O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A



Download 2,9 Mb.
bet16/20
Sana11.07.2022
Hajmi2,9 Mb.
#774530
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
baliqchilik

Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A.

Magistr Yulchiyeva M.A.lahatchi:
O‘zR FA Mikrobiologiya instituti
YO‘LCHIEVA MA’MURA ANVARJON QIZI
BALIQCHILIK OZUQA BAZASINI BOYITISHDA LEMNA MINOR L. MAKROSUVO‘TIDAN FOYDALANISH MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ISHINING 2021-yil yanvar oyi uchun hisoboti
Respublikamizdagi tabiiy suv havzalarida asosan qamish (Phragmites australis), qo‘g‘a (Typha angustifoli, Typha latifolia), rdestlar (Potamogeton perfoliatus, Potamogeton pectinatus), urut (Myriophyllum spicatum), shoxbarg (Ceratophullum demersum), xara (Chara fragilis) kabi suv o‘simliklari ko‘p uchraydi va bu o‘simliklar baliqlar uchun to‘yimli oziqa manbai xisoblanadi.
Suv havzalarida uchraydigan suv o‘simliklari 3 ta ekologik guruxga ajratiladi: gigrofitlar (suv bo‘yida va o‘ta sernam joylarda o‘suvchi o‘simliklar), gidrofitlar (tanasining yarmi suvda, yarmi esa suvdan yukorida o‘suvchi o‘simliklar) va gidatofitlar (tanasi to‘liq suv ostida, ayrimlarining barglari va generativ organlari suv ustida o‘suvchi o‘simliklar) ga bo‘linadi.
YUksak va tuban suv o‘simliklari suvdagi barcha mavjudotlar hayotida muhim o‘rin egallaydi. O‘simliklar suvni kislorod bilan boyitadi, suv qirg‘oqlarini emirishdan saqlaydi.
Hovuzda suv o‘simliklarning maydoni 10 - 25 % atrofida bo‘lgani ma’qul. Hozirgi davrda Respublikamiz baliqchilik xo‘jaliklarining ayrim hovuzlarini maydoni 60 - 70 % gacha qamish (Phragmites australis), qo‘g‘a (Typha angustifoli, Typha latifolia), bilan qoplangan bo‘lib, bu o‘simliklarga qarshi kurashish katta muammoga aylangan.
Baliqchilik hovuzlarida suv o‘simliklari xaddan ziyod bo‘lishi hovuzda organik moddani ko‘payishiga, gidroximik sharoitni yomonlashuviga, plankton va bentos organizmlari rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga, baliqlar uchun yaylov maydonini kamayishiga olib keladi. Suv o‘simliklari ko‘p rivojlangan xovuzlarda mikroskopik suv o‘tlari (fitoplankton) biomassasini barpo etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Buning oqibatida esa, etishtirilayotgan baliqlarining vazni bir kilogrammga etmay, mineral o‘g‘itning ayrim qismi besamar sarflanib, natijada suv o‘simliklari mineral ozuqa bilan oziqlanib, xovuzlarda tabora ko‘proq maydonni egallaydi. Suv o‘simliklariga qarshi mexanik, ximik, biologik kurash usullari mavjud. Mexanik kurashish usulini qo‘llash uchun xo‘jaliklarda sarmoya yo‘q, ximik usulni qo‘llash xavfli va gerbitsidlarning narxi qimmat.
Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra qamish vegetatsion davr mobaynida 1 gektar suv yuzasidan 250 tonnagacha ho‘l yoki 100–110 tonna quruq, qo‘g‘a 50–120 tonnagacha ho‘l yoki 10–12 tonna quruq, rogolistnik 60–300 tonnagacha ho‘l yoki 6–25 tonna quruq, rdestlar 20–40 tonnagacha ho‘l yoki 2,5–3 tonna quruq biomassa berishi mumkin. Ular oqsil, yog‘, uglevod va mineral moddalarga boy. Protein miqdori bo‘yicha suv o‘simliklari bedadan aslo qolishmaydi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish