O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»


Ishlab chiqarish ta’limi xususiyatlari



Download 7,8 Mb.
bet64/103
Sana09.07.2022
Hajmi7,8 Mb.
#766077
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
Bog'liq
Kasbiy ta\'lim metodikasi

Ishlab chiqarish ta’limi xususiyatlari. Kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida o‘quv jarayonining ishlab chiqarish ta’limi tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. SHu bilan birga ishlab chiqarish ta’limi maqsadi, mazmuni, shakli va usullari bilan o‘ziga xos xususiyatga xam ega. Ishlab chiqarish ta’limining asosiy maqsadi talabalarda ma’lum kasb, mutaxassislik sohasi bo‘yicha kasbiy mahoratning shakllanishi hisoblanadi. «Kasbiy mahorat» tushunchasi mohiyatini ochib beruvchi quyidagi ko‘rsatkich-mezonlarni ajratib ko‘rsatamiz:

  • ishni bajarish sifati - texnik talablarning ish natijalari bo‘yicha bajaralishi; uning o‘rnatilgan ko‘rsatkich va me’yorlarga mos kelishi; ijobiy natijalarni olish;

  • mehnat unumdorligi - o‘rnatilgan vaqt me’yorlarining bajarilishi; mehnatni tashkil qilish va ishni bajarishning eng tejamli va unumli usullarini, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan texnika va texnologiyani o‘zlashtirishga va bo‘lgan intilishni aniqlab beruvchi vaqt mezonini baholash qobiliyati va mahorati;

  • kasbiy mustaqillik - mehnatning yuqori sifati va unumdorligini ta’minlovchi ish usulini mustaqil tanlash mahorati; ishlab chiqarish vaziyatlarida muammolarni mustaqil hal qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati; ishda o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarishni amalga oshirish;

  • mehnat madaniyati - o‘z mehnatini rejalashtirish qobiliyati va odati; mehnatning maqbul usul va uslublari, zamonaviy texnika va texnologiyani qo‘llash bilan ishlay olish maxorati; ish faoliyatida kasbiy bilimni qo‘llash maxorati; ish o‘rni va mexnatni to‘g‘ri tashkil qilish, mexnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

-mexnatga bo ‘lgan munosabat - mexnatni tashkil etishni va usullarni takomillashtirish, ish jarayoniga yangi asl nusxadagi mexnat qurolini joriy qilishga intilish va etakchilik qobiliyati, ilmiy yechimlar va ixtirolarni topishga bo‘lgan intilish va qobiliyat;
- mehnat faoliyatining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi - bajariladigan mehnat jarayonini iqtisodiy tahlil qilish, ishni bajarish jarayonida iqtisodiy jihatdan maqbul qarorlarni qabul qilish qobiliyati. Bu ko‘rsatkichlar orqali ishlab chiqarish ta’limi mazmunini, tashkil etilishi va usullarining barcha masalalarini ko‘rib chiqish zarur. Ishlab chiqarish ta’limi usullari oldingi paragrafda ko‘rib o‘tilgan nazariy o‘qitish usullariga o‘xshashdir. Ayniqsa ishlab chiqarish ta’limi jarayonida nazariy o‘qitishning ko‘plab usullari ishtirok etadi. Shu bilan bog‘liq ravishda faqat ishlab chiqarish ta’limi uchun xos bo‘lgan metodlarni ko‘rib chiqamiz. Bularga to‘rt pog‘onali, harakat usulini namoyish qilish, mashqlar, talabalarning mustaqil kuzatishi, yozma ko‘rsatmalar, mehnatga ijodiy yondashuvni shakllantirish, shuningdek ishlab chiqarish ta’limining ba’zi «faol» usullari kiradi. Kasb-hunar kollejlarida talabalar o‘zi tanlagan kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishlarida «to‘rt pog‘onali usuli» eng samarali usul hisoblanadi. Bu usul O‘zbekiston Respublikasi, AQSH va Evropaning bir qancha davlatlari kasb-hunar ta’limida keng qo‘llaniladi. Bu usulda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni quyidagi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.



Amaliy o‘qituvchisi talabalarga avval bajariladigan kichikroq bir ishni tushuntirib beradi, so‘ngra qanday tartibda bajarilishini amalda bajarib ko‘rsatadi. Keyin talaba shu ishni ko‘rsatilgan tarzda qaytarishi (immitatsiya) kerak. Talaba muayyan mashqni qaytarib bajarayotgan paytda amaliyot o‘qituvchisi uning xatolarini to‘g‘rilab turadi. Talaba ushbu mashqni bir necha marotaba qaytarishi kerak. Misol tariqasida to‘rt pog‘onali usuli doirasi kasb-hunar kollejlarining engil sanoat yo‘nalishlari uchun o‘tiladigan «Tikuvchilik korxonalari jihozlari» bo‘yicha o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazishini ko‘rib chiqamiz.


1-pog‘ona - tushuntirish - qiziqtirish - ma’lumot berish. Mashg‘ulot talabalarni tikuvchilik sohasi va unga qarashli zamonaviy tikuv mashinalariga qiziqishini uyg‘otishdan boshlanadi. So‘ngra o‘qituvchi talabalarga amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun tikuv mashinasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, unda bajariladigan tikuv jarayonini tushuntiradi. Bunda o‘qituvchi barcha o‘quvdidaktik materiallardan, masalan, tikuv mashinasining kinematik sxemalari, mashinada ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar, sozlash asboblari va gazlamalardan ko‘rgazmali materiallar sifatida foydalanishi mumkin. Amaliyot o‘qituvchisi tikuv mashinasini ishlatishdan oldin qilinadigan tayyorgarlik ishlari ketma-ketligini tushuntiradi. Tikish sifatini namoyish etish maqsadida mashinaning to‘g‘ri sozlanganligi yoki uning ishida sodir bo‘ladigan nuqsonlarni ko‘rsatib o‘tishi mumkin.

  1. pog‘ona -namoyish qilish. Bu pog‘onada amaliyot o‘qituvchisi tushuntirgan ish bosqichlarini o‘zi qilib ko‘rsatadi, ya’ni tikuv mashinasiga ustki va ostki iplarni taqish, ignanini o‘rnatish, gazlamani tepki ostiga joylashtirish va mashinani ishga tushurishni ko‘rsatib beradi. Buning uchun kerakli tikuv mashinasi, gazlama va iplar va sozlash asboblari tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.


Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish