydi. 
Tibbiy sug‗urta xizmatlari ko‗rsatishda sug‗urta kompaniyalari assistans 
kompaniyalarning xizmatlaridan foydalanadilar. Assistans kompaniyalarining 
asosiy vazifai sug‗urtalangan shaxslarga tibbiyot muassasalar orqali tibbiy 
xizmatlar ko‗rsatishni tashkil qilishdan iboratdir. Buning uchun assistans 
kompaniyalari Sug‗urtalovchilardan (Sug‗urtalangan shaxslardan) sug‗urta 
hodisalari to‗g‗risida kecha-kunduz uzluksiz xabarlarni qabul qilib turishni, 
shuningdek, Sug‗urtalovchilarga (Sug‗urtalangan shaxslarga) sug‗urta shartnomasi 
doirasida taqdim qilingan sug‗urta polisi asosida kerakli yordam ko‗rsatishni 
tashkil qilishlari lozim. Assistans kompaniyalarga qo‗yilgan bunday talab 
O‗zbekiston Respublikasining «Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida»gi Qonunining 9-9-
moddasi bilan belgilab qo‗yilgan. 
Sug‘urta ob’ektlari (sug‘urta manfaati). 
Ba‘zan tibbiy sug‗urtalashni 
shaxsiy masala deb, sug‗urtalashda mol-mulk bilan emas, balki Sug‗urtalangan 
shaxsning shaxsiyati bilan bog‗liq manfaat sug‗urtalanadi, deb hisoblanadi. Biroq, 
bu xatodir. 
Tibbiy sug‗urtalashda Sug‗urtalangan shaxsning unga kasallik tufayli 
etkazilgan, qo‗shimcha xarajatlarni taqozo qilgan zarar bilan bog‗liq manfaatlari 


242 
sug‗urtalanadi
51
. Agar kishi kasallikka chalinmasa, bu xarajatlar ham bo‗lmas edi. 
Shuning uchun tibbiy sug‗urta sug‗urtaning mulkiy turiga kiradi. Ammo, tibbiy 
sug‗urtaning mulkiy sug‗urtaning boshqa turlariga nisbatan alohida xususiyati 
shundaki, sug‗urta to‗lovlari etkazib bo‗lingan zararning xarakteriga ega 
bo‗lmaydi, balki ular ushbu zararning oldini oladi, chunki davolash xarajatlarini 
Sug‗urtalangan shaxsning o‗rniga sug‗urtalovchi to‗laydi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish