O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

Asosan birlamchi yordamni sug‘urtalash. 
Ko‗pchilik hollarda surunkali 
kasalliklarni davolash emas, balki faqat shoshilinch tibbiy yordam sug‗urtalanadi. 
Masalan, bunday sug‗urtalash dasturlarida yuqumli, onkologik, tanosil, ruhiy 
kasalliklar, qand diabeti, sil va shu kabi kasalliklar tufayli tibbiy yordam so‗rab 
murojaat qilish sug‗urta hodisalari deb tan olinmaydi. Buning sabablaridan biri 
shuki, sug‗urta hodisalaridan istisno qilingan kasalliklarning ko‗pchiligi 
mamlakatimiz qonunchiligiga ko‗ra bepul davolanishi kerak. Yana bir sabab – bir 
qator kasalliklarning sug‗urta doirasiga kiritilishi (masalan, qand diabeti) sug‗urta 
52
Бордеро (фр. 
Bordereau) 
- перечень принятых на страхование и подлежащих перестрахованию рисков. 
А.А.Гвозденко Страхование. Учебник., Проспект, М. 2006г.


245 
kompaniyalarining riskini jiddiy oshirib yuboradi va ularni sug‗urta mukofoti 
miqdorini oshirishga majbur qiladi.
Sug‗urta shartnomalarining atigi 40 foizigina (ekspert baholarga ko‗ra) 
sug‗urta hodisalarining minimal standart to‗plami doirasidan tashqaridir. 
Sug‗urtalashning bunday kengaytirilgan dasturlari turli kasalliklarning davolanishi 
va profilaktikasini o‗z ichiga oladi. Biroq, tabiiyki, ular Sug‗urtalovchiga 
qimmatga tushadi.
 
Korporativ sug‘urtalashning ustuvorligi.
 
O‗zbekistonda ko‗ngilli tibbiy 
sug‗urta bo‗yicha shartnomalarning asosiy qismi (ekspert baholarga ko‗ra 80-90% 
qismi) hozircha o‗z xodimlarini va ayrim holarda – o‗z oila a‘zolarini 
sug‗urtalovchi korxonalar bilan tuzilmoqda. 
Odatda, sug‗urta kompaniyalar uchun jismoniy shaxslardan ko‗ra korporativ 
mijozlar bilan ishlash manfaatliroqdir. Birinchidan, bunda ko‗lamdan tejaladi: 
mijozlarni jalb qilish va ularga xizmat ko‗rsatishning o‗rtacha xarajatlari qisqaradi. 
Ikkinchidan, bunda ommaviylik ta‘minlanadi va bu sug‗urta biznesining daromad 
keltiruvchanligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Uchinchidan, o‗z-o‗zini 
mustaqil ravishda sug‗urtalovchi jismoniy shaxslardan farqli ravishda 
kompaniyalarning xodimlari sug‗urta summasini faol sarflashga unchalik 
intilmaydilar. Gap shundaki, korporativ sug‗urtalashda xodim uchun sug‗urta 
mukofotini korxona to‗laydi, jismoniy shaxs esa uni o‗zi to‗laydi, shuning uchun 
ham sarflagan pullari evaziga maksimal foyda olishga, ya‘ni sug‗urta summasining 
hammasini sarflashga intiladi. 
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta rivojlanishining imidj xarakteri. 
O‗zbekistonda 
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta xizmatlarini ko‗rsatish asosan foyda keltirmaydi. Biroq 
sug‗urta kompaniyalari sug‗urtalashning ushbu turini o‗z xizmatlari assortimentini 
kengaytirish maqsadida joriy qilib, rivojlantiradilar, chunki bu korporativ 
mijozlarni jalb qiladi. Sug‗urtalashning bir turi bo‗yicha ko‗rsatilgan xizmatlarning 
sifatlaridan qoniqqan mijoz ushbu kompaniyaning boshqa xizmat turlarini ham 
bajonidil sotib oladi. Shuning uchun sug‗urta kompaniyalari ko‗ngilli tibbiy 


246 
sug‗urtadan keladigan zararlarni sug‗urtalashning boshqa turlari va boshqa faoliyat 
turlari hisobiga moliyalashiradilar. 
Yuqorida aytib o‗tilganidek, ixtiyoriy tibbiy sug‗urta bo‗yicha sug‗urta 
xizmatlari ko‗rsatish tartibi va shartlari respublika bo‗yicha amalda bir xildir. 
Ya‘ni, ishonch bilan aytish mumkinki, aynan ko‗ngilli tibbiy sug‗urta xizmatlari 
ko‗rsatib kelinayotgan 8-10 yil davomida ular bozorda ma‘lum darajada 
unifikatsiyalangandir. Shu munosabat bilan, ushbuning ila O‗zbekistonda ixtiyoriy 
tibbiy sug‗urta polisi bo‗yicha tibbiy xizmatlarni ko‗rsatishning taxminiy tartibi 
tavsif qilinadi. 
Og‗ir kasallikka uchraganda yoki surunkali kasallik kuchayganda Tibbiy 
sug‗urta dasturida ko‗zda tutilgan tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun 
Sug‗urtalovchining Assistans Xizmatining kechayu kunduz faoliyat ko‗rsatuvchi 
dispetcherlik markaziga murojaat qilish lozim. 
Assistans Xizmati Operatori sug‗urtalangan shaxsni Sug‗urtalovchining 
mijozlar haqidagi axborotlar kiritilgan ma‘lumotlar bazasidan aniqlaydi, so‗ng 
sug‗urtalangan shaxsning holati, uning istaklari va talab qilinayotgan yordamning 
xarakteridan kelib chiqqan holda uni tibbiyot muassasalaridan biriga yuboradi yoki 
zarur hollarda sug‗urtalangan shaxs uchun tez yordam guruhini chaqiradi. 
Sug‗urtalangan shaxsga tibbiyot muassasalaridagi xizmatlar ushbu 
muassasaning mas‘ul xodimiga u taqdim etgan Sug‗urta polisi (servis kartochkasi) 
va Sug‗urtalangan mijozning shaxsini aniqlovchi hujjat asosida ko‗rsatiladi. 
Sug‗urtalangan shaxs tibbiyot muassasasiga har safar murojaat qilganda 
belgilangan muolajalarni o‗tab bo‗lgach, tibbiyot xizmatlaridan foydalanganligini 
tasdiqlash uchun hisob kartasiga imzo chekishi hamda xizmatlar narxining tibbiyot 
muassasasining amaldagi preyskurantlariga mosligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Sug‗urtalovchi har kalendar oyining so‗nggida hisob kartasidagi ma‘lumot 
asosida (hisoblar bo‗yicha to‗lovlar davriyligi turli Sug‗urtalovchilarda turlicha 
bo‗lishi mumkin) tibbiyot muassasasining hisoblari bo‗yicha to‗lovlarni amalga 
oshiradi. 


247 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish