Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A.
Magistr Yulchiyeva M.A.lahatchi:
O‘zR FA Mikrobiologiya instituti
YO‘LCHIEVA MA’MURA ANVARJON QIZI
BALIQCHILIK OZUQA BAZASINI BOYITISHDA LEMNA MINOR L. MAKROSUVO‘TIDAN FOYDALANISH MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ISHINING 2020-yil dekabr oyi uchun hisoboti
3.2. BALIQCHILIKDA YUKSAK SUV O‘SIMLIKLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Sun’iy baliqchilik havzalarida etishtirilayotgan o‘simlikxo‘r baliqlarning mahsuldorligi havzadagi barcha tirik komponentlarga bevosita bog‘liq. Bunday komponentlardan biri makrofitlar hisoblanadi. Bu organizmlar havzalarda va unga tegishli bo‘lgan ariq, kanallarda o‘sadi. YUksak suv o‘simliklari suvdagi barcha gidrobiontlar xayotida muhim o‘rin egallaydi.
O‘simliklarning fiziologik faoliyatlari orqali suvni erigan kislorodga boyitadi. Kanallar qirg‘og‘ini emirilishdan saqlaydi. Baliqchilik xo‘jaligi maydonlarining 70-80% ni yuksak suv o‘simliklari egallagan.
Mamlakatimizdagi suv havzalarida baliq va boshqa suv organizmlarini sun’iy yo‘l bilan etishtirishni tashkil etish oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda baliqchilikni rivojlantirish davlat dasturini bajarilishida o‘txo‘r baliqlar eng ko‘p etishtiriladigan baliqlar hisoblanadi. Ularning mahsuldorligi oxirgi besh yil davomida gektariga 5-6 sentnerdan 16 sentnerga oshdi. Fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilayotgan baliqlarning 90 foizi o‘txo‘r baliqlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Xususan hovuz baliq xo‘jaliklarining hovuzlari ham ma’lum miqdordagi fitoplankton, zooplankton, makrofit hamda bentos organizmlariga ega. Suv havzalaridagi ana shu tirik organizmlar baliqlarning tabiiy ozuqa bazasini tashkil etadi.
Suv o‘simliklarini omuxta emga 30% qo‘shib karp baliqlarining shu yilgi chavoqchalari oziqlantirilganda hovuzlar hosildorligi 2 s/ga ko‘tarilib, baliqlarni qishlovdan chiqishi oshganligi haqida ma’lumotlar bor.
Suv o‘simliklarida ko‘plab miqdorda makro va mikroelementlar mavjud. Masalan rdest (Potamogeton filiformis Pers., P.pectinatus L.), urut (Myriophyllum spicatum L., Myriophyllum verticillatum L.) va xara (Chara fragilis Desv.) tarkibida kalsiy va fosfor elementlari mavjudligi bilan barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan ustun turadi.
Mikroelementlar eng ko‘p miqdorda kichik ryaska (Lemna minor L.) tarkibida mavjud bo‘lib, uning 1 kg biomassasida 0,48 mg kobalt, 0,18 mg brom, 0,32 mg mis, 0,7 mg nikel, 4,8 mg titan borligi aniqlangan.
Lekin hovuzlardagi ushbu tabiiy ozuqa bazasi tig‘izlashtirilgan holatda boqilishi kerak bo‘lgan baliqlar uchun etarli darajadagi miqdorni hosil qila olmaydi. SHuning uchun baliqshunoslar hovuzlarning tabiiy ozuqa bazasini rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishmoqda. Xususan hovuzlarga turli xil organik va mineral o‘g‘itlar solinadi.
Organik o‘g‘itlardan asosan go‘ng, kompost, qushlar axlati ishlatilib, ularning tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy va boshqalar bo‘ladi. Mineral o‘g‘itlardan kaliyli, azotli, fosforli, kalsiyli va boshqa turdagi o‘g‘itlar hamda ohakdan foydalaniladi. Ushbu o‘g‘itlar suv o‘tlari, bakteriyalar va umurtqasiz hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi. Ushbu organizmlar esa o‘z navbatida baliqlar uchun bevosita yoki bilvosita ozuqa manbaiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |