15.2. Tibbiy sug„urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Sog‗liqni saqlash sohasida tibbiy sug‗urta aholini ijtimoiy himoya sifatida
sog‗liqni har qaysisi sabab bo‗yicha, shu qatorda kasallik yoki baxtsiz hodisa
oqibatida yo‗qotilishida tibbiy yordam ko‗rsatilishini kafolatlaydi. Tibbiy sug‗urta
sug‗urta dasturlar doirasida tibbiy yordamini moliyalashtirish uchun o‗ziga xos
sug‗urta fondlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan ta‘minlanadi.
Insonlarni hayotida muhim jihatlaridan biri – bu sog‗liqdir. Jahon sog‗liqni
saqlash tashkiloti sog‗liq deganda to‗liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy osoyishtalikni
tushunadi. Qanday holatda bo‗lmasin, sog‗liqni yo‗qotish ta‘sirida shaxs o‗zini va
butun jamiyatni xilma-xil ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib borishi mumkin.
Shuning uchun sog‗liq ham shaxsiy, ham ijtimoiy qimmatga ega.
Sog‗liqni saqlash tizimining murakkabligi ushbu tizim oldiga respublika
fuqarolari salomatligini muhofaza qilishni ta‘minlashga qaratilgan qanday vazifalar
qo‗yilganidan kelib chiqadi. Shunisi ravshanki, sog‗liqni saqlash tizimining
samaradorligi ko‗p jihatdan uni moliyalashtirish tartibiga bog‗liq. Amaliyot shuni
ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sog‗liqni saqlash tizimini yuz foiz davlat
tomonidan moliyalashtirish maqsadga muvofiq kelmaydi. Shu bois respublikada
1998 yilda boshlangan islohotlar sog‗liqni saqlash tizimining byudjet, xususiy va
moliyalashtirishning aralash shakli qo‗llaniladigan tibbiyot muassasalaridan bir
yo‗la foydalaniladigan modelini yaratishni ko‗zda tutadi.
Mushkul ahvolga tushgan turli aholi guruhlarini moddiy ta‘minlash uchun
ijtimoiy munosabatlar yordamida shakllanadigan va ishlatiladigan pullik fondlar,
bozor iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy sug‗urtaga asoslangan aholini ijtimoiy himoya
tizimidir. Aholini ijtimoiy himoyasi fuqarolarni qariganda, kasal bo‗lganda, to‗liq
229
yoki qisman mehnatga layoqatligini yo‗qotganda yoki tug‗ilishidan mehnatga
layoqat bo‗lmaganda, boquvchini yo‗qotganda, ishsiz qolganda moddiy ta‘minotga
konstitutsion huquqini amalga oshirish imkoniyatini beradi
32
.
Ijtimoiy sug‗urtaning tashkil etilishi quyidagi qonun-qoidalarga asoslangan:
-
ko‗proq tashkilotlar, muassasalar va davlat mablag‗lari hisobiga
fuqarolarni ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha ta‘minlanishining umumiyligi;
-
ijtimoiy sug‗urta mablag‗larini ishlatishda va ularni ishchilar tashkilotlari
orqali boshqarishda shaxsni, mehnat jamoasini va butun jamiyatning manfaatlarini
optimal birikmaligi
33
.
Ijtimoiy sug‗urtaning asosiy vazifalarini aniqlab, tahlil qilish uchun, uni
asosiy vazifalarini va turlarini belgilab chiqishimiz kerak. Ijtimoiy siyosatning bir
qismi sifatida ko‗rib chiqiladigan ijtimoiy sug‗urtaning eng muhim vazifalariga
quyidagilar kiradi:
-
sug‗urtalangan shaxsning amaldagi moddiy darajasini saqlab qolish
vazifasi;
-
zararni qoplash vazifasi;
-
tiklash vazifasi;
-
qayta taqsimlash vazifasi;
-
barqarorlikni ta‘minlash funksiyasi
34
.
Ijtimoiy sug‗urta – bu davlat tomonidan kafolatlangan ishchilarni va ular
oila a‘zolarini ijtimoiy qaltisliklardan himoya qiladigan chora-tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy qaltisliklarga quyidagilar kiradi:
-
kasallik;
-
baxtsiz hodisa;
-
mehnatga layoqatni yo‗qotish;
-
bola ko‗rish;
-
qarilik;
32
O‗zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. – T., Adolat. 2014. 76 b.
33
Миронов А.А., Таранов А.М., Чейда А.А. Медицинское страхование. – М .: Наука, 2014. – С. 312.
34
Ахвелидиани Ю.Т. Страхование: учебник для студентов вузов. – 2-е изд., перераб и доп. – М.: ЮНИТИ-
ДАНА, 2014. – С. 567.
230
-
ishsizlik;
-
qarindoshlarning vafot etishi.
Ijtimoiy sug‗urta mablag‗lari hamma mulkchilik shakldagi korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar ajratmalari, shaxsiy mehnat faoliyati bilan
shug‗ullanadigan fuqarolarning badallari hisobidan shakllanadi. Rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga ega bo‗lgan mamlakatlarda ijtimoiy sug‗urta tizimi ko‗pincha o‗z
ichiga majburiy tibbiy sug‗urtani ham qamrab oladi.
Majburiy tibbiy sug‗urtaning farq qiluvchi alomati – bu joriy sug‗urta
badallarini joriy sug‗urta qoplamalariga ishlatishdir. Majburiy tibbiy sug‗urtada
sug‗urtaning yig‗ma vazifasi minimal darajada amalga oshiriladi. Bundan tashqari,
majburiy tibbiy sug‗urta tizimida moddiy zarar qoplanmaydi va fuqarolarga pullik
yordam ko‗rsatilmaydi. Majburiy tibbiy sug‗urta tizimida fuqarolarga majburiy
tibbiy sug‗urta dasturlari doirasida ko‗rsatilgan tibbiy xizmatlar moliyalashtiriladi,
ushbu majburiy tibbiy sug‗urtaga xos xususiyatidir.
Majburiy tibbiy sug‗urta tizimida hech kimga o‗tmishdagi kasalliklar
mavjudligi, daromadlarni pastligi, ishlamaydigan oila a‘zolarini ko‗pchiligi,
shartnoma tuzilish paytida kasalliklar, shu qatorda surunkali kasalliklar mavjudligi,
va hokazo sabablar bo‗yicha sug‗urta qilishga rad javob berilmaydi. SHu vaqtning
o‗zida ayrim sug‗urtalanganga ko‗rsatiladigan tibbiy yordam hajmida hech qanday
cheklov yo‗q, agarki yordamning ushbu turlari majburiy tibbiy sug‗urta
dasturlariga kiritilgan bo‗lsa.
Ta‘kidlash kerakki, ko‗pgina rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda,
respublika hukumati olib borgan kuchli ijtimoiy siyosat natijasida davlat
tomonidan kafolatlangan tibbiy-sanitariya xizmatlari hajmi doirasida bepul tibbiy
xizmat ko‗rsatilishi byudjet moliyalashtirilishi hisobiga ta‘minlanadi. Bu o‗z
navbatida mamlakatda ma‘lum darajada majburiy tibbiy sug‗urtani joriy etish
zaruriyatini kamaytiradi.
Tibbiy sug‗urta sub‘ektlari orasida tuziladigan shartnoma asosida tibiy
sug‗urta amalga oshiriladi. Majburiy tibbiy sug‗urta sub‘ektlariga kuyidagilar
kiradi: sug‗urta qildiruvchi, sug‗urtalangan shaxs, tibbiy sug‗urta tashkiloti,
231
majburiy tibbiy sug‗urta fondlari va tibbiy muassasa. Tibbiy sug‗urta ob‘ekti – bu
sug‗urtalangan shaxsni sug‗urta hodisasi sodir bo‗lganda tibbiy yordam
ko‗rsatilishi bilan bog‗langan xarajatlarni qoplash zaruriyati kelib chiqqan moddiy
manfaatlar.
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta sub‘ektlariga quyidagilar kiradi: sug‗urta
qildiruvchi, sug‗urtalangan shaxs, tibbiy sug‗urta tashkiloti va tibbiy muassasa
35
.
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta sub‘ektlarni orasidagi munosabatlari ikkita shartnoma
asosida amlaga oshiriladi: sug‗urtalovchi va sug‗urta qildiruvchi orasida
tuziladigan ixtiyoriy tibbiy sug‗urta shartnomasi va sug‗urtalovchi va tibbiy
tashkiloti orasida tuziladigan tibbiy-oldini olish yordam ko‗rsatishi bo‗yicha
shartnoma.
Majburiy tibbiy sug‗urtada sug‗urta qildiruvchilar:
- ishsiz aholiga – davlat boshqarish organlari;
- ishchilarga – korxonalar, tashkilotlar, muassasalar ajratmalari, shaxsiy
mehnat faoliyati bilan shug‗ullanadigan fuqarolar.
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urtada sug‗urta qildiruvchilar: to‗liq layoqatga ega
bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Davlat tomonidan tegishli ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‗lgan va tibbiy
sug‗urtani amalga oshiradigan yuridik shaxslar tibbiy sug‗urta tashkilotlari
hisoblanadi
36
.
Tegishli litsenziyalarga ega bo‗lgan tibbiy-profilaktik muassasalar, ilmiy-
profilaktik muassasalar, ilmiy-tekshirish va tibbiy institutlar va boshqa muassasalar
va tibbiy faoliyatni amalga oshiradigan shaxslar tibbiy sug‗urta tizimidagi
kiradigan tibbiy muassasalar hisoblanadi.
Shartnoma quydagilardan iborat bo‗lishi lozim:
-
tomonlarning nomlanishi, shartnomaning amal qilish muddati;
-
sug‗urtalangan shaxslarning soni, sug‗urta badallarni to‗lash muddatlari va
tartibi;
35
Рубин Ю.Б. Страховой портфель. – М.: Соминтек, 2014.
36
Сплетухов Ю.А. Страхование: Учеб. пособие. – М.: ИНФРА-М, 2015.
232
-
ixtiyoriy yoki majburiy tibbiy sug‗urta dasturlariga to‗g‗ri keladigan tibbiy
xizmatlarning ro‗yxati, tomonlarning huquq va majburiyatlari;
-
boshqa qonunchilikka zid bo‗lmagan shartlar.
Har qaysi sug‗urtalangan shaxsga yoki sug‗urta qildiruvchiga sug‗urta polisi
beriladi. Tibbiy sug‗urta polisi sug‗urtalangan shaxsning qo‗lida bo‗lishi lozim.
Tibbiy sug‗urta tizimida fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
-
sug‗urta ko‗rinishini (ixtiyoriy yoki majburiy tibbiy sug‗urtasi) tanlash;
-
sug‗urta shartnomasiga binoan tibbiy sug‗urta tashkiloti va shifokorni
tanlash;
-
yashash joyidan qat‘iy nazar mamlakat hududida tibbiy yordam bilan
foydalanish;
-
to‗langan badal hajmidan qat‘iy nazar munosib hajmda va sifatda tibbiy
yordam bilan foydalanish;
-
tibbiy sug‗urta tashkilotiga, tibbiy muassasasiga da‘vo bilan chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |