O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»



Download 7,8 Mb.
bet44/103
Sana09.07.2022
Hajmi7,8 Mb.
#766077
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
Bog'liq
Kasbiy ta\'lim metodikasi

O‘quv jarayoni rejasi

/r

O‘QUV FANLARI

Jami
Soat

Soatlarning kurslar bo‘yicha taqsimoti




1 kurs

2 kurs

3 kurs





Umumta’lim fanlari



1.

Nutq madaniyati va Davlat tilida ish yuritish

80




40

40

2.

Ona tili va adabiyot

120

80

40




3.

Rus (o‘zbek) tili

120

80

40




4.

Xorijiy til

160

80

40

40

5.

Tarix

160

80

60

20

6.

SHaxs va jamiyat

40







40

7.

Matematika

200

80

60

60

8.

Informatika

120

80

40




9.

Fizika

160

80

80




10.

Astronomiya

40







40

11.

Kimyo

80

80







12.

Biologiya va ekologiya

80

80







13.

Iqtisodiy geografiya

40

40







14.

YOshlarni chaqiriqqa tayyorlash (YOCHT)

140




70

70

15.

Jismoniy tarbiya

160

80

40

40

16.

Davlat va huquq asoslari

80







80

17.

Ma’naviyat asoslari

40

40







18.

Axborot texnologiyalari

40




20

20

19.

Estetika

40

40







20.

Oila psixologiyasi

40

40

20

20

21.

O‘zbekiston konstitutsiyasi

40

40

20

20

22.

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar

40

40

20

20

23.

Iqtisodiy bilim asoslari

40

40

20

20




JAMI:

1994

920

530

490








Kasbiy ta’lim fanlari (umumkasbiy va maxsus fanlar)




JAMI:

1300

480

370

450




O‘quv amaliyoti:

480

120

180

180




Ishlab chiqarish amaliyoti

648




360

288




JAMI:

1128

120

540

468




Diplom ishi

76







76




J A M I:

4444

1520

1440

1484




Haftalik yuklama




38

36-38

36-38




Kollej ilmiy-uslubiy kengashi qarori bilan kiritiladigan fanlar

116




80

36




HAMMASI:

4560

1520

1520

1520



Izoh: Kasb-hunar kollejlarning o‘quv rejalari tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida tuzilib, kasbiy ta’lim fanlari (umumkasbiy va maxsus fanlar)ga, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotiga ajratilgan soatlar miqdori umumiy ajratilgan soatlar hajmiga nisbatan 10% gacha o‘zgarishi mumkin.
MT lari tasdiqlangan paytda umumta’lim blokida 20 ta fan mamvjud edi. SHuning uchun ham «Umumta’lim fanlari» MT da 20 ta fan keltirilgan va bunga umumiy 1940 soat ajratilgan. Keyinchalik «Umumta’lim fanlar» blokiga yana 3 ta fan ya’niy «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», «O‘zbekiston konstitutsiyasi» hamda “Iqtisodiy bilim asoslari” fanlari kiritildi va umumiy soat 1994 ga etkazildi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. O‘quv reja nimalardan iborat?

  2. Kasb-hunar kollejlari nima?

  3. Akademik litsey nima?

  4. O‘quv reja tarkibiga nimalar kiradi?

  5. Kasb xunar kolleji va akademik litseyning farqini toping.

  6. Kasb xunar kolleji o‘quv rejasini tushuntiring.

  7. Akademik litseylarining o‘quv rejasini tushuntiring.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Abduqodirov A.A. Akademik litsey va KHK o‘qituvchilarini malakasini oshirishda masofali o‘qitish metodikasi // Uzluksiz ta’lim. - Toshkent: 2004. - № 5. - B.3-12.

  2. Ziyomuhammadov B. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent:

  3. Maxmutova G. Pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarni - ma’naviy shakllantirish texnologiyasi // Xalq ta’limi. - Toshkent: 2004. - №1. - B. 40-43.

  1. MAVZU: OCHIQ DARSLARNI O‘TKAZISH VA DARSLARNI

TAHLIL QILISH METODIKASI
REJA:

  1. Ochiq darslarni rejalashtirish.

  2. Ochiq darslarni o‘tkazish.

  3. Dars tahlili turlari.

  4. Darslarni tahlil qilish

Tayanch so‘z va iboralar:ochiq dars, ochiq darsni rejalashtirish, dars tahlili, ilmiy tahlil, didaktik tahlil, metodik tahlil, umumpedagogik tahlil, psihologik tahlil, dars tahlili mezonlari
Muayyan fan bo‘yicha o‘quetilgan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida turli shaklida o‘tkaziladigan darslar ochiq darslar deb ataladi.
Ochiq darslarni o‘tkazishdan maqsad professor-o‘qituvchilarni tegishli fan, texnika va texnologiyalar sohalari bo‘yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo‘lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda darslarni tayyorlash, o‘tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlashdan iboratdir.
Ochiq darslarning maqsadi, darsni ilmiy asosida tashkil etish ta’lim mazmunini ta’minlashda yuqori bilim saviyasiga eirishishni namoyish qilish, ta’lim- tarbiyaviy jarayonda ilg'or shakl va uslublardan real foydalanishni tashkil etish didaktik va ko‘rgazma vositalaridan optimal foydalanish tizimini yaratishdan iboratdir.
Ochiq darsning asosiy maqsadi o‘qituvchining dars o‘tishdagi ilg'or tajriba va uslublarining samaradorligini ko‘rsatish va uni ommalashtirishdir.
Ochiq darslarni o‘tkazish vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • o‘quvchilarga fandagi so‘nggi yutuq va yangiliklarni etkazish;

  • ta’lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash;

  • ilmiy-uslubiy jihatdan etuk dars materiallarini targ'ibot etish;

  • yosh pedagog kadrlarning kasb-mahoratini oshirish;

  • yuqori saviyadagi ochiq dars mualliflarini moddiy va ma’naviy rag'batlantirish.

Ochiq darslar, odatda o‘z sohasi bo‘yicha taniqli yoki ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.
Ochiq darslarni o‘tkazish O‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malaka oshirish shakllaridan biriga kiradi.
O‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ochiq darslar o‘quv rejadagi barcha fanlardan o‘tkazilishi mumkin. Umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan o‘tkaziladigan ochiq darslarga alohida e’tibor berish tavsiya etiladi.
Ochiq darsni o‘tkazish to‘g'risidagi taklif pedagog kadrlar tomonidan o‘quv semestri boshlanishiga qadar kafedra mudiriga ma’lum qilinadi.
Kafedra mudiri, ochiq darsga taklif etilishi mumkin bo‘lgan tajribali pedagoglar, etakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar(tashqi ekspertlar) ro‘yhatini tuzadi
hamda belgilangan jadval shaklida ochiq darsga oid zarur ma’lumotlarni o‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muoviniga topshiradi.
Ochiq darslarni o‘tkazish to‘g'risidagi kafedralar takliflari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bo‘yicha umumlashtirilib, direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Ochiq dars, odatda ikki akademik soatga mo‘ljallanadi. Ma’ruzachi savol va javoblar uchun kamida 5- daqiqa vaqt zahirasiga ega bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Ma’ruza mavzusi, uslubi, texnik vositalari ma’ruzachi tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Ochiq dars o‘tkazilishi haqidagi axborot, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida bir hafta oldin e’lon qilinadi. E’londa ochiq dars mavzusi, ma’ruzachining familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni va toifasi hamda ochiq darsni o‘tkazish kuni, joyi va vaqti ko‘rsatiladi.
Ochiq darsga boshqa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridan tajribali o‘qituvchilar, korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ochiq darsda ushbu darsni tashkil etayotgan kafedraning yosh pedagoglari, magistrantlar, aspirantlar va muhandis-pedagoglarining qatnashishi tavsiya etiladi.
Ochiq darslarni odatda tajribali pedagog xodimlar, yangi metodik usullarni tavsiya qiluvchi o‘qituvchi, muhandis-pedagog shuningdek kasb-hunar kollej direktori hamda uning o‘rinbosarlari o‘tkazadilar, ishni yangi boshlayotgan o‘qituvchi yoki muhandis-pedagoglar ulardan mashg'ulotlar o‘tkazish metodikasini o‘rganib olishlari mumkin. Darsning stsenariyasi va rejaga o‘qituvchiga tomonidan tuziladi hamda kafedraning e’tiboriga havola qilinadi. Ochiq darslarning rejasini tuzishda, darslarning barcha turlarida samaradorligiga erishish o‘quv jarayonini vositalariga ahamiyat berish talab qilinadi. Ochiq darslarni o‘tkazish rejasi kasb- hunar kollejda rektori yoki uning o‘quv ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi. Ochiq darslarning mavzusi mualif tomonidan belgilanadi va o‘quv adabiyotlarida kam yoritilgan yoki uddalashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzularga ko‘proq e’tibor qaratish lozim. Har bir ochiq darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak, bu tayyorgarlik ochiq darsning hamma elementlarini ishlab chiqarish, ish bosqichlarni, vaqtlarga bo‘lish, darsni ko‘rgazmali materiallar bilan darsni samarali amalga oshirish maqsadida yangi faol mezonlaridan unumli foydalanish. Ochiq darsdan so‘ng 2-3 kun o‘tgach o‘quvchilarning shu darsdan olgan qoldiq bilim ko‘nikmasini aniqlash uchun sinov o‘tkaziladi. Sinov natijalaridan ochiq darsning yakuniy muhokamasida foydalaniladi. Dars boshlanishdan oldin o‘quvchilar yo'qligida direktor, direktorning o‘rinbosari, muhandis-pedagog rahbari yoki metodik komissiya raisi dars qatnashchilariga ularning nimaga e’tibor berishlari kerakligini taminlab darsning maqsad hamda vazifalari haqidagi guruhning xususiyatlari to‘g'risida axborot beradi.
Ochiq darsga qo‘yiladigan talablar

  • Ochiq dars ta’lim-tarbiya, intellektual rivojlanish, jismoniy va ruhiy barqarorlanish jarayonining tashkiliy qismlaridan biri bo‘lishi kerak.Dars stsenariyasida darsning ilmiy axamiyati ilmiy asoslanganligi, yoritilayotgan mavzuning aniqligi, ilm-fan rivojining o‘rni, mavzu bo‘yicha ilmiy muammolar borligi aks ettirilishi lozim:

  • Darsning metodik optimalliliga o‘qitishning texnikaviy vositalarning to‘g'ri tanlanishiga alohida ahamiyat berish kerak.

  • Dars shaklidan qat’iy nazar, maqsad o‘quvchini mustaqil fikrlash va mustaqil tahlil olishga yo'llash o‘quv jarayonining asosiy omili ekanligini ko‘zda tutish zarur:

  • Ochiq dars o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi ilmiy-metodik izlanish natijasi bo‘lib, uning taxliliy mehnati natijasi ekanligini ko‘rsatish lozim.

Ochiq darslarni tayyorlash
O‘qituvchi ochiq darsga tayyorlanishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:

  • dars vaqtini optimal rejalashtirish

  • manbalarni chuqurlashtirish

  • shu darsdagi guruh o‘quvchilarining o‘zlariga xos imkoniyatlarini hisobga olish (dars mavzusini tushuntirish uchun avvl olgan bilimlarning ko‘nikma darajasini bilish)

  • dars berishning uslub va vositalarini to‘g'ri tanlash

  • iqtidorli yoshlarga akademik litseyda va kasb-hunar kollejda chuqur ta’lim berish tarbiyalariga javob berish:

  • Ochiq dars mavzusini shunday tanlash kasb-hunar kolleji o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini, metodik ta’limini va dars o‘tish vositalarini aniq ko‘rsatish.

  • Ochiq dars tayyorlanish davrida o‘qituvchi ilmiy-metodik izlanishi, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarning zamonaviy maktablaridan foydalanishi kerak. Bu o‘qituvchilarda tahlil olishga qiziqish uyg'otib, zamonaviy yutuqlardan bexabar bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

  • Dars stsenariyasida belgilangan vaqt davomida o‘qituvchi va o‘quvchini kerakligini aniq ko‘rsatilishi kerak.

  • Darsning moddiy-texnikaviy ta’minoti ilgaridan tayyorlash, barcha ko‘rgazma va namioyish vositalardan foydalanish ketma-ketligini avvaldan rejalashtirish kerak.

  • Kafedralar ochiq darsga tayyorlanish vaqtida, muallifga texnikaviy, metodik ash’yoviy va tahliliy yordam berishi kerak.

Ochiq darsning metodik ta’minoti

  1. Darsning metodik majmuasi quyidagilardan iborat:

  • fanning taqvim-mavzu rejasi:

  • ma’ruza matni yoki mashg'ulotlar (laboratoriya, amaliyot, mustaqil ish va hokazo) ning rejasi:

  • dars stsenariysida ko‘rsatilgan didaktik, ko‘rgazmali materiallari va boshqa texnikaviy vositalar:

  • nazorat ishi uchun savollar to‘plami

  • uy vazifasi savollari yoki masalalari to‘plamlari:

  • o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari:

Metodik majmuaning tarkibida dars turi bilan bog'liq holda tanlanadi.
Ochiq darsning metodik maqsadi quyidagicha ta’riflanishi mumkin:

  • amaliy darslarda kompyuter texnikasidan foydalanish:

-ta’lim-tarbiyaviy jarayondagi muammoli tahlilning o‘rni:

  • yangi mavzuni o‘zlashtirishdagi texnikaviy vositalaridan foydalanishning o‘rni:

  • fanlararo bog'liqlik, bilimni sinovdan o‘tkazish:

  • o‘quvchining mustaqil ishlashini tashkil qilish:

  • o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonini jadallashtirish:

  • o‘quvchining ko‘rsatma va didaktik manbalar bilan ishlashini optimallashtirish va hokazo.

  1. Darsning metodik qo‘llanmasi ochiq dars muhokamasida ko‘rsatilgan ijodiy takliflar bilan boyitilgan holda qayta ishlab chiqiladi, ta’lim muassasasi metodik kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ommalashtirishga tavsiya qilinadi.

Ochiq dars, barcha darslardek doimiy ishchi sharoitda o‘tkaziladi.
Ochiq darsga tashrif byuruvchilar, o‘qituvchi va o‘quvchilarga xalaqit qilmaslik uchun, o‘z o‘rinlarini avvalroq egallaydilar. Ochiq darsga tashrif buyurgan shaxslar dars vaqtida va o‘quvchilar oldida hech narsaga aralashmaydilar va darsga halal bermasdan o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning harakatlarini o‘rganib turadilar. Ochiq darsga tashrif buyurganlar muallifning oldiga qo‘ygan maqsadigan qanday erishishini diqqat bilan kuzatadilar va o‘z fikrlarini tashrif varaqalarida qayd qilib beradilar.
Ochiq dars o‘tkazilgan kuni darsni tahlil qiluvchilar o‘z fikrlarini o‘zaro muhokama qilib, qaror bayonnomasini tayyorlaydilar. Ochiq darsdan so‘ng 2-3 kun
o‘tgach, ochiq dars mavzusi bo‘yicha, o‘quvchilarning qoldiq bilim (ko‘nikma) darajasi sinov orqali aniqlanadi.
Ochiq darsning muhokamasi va tahlili

  1. Ochiq darsning tahlili, unda qatnashgan o‘quvchilarning qoldiq bilim darajasi aniqlangandan so‘ng o‘tkaziladi.

  2. Ochiq darsning tahlili kafedrada ta’lim muassasasi ma’muriyati ishtirokida o‘tkaziladi.

  3. Muhokamaning maqsadi-darsni to‘g'ri o‘tkazilganligini baholash, tanlangan uslub va vositalarning muvofiqligini aniqlash, muallifga u tanlagan ayrim uslub va vositalardan foydalanishning samaradorligini ko‘rsatish.

  4. Muhokama quyidagi tarkibda o‘tkazilishi tavsiya qilinadi:

  • darsni olib borgan o‘qituvchi:

  • dars tahlilida ishtirok etgan o‘qituvchilar:

  • kafedra a’zolari:

  • ta’lim muassasasi ma’muriyati, o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha ma’sul xodimlar:

  1. Muhokama ishtirokchilari to‘liq fikrga ega bo‘lishi uchun, dars muallifiga birinchi so‘z beriladi. Muallif darsning maqsadi va unga erishi uchun qo‘llangan uslub va foydalanilgan vositalar haqida aniq ma’lumot beradi.

  2. Muhokamada so‘zga chiquvchilar darsning barcha yutuq va kamchiliklarini to‘liq ochib berishlari lozim. Muhokamada darsda erishilgan yutuq, qo‘llanilgan uslublarning samaradorligiga, jihoz va texnikaviy vositalardan foydalanish darajasiga alohida e’tibor berilishi zarur. Muallifning kelgusidagi ishida yordam berish uchun, barcha yo'l qo‘yilgan kamchiliklar va ortiqcha harakatlar aniq ko‘rsatilishi kerak.

  3. Muhokamada so‘zga chiqqanlar, tahlil qilingan metodik majmuaning tarbiyaviy tomonini, o‘quvchilarda mustaqil ishlash qobilyatlarini rivojlantirishga ta’sirini, ular

orqali kelgusidagi mutaxassisga kerak bo‘lgan sifatlarni shakllantirishdagi o‘rin haqida fikr bilidirishlari kerak.

  1. Muhokama oqilona va do‘stlarcha vaziyatda fikr almashish, bahslashish sharoitida o‘tishi lozim.

  2. Muhokama oxirida muallifga yana so‘z beriladi.

Ochiq dars natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etish

  1. Kafedraning taklifiga binoan ochiq dars tahlili natijasi o‘quv jarayoniga joriy etilishi kerak bo‘lgan ilg'or pedagogik tajriba hisoblanadi.

  2. Ochiq darsning metodik majmuasini keng joriy etish uchun uning barcha manbalari (stsenariy, texnikaviy vositalar, ma’ruzalar matni va hokazo) o‘qituvchilar o‘rtasida ommalashtiriladi.

  3. Ochiq darsda qatnashgan o‘qituvchilar varaqada to‘ldirilgan ochiq dars tahlilini o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga topshiradilar.

  4. Ochiq dars bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni tayyorlash, taklif va xulosalarning tahlili ilg'or pedagogik tajriba tatbiqlariga kiritiladi.

  5. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashida ochiq dars natijalari kengash a’zolariga etkaziladi. Pedagogik kengash qaroriga ilg'or pedagogik tajribalardan foydalanish to‘g'risidagi aniq taklif va tavsiyalar kiritiladi.

  6. Ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berish uslublarining yangi, ilg'or shakllarini amalda qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Ochiq darslar muhokamasini uyushtirish. Ochiq darslarning mazmun- mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi bo‘yicha muhokamasi ochiq darsdan so‘ng, kafedrada davom ettiriladi. Ochiq darsning muhokamasi kafedra majlislari bayonnomasida qayd etiladi.
Ochiq dars haqidagi tashqi taqriz va fikr-mulohazalar yozma ravishda o‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbariyatiga yuboriladi va kafedra majlisida va ilmiy-pedagogik kengashda muhokama etilib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Ochiq darsni baholashda ilg'or texnologiyalar joriy etilgan yirik korxonalardan taklif etilgan mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va O‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi Markazi mutaxassislarining taqrizlari asosiy hisoblanadi.
Ochiq darslarni muhokama qilishga bag'ishlangan kafedra majlisi
qarorlarining nusxalari tahlil uchun xududiy boshqarmalarga taqdim etiladi.
Xududiy boshqarma boshliqlari O‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi Markaziga o‘rnatilgan tartibda axborot berib boradilar
Ochiq darslar mualliflarini rag'batlantirish
Professor-o‘qituvchilarning muvaffaqiyat bilan o‘tkazgan ochiq darslari, ularni o‘rnatilgan tartibda moddiy va ma’naviy rag'batlantirishda inobatga olinadi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ochiq darslar ularni reytingini aniqlash malaka oshirish kurslariga jalb etish va attestatsiyadan o‘tkazishda inobatga olinadi.
da ochiq darslar o‘tkazish
Akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji nomi




Fan nomi

Ochiq dars mavzusi

Ochiq dars muallifining F.I.SH., toifasi ilmiy daraja va unvoni

Taklif etilayotgan tashqi ekspertlar, lavozimi, ish
joyi

Ochiq dars o‘tadigan akademik guruh, kun, joy va vaqti




2

3

4

5

6

Kafedraning nomi


























































Kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil qilishda asosiy shakli dars hisoblanadi. Dars deb, bir xil yoshdagi o‘quvchilardan bitta guruhga o‘qituvchi rahbarligiga aniq mavzu aniq maqsad, aniq reja, aniq rejim va o‘quv vositalari yordamida tashkil etilgan mashg'ulotga tayyorgarlik tashkil etiladi. Demak, dars kasb-hunar kolllejidagi ta’limning asosi bo‘lib hisoblanadi, chunki darsda asosiy ta’lim tarbiyaviy vazifalar hal etiladi.


Har bir dars pedagogik mahorat ko‘rigi bo‘lishi, har bir darsdan qoniqish va yangi narsa o‘rganish lozim. SHuni alohida takidlash kerakki, hozirgi kunda kasb- hunar kollejlari muhandis-pedagog va o‘qituvchilarning darsini kuzatish va uni tahlil qilish ichki nazoratning muhim shakli xisoblanadi. Dars kuzatish orqali ta’lim-tarbiya ishlari xolatini yaxshi o‘rganish, mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf qilish va yanada yaxshilash amalga oshiriladi. SHuningdek, dars kuzatish orqali har bir o‘qituvchi va muhandis-pedagogning g'oyaviy, ilmiy metodik va umumiy pedagogik saviyasini va pedagogik mahoratini aniqlash mumkin.
Darsni kuzatish va nazorat qilish turlaridan qat’iy nazar, uning asosiy maqsadi- o‘qituvchilarning bilim va malakasini yanada yaxshilashga, darsning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Darsni tahlil qilganda muhandis-pedagog va o‘quvchilarning kamchiliklarini gapirish, kamsitish emas, balki ular xato qilgan, bilmagan joylarida pedagogik yordam berish, hatolarini o‘z vaqtida to‘g'irlashga yordam berish lozim.
Dars quyidagi umumiy talablarga javob berish kerak;

  1. Har bir dars ma’lum maqsadni amalga oshirishda qaratilgan va puxtpa rejalashtirilgan bo‘lmog'i lozim.

  2. Har bir dars mustahkam g'oyaviy-siyosiy va ilmiy qadriyatlar yo'nalishiga ega bo‘lmog'i lozim.

  3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog'langan bo‘lmog'i lozim.

  4. Har bir dars xilma-xil shakl, metod va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog'i lozim.

  5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanish kerak.

  6. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligi ta’minlamog'i lozim.

  7. Darsda o‘quv materialining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatlarini yoritmog'i lozim.

  8. Dars mashg'ulotlarini butun guruh bilan olib borish bilan birga bunda har qaysi o‘quvchilardan individual psixologik xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinishi kerak.

  9. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik me’rosiga murojaat qilish va undan foydalanish imkoniyatini izlamoq kerak.

O‘qituvchilarning har bir darsini aniq maqsad qo‘yilgan holda kuzatilsa, uni ilmiy, metodik, didaktik va umumiy pedagogik tahlil qilinsagina bu borada yaxshi natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Dars tahlillarining quyidagi turlari mavjud:

  • ilmiy tahlil

  • metodik tahlil

  • didaktik tahlil

  • umumpedagogik tahlil

  • psihologik tahlil

Ilmiy tahlil. Berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihati, o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiq yo'nalishi jihatdan to‘g'riligini aniqlash demakdir. Bunda asosan quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir:

  1. O‘qituvchining shu kungi darsga ilmiy-metodik jihatdan tayyorlanganlik holati;

  2. O‘z mutaxassisligiga oid fan bo‘yicha eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan qurollanganligi;

  3. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g'ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o‘quvchilar ongiga singdi-rilib borilishi;

  4. Darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi;

  5. O‘quvchi va o‘qituvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy-nazariy jihatdan maqsadga muvofiqligi;

  6. O‘quvchilar mavzuni ilmiy jihatdan to‘g'ri,qisqa va mukammal bayon etishini o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.

  7. Dars davomida, yangi mavzuni bayon etishida o‘qituvchining o‘quvchilarni nazorat qilishi, ta’limni tarbiya bilan bog'lab olib borilishi.

  8. O‘qituvchi va o‘quvchilarning nutq madaniyati.

Metodik tahlil. O‘qituvchining dars jarayonida qo‘llagan metodlarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va uning o‘ziga xos hususiyatlariga qarab belgilanadi.O‘quv materialini bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo‘llanilgan metodlarining shu materialga mosligi yoki mos emasligini metodik tahlil davomida aniqlanadi.SHuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi darsda qo‘llagan metodlarining samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi, uning o‘tgan yangi mavzu materialini o‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirilganligi bilan belgilanadi. SHu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o‘qituvchi, direktor, ilmiy bo‘lim mudiri, metodist yoki nazoratchi) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi kerak.
Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:

  1. Dars jarayonida o‘qituvchining foydalangan metodlari

hikoya metodi; og'zaki bayon metodi; suhbat metodi; aqliy hujum; kichik guruhlarda ishlash; munozara; rolli oyinlar; muommali vaziyat; klaster metodi va boshqalar.

  1. Darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash

  2. Laboratoriya asboblari bilan ishlash

  3. Texnika vositalaridan (kodoskop, kompyuter, kinofilm, diafilm, radio, televizor kabilar) foydalanish

Didaktik tahlil. Bu o‘qituvchining o‘z darsini ta’lim tamoyillariga amal qilgan holda olib borilganligi, ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonun va qoidalarning, atama nomlarning darsda qanchalik to‘g'ri hamda mukammal bayon etilganligini tahlil qilish demakdir.
Darsni didaktik tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o‘rinli bo‘ladi.

  1. Darsni o‘qituvchi tomonidan yangi pedagogik texnologiya asosida olib borilganligi.

  2. O‘qituvchi bayonining g'oyaviy jihatdan ta’lim-tarbiya talablariga mos bo‘lganligi.

  3. O‘qituvchi fikrining guruh o‘quvchilari jamoasiga to‘la tushunarli bo‘lishi va bu bayonning izchil ravishda o‘quvchi ongiga etib borishi.

  4. Barcha o‘quvchilarning o‘qituvchi berayotgan mavzuni ongli ravishda o‘zlashtirishlari.

  5. O‘qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi.

  6. O‘qituvchi fikrining izchilligi.

  7. Dars jarayonida ko‘rsatmali qurollardan,tarqatma materiallar, texnika vositalaridan foydalanishning qanchalik maqsadga muvofiqligi.

  8. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarda maqsadga erishilganligi.

  9. Darslik bilan ishlashning to‘g'riligi.

  10. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi asosida yo'nalishi.

  11. Darsning ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar.

Umumpedagogik tahlil. Bu darsdagi hamma jihatlarning qisqa va o‘zaro bog'liqligi tahlilidir. Bunda quyidagilarni hisobga olish o‘rinli bo‘ladi.

  1. O‘quv yoki o‘quv xonasining dars o‘tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari).

  2. O‘quv kabineti yoki guruh xonasida sanitar-gigiena holati.

  3. O‘qituvchining dars mavzusi bo‘yicha ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ta’lim bobidagi maqsadi.

  4. O‘qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va umumiy pedagogik jihatdan qanchalik tayyorlanganlik darajasi.

  5. O‘qituvchining darsni tashkil etish va dars bosqichlaridan to‘g'ri foydalanilganligi.

  6. O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunalilik shaxs darajasiga ko‘tarila olinganligi.

  7. O‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan bahoning adolatli va izohli bo‘lishi.

  8. O‘quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritish hamda mazkur fan asoslarini o‘zlashtirib olganlik darajasi.

  9. O‘quvchilarning o‘qituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashi.

  10. O‘qituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi, ta’limni tarbiyaga bog'lashi.

  11. Dars jarayonida o‘lkashunoslik materiallaridan foyda-lanishi.

  12. Darsda o‘quvchilarning o‘zlashtirish sifati.

  13. O‘qituvchining darsda asosiy maqsadga erisha olganligi.

  14. O‘qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga muhtojligi kabilar.

Psixologik tahlil-psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish.
Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarni xisobga olish maqsadga muvofiqdir:

  1. Darsning aniq maqsad va vazifalariga bog'liq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish.

  1. darsning mavzusi, maqsad va vazifalari:

  2. darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.

  1. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish.

  1. o‘quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushunti-ruvchi ko‘rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi);

  2. o‘quvchi bilan faoliyatni faollashtirish, o‘quv axborotini idrok etishi (obrazli, og'zaki mantiqiy xotirani, hayoliy tafakkurni, hayotni). U qanday his- tuyg'ularni uyg'otadiq

  3. mazkur material o‘quvchilar bilim faoliyatining yosh hususiyatlariga, ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi;

  4. o‘qituvchining murakkab o‘quv materialini mazkur yoshdagi o‘quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning ravshanligi, oddiyligi, yorqin misollar, o‘xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko‘rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan bog'lanishi);

  5. o‘rganilayotgan materialning tarbiyaviy (axloqiy, estetik va hokazo) ta’siri. O‘qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradiq

  1. Darsda o‘quvchilar bilim faoliyatining namoyon bo‘lishi va uni boshqarish.

Dars samaradorligi va o‘qituvchining ish faoliyatini yanada yaxshilashga oid dars kuzatuvchi tomonidan beriladigan takliflar ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirishga yordam berishi lozim. Ma’lumki, dars tahlili faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, kasb-hunar kollejlarda o‘quv-tarbiya ishlariga rahbarlik va nazoratning muhim shakli hamdir.
Dars tahlili asosan o‘quv mashg'ulotlarini tekshirish, o‘rganish shaklida olib boriladi. Bunda quyidagilar ko‘zga tashlanadi:

  1. kasb-hunar kollej direktori va uning o‘rinbosarlarining kollejda o‘qituvchi ishiga rahbarlik doirasidagi dars tahlili;

  2. o‘qituvchining malakasini oshirishga yordam berishi, takomillashtirish, ularning tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish doirasidagi dars tahlili;

  3. yosh o‘qituvchilar pedagogik jarayonida nazariy bilimlarni amaliyotga qay darajada tadbiq qilinayotganligini tekshirish va uning natijalarini o‘rganish, shuningdek o‘rgatish doirasidagi dars tahlili;

  4. o‘qituvchilarning o‘zaro bir-birlarining pedagogik usul va metodlarini o‘rganish doirasidagi dars tahlili;

  5. o‘quvchilar jamoasi yoki bir o‘quvchining bilim doirasi, o‘zlashtirish, ahloq mezonlariga amal qilish, ota-onalar, tarbiyachilar va boshqalarning dars tahlili.

Demak, dars tahlilining asosiy maqsad va vazifasi ta’lim-tarbiya jarayonining to‘g'ri yo'nalishi va bajarilishini nazorat etishgina emas, balki uni talablar darajasida amalga oshirishdir.
Dars tahliliga tayyorgarlik
_O‘qituvchining darsiga kirishdan oldin puxta tayyorgarlik ko‘rish zarur: dars mavzusi yoki bo‘limini aniqlash; darslik va darsga oid qo‘llanmalarni aniqlamog'i; shu bobda qanday fan yangiliklaridan foydalanilayapti; shu masala yuzasidan metodik doklad va referatlar bilan tanishishi; darsni tashkil qilish va o‘tkazish shakllarini o‘ylab chiqishi; kerak bo‘lsa o‘quvchilarning bilimlarini sinab ko‘rish uchun savollar va topshiriqlar tayyorlash lozim. Darsga kirishdan oldin o‘tilgan- dars tahlili bilan tanishib chiqsa foydali bo‘ladi. Bu o‘qituvchining ishidagi ijobiy o‘zgarishlar, o‘tgan davr ichida o‘qituvchi o‘zining o‘qitish ishida qanday yangiliklar sodir etdi, qanday usullardan foydalanmoqda, o‘zining pedagogik va psixologik bilimlarini qaysi yo'llar bilan boyitmoqda degan masalani tushunishga imkon beradi.
O‘qituvchi bilan o‘tiladigan dars haqida oldindan olib boriladigan suhbat muhim o‘rinni egallaydi. Darsga kirishdan ilgari o‘qituvchining dars rejasi bilan har tomonlama tanishish darkor. Dars rejasi o‘qituvchining shaxsiy hujjatidir, uning natijasi asosida dars natijasi baholanadi.
Darsni kuzatish
Dars tahliliga kirish uchun quyidagi qoidalar majburiydir:

  • dars boshlanguncha va mazmuni bilan tanishmay turib o‘qituvchi yoki muhandis-pedagoglarni, o‘quvchilarni turli savollarga jalb etmaslik;

  • savollarni faqat fan dasturi va rejasi yuzasidan berish;

  • dars paytida o‘quv xonasi, ustaxonasida yurish, daftarlarga qarash va o‘quvchilarni turli savollar bilan chalg'itmoq mumkin emas;

  • darsga kech kirish va qo‘ng'iroq chalinguncha chiqib ketish mumkin emas;

  • dars jarayonida kuzatuvchi o‘qituvchining ishiga aralashishiga haqi yo'q, xattoki o‘qituvchi qaysi bir sohada hatoga yoki kamchilikka yo'l qo‘ysa ham (dars materialini xato tushuntirishi yoki dars usulida hatoga yo'l qo‘ygan paytlarda). U barcha kamchilik va hatolarni darsdan so‘ng ko‘rsatib o‘tishi mumkin.

  • kuzatuvchi diqqat va e’tibor bilan darsni kuzatishi lozim va tez tanqidiy nuqtai-nazar bilan darsdagi barcha xolatlarni daftariga yozib borishi kerak.

Kasb-hunar kollejlarida hozirgi zamon darsini tahlil qilishda shuni bilmoq zarurki, qaysiki uni quyidagi tomonlariga e’tiborni qaratmoq zarurdir:

  • darsning aniq maqsadini belgilash va buni dars jarayonida amalga oshirish;

  • dars maqsadi va uslubini hozirgi zamon fani va texnikasiga mos kelishi;

  • fan va texnika rivojini dars jarayonida ko‘rsata bilish;

  • o‘quvchilarni tushunish va bilish faolligini oshirish, ularning olgan bilmlarini mustaqil ko‘rsata bilishiga o‘rgatish;

  • dars materialini ilmiy isbotlangan holda tanlash, dars maqsadiga mos xolatda va o‘quvchilarning qobiliyatini hisobga olgan holda material miqyosini aniqlash, darsda ilm olish vazifasini va o‘quvchilarning mustaqil ishlarini aniq belgilashdan iboratdir.

Kasb-hunar kollejida nazariy darsda 4 -ta dars maqsadi belgilanar ekan, darsning tahlilida shu maqsadlarning qanday amalga oshirilganligi va ularning qanday amalga oshirish usullari aniq ko‘rsatilgan bo‘lmog'i zarur.
Ta’limiy maqsad o‘qituvchilarda yangi tushunchalar va xarakat usullarini, kasb bilimlari tizimini egallashga chorlaydi. Unda aniqliklar bo‘lishi shart. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin. Eng avvalo o‘quv dasturining talablarini hisobga olish kerak. O‘quvchilarning bilim hajmi va ko‘nikmalarini, ularning ilmga bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmoq kerak.
O‘qituvchi dars rejada o‘tilgan materialni so‘rash uchun va yangi materialni bayon qilish uchun savollar tuzar ekan, o‘quvchilarga mustaqil ishlar belgilash yo'li bilan ta’lim maqsadini dars jarayonida amalga oshirish yo'llarini rejalashtiradi. Dars
jarayonida ta’lim maqsadini amalga oshirilishini kuzatish uchun dars materialini o‘quv dasturi asosida aniqlamoq kerak. Dars materialinining mazmunining ilmiyligini, hozirgi zamon talabiga mos kelishini baholamoq darkor. Pedagogning darsda qanday metod va uslublardan foydalanishiga etibor bermoq kerak.
O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga dars materialini etarli va qoniqarli tushuntirdimi, o‘quvchilar diqqatini dars materialidagi asosiy tushuncha va muammolarini to‘play oldimi, materialni aniq misollar va faktlar asosida tushuntira oldimi, materialda ko‘rsatilayotgan voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini yorita olishini hisobga olmoq kerak.
Dars tahlilida muhim narsa dars jarayonida oldinga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish usulini baholashdir: texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar.
Darsni tahlil qilishda o‘quvchilarning mustaqil ishlashini baholash muhim o‘rinni egallaydi, qaysiki mustaqil ishlash o‘quvchilarga darsning qiyin davrida va qanday maqsad bilan berildi-buni aniq baholash ham katta ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy maqsad o‘quvchilarda aniq shaxsiy hususiyatlarni shakllantirshga qaratiladi. Bu hususiyatlar o‘quvchilardagi kichik mutaxasisslarning axloqiy sifatlari, mehnatsevrligiga e’tiqod va xalq ishiga tayyor turishdan iboratdir.
O‘qituvchi shuni yaxshi bilmog'i zarurki, dars doim o‘quv-tarbiya ishining asosiy shakli bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Tarbiyani o‘z ichiga olmagan darslar bo‘lmaydi. SHuni aytish o‘rinli va savol tug'iladi: “Har qanday dars tarbiyaviy kuchga egamiq”. L.N. Tolstoy ta’kidlaydiki, tarbiyasiz bilim bo‘lmaydi. Masala shundaki, qanday shaxsiy xususiyatlar tarbiyalanadi. Bu o‘qituvchi tomonidan turli yo'llar va usullar yordamida amalga oshiriladi. Eng muhimi tarbiyani dars mazmuni va uning tashkil qilinishi jarayonida amalga oshiriladi. O‘qituvchining dars rejasida o‘quvchilarning tarbiyalashga qaratilgan maqsadlar shu darsda amalga oshirish uchun mo‘lljallangan bo‘lmog'i kerak.
O‘quvchilar dars jarayonida mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqealarni anglamoqlari, har kungi o‘zgarishlarni va jamiyat boyligini ko‘paytirish uchun barchaning harakati zarurligini anglamoqlari va bilmoqlari kerak. Dars mazmunini tahlil qilishda darsning o‘quvchilarga ko‘rsatgan tarbiyaviy ta’sirchanligi nuqtai nazardan qarash kerak.
Dars maqsadlariga baho berishda asosiy maqsadni o‘qituvchining o‘rganilayotgan mavzuni jamiyat uchun qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatishiga qaratgan harakatini ko‘rsatib, o‘tishi zarur. Nazariy darslarda darsning tarbiyaviy maqsadlarini amalga
oshirish yo'llarini belgilashda o‘qish va tarbiya tizimi birligini hisobga olishga diqqatni qaratmoq kerak. SHuni nazarda tutish kerakki, darsda tarbiya ta’sirchanligi
oldindan belgilangan bo‘lib, u bir nechta o‘zaro bog'langan va xarakatdagi pedagogik va psixologik faktorlardan kelib chiqadi.
Bularga quyidagilar kiradi:

  • o‘quv jarayonini tashkil qilinishi;

  • dars mavzusining mazmuni;

  • darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati;

  • o‘qitish usullari;

  • o‘quvchilarning tarbiyasi va boshqalar.

Har bir dars o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlashni va shu asosda mustaqil bilim asoslarini o‘rganish uchun yo'l ko‘rsatmog'i kerak.
O‘qituvchi dars rejada o‘quvchida xotira, fikrlash va mustaqil ishlashini shakllantirishni rivojlantirishga qaratilgan vazifa va masalalarni belgilashi kerak.
O‘qituvchi o‘quvchidagi olingan bilimni rivojlantirish va mustahkamlash vazifasini dars rejasida ko‘rsatar ekan, u o‘quvchidagi barcha bilimga, kasbga bo‘lgan qiziqishini alohida etiborga olmog'i zarur.
Dars tahlilini rasmiylashtirish
Darsda qanday va nimalarni yozish kerak degan savol ko‘plarni qiziqtiradi.
Har bir o‘qituvchi yoki usta uchun alohida dañar yuritiladi, qaysiki bu asosiy hujjat hisoblanadiki, bundan har bir bilim yurti rahbari foydalanishi nazarda tutilgan. Tahlil qilingan har bir dars 2 kun ichida shu daftarga yozilishi kerak.
Bu erda dars kuzatuvchi dars yuzasidan o‘z fikrini bayon qilishi kerak. Darsdagi yutuq va kamchiliklar aniq aks ettiriladi, ularni birtaraf qilish yo'llari ko‘rsatiladi. SHu daftarga yozilgan barcha fikr va mulohazalar o‘qituvchi uchun kelgusida o‘tadigan darslarini yaxshilashda unga metodik yordam berishga qaratilmog'i va kuzatilgan darsdagi yutuqlar aks ettirilmog'i kerak.
Darslarni kuzatish va tahlil qilish tartibi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim va malakalarini yanada yaxshilashga, darsning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilmog'i lozim.
Ta’lim tizimida ko‘p yil faoliyat ko‘rsatgan tajribali rahbarlarimiz darslarni kuzatish va tahlil qilish uchun Ixtisoslik daftar tutishni tavsiya qilishadi. Alohida daftar tutish tahlillar muddati, miqdori va ketma-ketligini ta’minlaydi. Avvalgi tahlillar bilan qiyoslash va yo'l qo‘yilgan xatolarning tuzatilganligini ko‘rish imkonini beradi.
Tahlil daftarlaridagi kuzatishlar o‘quv yili oxirida to‘la o‘rganilib, yutuq va kamchiliklar o‘quv yig'ilishlarida muhokama qilinadi. Bu esa yangi o‘quv yilida o‘quv mashg'ulotlarini samarali tashkil qilish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatadi. Tahlil daftari kuzatilgan darsni quyidagi pedagogik talablar asosida yozib borish tavsiya qilinadi:
Darsni tahlil qilishda quyidagi faoliyat mezonlarini asos sifatida olish mumkin:

  1. Darsga tayyorgarlik:

  • Dars oldindan rejalashtirilganligi va tayyorlanganligi haqida dalil (Masalan: dars rejasi, dars ishlanmasi, texnologik xarita, baholash paketi).

  • Dars rejasi aniq maqsad va vazifalarga egaligi haqidagi dalil.

  • Dars rejasi tuzilishi mantiqan to‘g'ri tashkil etilganligi haqida dalil.

  1. Dars taqdimoti:

  • O‘qituvchi o‘quvchilarga darsning maqsad va vazifalarini aniq tushuntiradi.

  • Dars tuzilishi mantiqan tashkil etilgan va bosqichma bosqich tushuntiriladi.

  • O‘qitish natijalariga erishish uchun o‘qituvchi tegishli turli model va ta’lim metodlarini qo‘llaydi.

  • O‘qituvchi so‘zlashish balansini yaratib beradi, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchi dars davomida bir xil vaqt suzlashadi (mas.: 50%-50%).

  • O‘qituvchi o‘quvchining oldingi bilim va tajribalarini dars bilan bog'laydi.

  • O‘qituvchi darsni o‘quvchining kundalik tajribasi va atrof-muhiti bilan bog'laydi.

  • O‘qituvchi tushuntirishda va yo'riqlar berishda aniq va oddiy nutqdan foydalanadi.

  • O‘qituvchi o‘quvchining vazifalarini aniqlaydi va ravon tushuntiradi.

  1. O‘qitish va o‘rgatish manbalaridan foydalanish:

  • O‘qituvchi bir qator o‘qitish va o‘rgatish manbalaridan to‘g'ri foydalanadi, shu jumladan texnik vositalardan (kodoskop, multimedia va boshq).

  • O‘qituvchi yozuv doskasidan unumli foydalanadi. YOzuvi aniq. Muhim joylarning tagiga chizilgan. Kerakli joylarda diagrammalar, o‘qlar va boshqa belgilardan foydalanilgan.

  1. Savol-javob o‘tkazish texnikasi:

  • O‘qituvchi o‘quvchilarni savollarga javob berishga rag'batlantiradi.

  • O‘qituvchi savol-javobda har xil savol turlaridan foydalanadi; mas.: ochiq savollar, muammoli savollar, va hokazo.

  • O‘qituvchi o‘quvchilarni savollar berishga va ularga o‘z fikrlari va javoblarini berishga rag'batlantiradi.

  • O‘qituvchi savol-javob paytida o‘g'il bolalarga va qiz bolalarga bir xil munosabatda bo‘ladi, mas.: o‘g'il bolalarni qizlardan ustun qo‘ymaydi.

  • O‘qituvchi o‘quvchilar savollariga yordam yoki aniqlik kiritish sifatida javob beradi.

  1. Sinfda o‘zaro ish olib borish:

  • O‘qituvchi darsni o‘quvchilarning o‘zaro ish olib borishlarini kuchaytirishga yo'naltirib tashkillashtiradi.

  • O‘qituvchi “o‘quvchi-o‘qituvchi” o‘zaro ish olib borishini rag' batlantiradi.

  • O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zaro ish olib borishiga imkoniyat yaratadi; masalan: o‘quvchilararo savol-javob, o‘quvchilarning prezentatsiyalari.

  • O‘qituvchi o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga va muammolarni echishga chaqiradi.

  1. Sinfda va ustaxonada vaqtni boshqarish:

  • O‘qituvchi darsni ajratilgan vaqt davomida o‘tkazadi.

  • O‘qituvchi vaqtdan samarali foydalanadi (vaqtni bekorga sarflamaydi).

  • O‘quvchilar uchun dars materialini o‘zlashtirishga vaqt etarli.

  • O‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini yakka va guruh vazifalarda monitoring qiladi.

  • O‘qituvchi o‘quvchilarga yakka va guruh vazifalarida yo'llanmalar beradi.

  • O‘qituvchi dars davomida intizomni ushlab turadi.

  1. Dars mavzusi bo‘yicha o‘qituvchining bilim va malakalari:

  • O‘qituvchi mavzu bo‘yicha tegishli bilim va malakalarini namoyish etadi.

  • O‘qituvchi dars mavzusini dars davomida yaxshi tushuntiradi.

  • O‘qituvchi mavzuga tegishli o‘quvchilarning savollariga javob beradi.

  1. O‘rganishni va tushunishni baholash:

  • O‘qituvchi o‘qitishni boshlashdan oldin, o‘quvchi qanday bilim va tushunchalarga egaligini aniqlab oladi.

  • O‘qituvchi dars o‘z maqsadlariga erishganligini baholaydi.

  • O‘qituvchi xulosa yasaydi.

  • O‘qituvchi o‘quvchi qanday natijalarga erishganligini turli usullardan foydalanib baholaydi.

  • O‘qituvchi keyingi darsda nimalar bajarilishi kerakligini aniqlab oladi.

  1. O‘quvchilarni rag'batlantirish:

  • O‘qituvchi o‘quvchilarga ijobiy munosabat va kutarinki rux bag' ishlaydi.

  • O‘qituvchi o‘quvchilarni dars davomida o‘rganishga undaydi.

  • O‘qituvchi o‘quvchilarni muammolarni o‘z oldilariga qo‘yishga va ularni echishga undaydi.

  • O‘quvchilar darsga qiziqish bildiradilar.

  1. O‘qituvchining munosabati va ustaligi:

  • O‘qituvchi o‘z ishining ustasi, o‘z fani bo‘yicha etarli bilim va malakaga

ega.

  • O‘qituvchi pedagogik maxoratga ega.

  • O‘qituvchi tashabbuskor.

Quyida dars tahlillarini chizmaiylashtirish boyicha namunalarni tavsiya etamiz.

  1. namuna

NAZARIY DARS TAHLILI
« » 200 yil




Fan nomi
Mashg'ulot mavzusi
O‘qituvchining
F.I.SH. Bosqich
Guruh O‘quvchilar soni
Mashg'ulotda qatnashayotgan o‘quvchilar soni
Mashg'ulotni kuzatishdan maqsad:

.r.

MEZONLAR

1

2

3

4

5




O‘quv xonasining jihozlanganlik darajasi



















O‘quv honasining sanitar-gigienik holati



















Darsning ilmiylik jihati
















.1

Ilmiy asoslangan axborotlar berish
















.2

Ilmiy qoida va ta’riflarni ravon, tushunarli, baland ovozda etkazish
















.3

Mantiqiy va o‘rinli misollarni o‘z vaqtida etkazish
















.4

Materiallarni qo‘shimcha
adabiyotlar bilan boyitish
















.5

O‘qituvchining nutq madaniyati



















Darsninig metodik jihati
















.1

Dars rejasining ishlab
chiqilganligi
















.2

O‘quv maqsadlarining to‘g‘ri belgilanganligi
















.3

Dars bosqichiga mos ravishda metod tanlanganligi
















.4

Ta’limning tashkiliy
shakllaridan unumli foydalanganligi
















.5

Ta’lim metodi, shakli va vositalarining uyg‘unlashuviga
erishilganligi
















.6

O‘quvchi bajaradigan amaliy va mustaqil ishning ilmiy-nazariy jihatdan muvofiqligi



















Baholash metodlaining to‘g‘ri






















.7

tanlahganligi
















.8

Baholashning ob’ektivligi



















Darsninig didaktik jihati
















.1

Darsni zamonaviy ta’lim
texnologiyasi asosida olib borish
















.2

Ta’lim vositalarini to‘g‘ri tanlab, o‘rinli foydalanilganligi
















.3

Darsning mantiqiy ketma- ketlikda olib borilishi
















.4

Darsda o‘quvchilarning
faolligiga erishish (qaytar aloqaning o‘rnatilganligi)
















.5

Darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish



















JAMI:
















Umumiy ball: Bahosi:.






Mashg'ulotning
yutuqlari

Mashg'ulotning
kamchiliklari

Taklif va
mulohazalar










Darsni tahlil qiluvchi: (F.I.SH.) imzo



Tahlil bilan tanishdim:


(F.I.SH.) imzo
Sana « » 200 yil
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Ochiq dars qanday rejalashtiriladi?

  2. Ochiq dars o‘tkazishning qanday qoidalari mavjud?

  3. Dars tahlilining qanday turlari mavjud?

  4. Umumpedagogik tahlil qanday tahlil turlarini o‘z ichiga oladi?

  5. Dars tahlili qanday rasmiylashtiriladi?

  6. Ochiq darslarni o‘tkazishdan maqsad nima?

  7. Ochiq darsga qanday talablar qo‘yiladi?

  8. Ochiq darsning metodik ta’minoti nimalardan iborat?

  9. Dars qanday talablarga javob berishi kerak?

  10. Darsning didaktik taxlilini tushuntiring.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida”gi Qonuni // Oliy ta’lim: Meyoriy - huquqiy va uslubiy hujjatlar to‘plami. - Toshkent: 2004. - B. 16-17.

  2. Abduqodirov A.A. Akademik litsey va KHK o‘qituvchilarini malakasini oshirishda masofali o‘qitish metodikasi // Uzluksiz ta’lim. - Toshkent: 2004. - № 5. - B.3-12.

  3. Ziyomuhammadov B. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent:

  4. Maxmutova G. Pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarni - ma’naviy shakllantirish texnologiyasi // Xalq ta’limi. - Toshkent: 2004. - №1. - B. 40-43.

  5. Musaev U. Ta’lim jarayonini erkinlashtirish prinsiplari // Xalq ta’limi. - Toshkent: 2005. - № 4. - B. 4-10.

  1. MAVZU: O‘QUV DASTURLARI, DARSLIK VA O‘QUV

QO‘LLANMALAR
REJA:

  1. O‘quv dasturlari.

  2. Darslik.

  3. O‘quv qo‘llanmalar.

Tayanch tushunchalar: o‘quv fani, o‘quv dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari tamoyillari, uslubiy ta’minot, informatsion ta’minot, o‘quv predmetlari.
O‘quv fani - ta’lim muassasalarida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi.
O‘quv fani dasturi ham huddi o‘quv rejasi kabi muhim davlat hujjati bo‘lib, unda muayyan o‘quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o‘quv yili davomida ta’lim
oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi ko‘rsatiladi.
O‘quv fani dasturi - ta’lim mazmuni, uning ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ hujjat. O‘quv fani dasturlari tegishli ta’lim (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb hunar yoki Oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to‘la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bo‘lim va mavzular bo‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Tushuntirish xatida o‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan o‘rni, ular o‘rtasidagi aloqadorlik, materialni o‘rganish jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim bo‘lim va mavzularni o‘rganish xususiyatlari o‘rganiladi. O‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qo‘llashga doir tavsiyalar beriladi. Soatlar hisobini asosli o‘rinlarda o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘quv dasturi materiali bo‘limlar va mavzular bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, har bir mavzuni o‘rganish uchun o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, ko‘nikma va malakalarning aniq ko‘rsatkichi beriladi, nihoyat, ta’lim oluvchilarga qo‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
O‘quv dasturidagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
O‘quv dasturlari quyidagi tamoyülar asosida tuziladi:

  1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatiga egaligi.

  2. Dastur mazmunining ijtimoiy - g‘oyaviy xususiyatga egaligi.

  3. Nazariy g‘oyalarning amaliyot bilan birligi.

  4. Dastur mazmunining ijobiy - tarixiy xususiyatga egaligi va aniq hoyaga asoslanganligi.

  5. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bo‘lishi.

  6. O‘quv predmetlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘lanishlarning mavjudligi.

  7. O‘quv dasturini tayyorlashdagi ta’lim oluvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini e’tiborga olish.

Demak, o‘quv rejasi va dasturi ta’lim muassasasi ma’muriyati, ta’lim oluvchilar jamoalarining so‘zsiz amal qilishlari lozim bo‘lgan davlat hujjatlaridir. Ta’lim jarayonini samarali olib borish uchun bularga mos darsliklar tayyorlanadi. Har bir o‘quv predmetining mazmunini DTS va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan hajmda didaktik talablar asosida kitob (darslik) yoziladi.
Darslik - DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy mafkura g‘oyalari singidirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Darslikni bik tizimning axborotli modeli deb atash mumkin. Bunga sabab har bir o‘qituvchi darslikda ta’lim oluvchilar bajarilishi kerak bo‘lgan o‘quv jarayonining ma’lum bosqichlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ta’lim oluvchilar uchun mavzularni o‘qib, undagi topshiriqlarni ma’lum harakatlar ko‘rinishida bajarishadi: tekshiradi, echadi,
javob beradi va h.k. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki yashirin shaklda berilishi mumkin.
Demak, darslik bu - muayyan o‘quv predmeti mazmunini o‘quv dasturida ko‘satilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilingan kitob bo‘lib, uning harakterli xususiyati darslik mazmunining o‘quv dasturi mazmuniga mos kelishidir.
Darslikdagi material bo‘limlar bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir mavzu, muayyan bob, uning tarkibida bo‘lgan bandlar asosida ochib beriladi.
Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o‘rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va echimini kutayotgan muammolari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, fanga tegishgi soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti hamda talabaning fan bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim.
Darslikning asosiy matni - bu ta’lim oluvchi tomonidan o‘rganilishi va o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan o‘quv axborotining asosiy manbai vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi.
Darslikdagi qo‘shimcha materiallar. Bu matnlar - asosiy matnda bayon qilingan holatlarni mustahkamlab va chuqurlashtirishga, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv materialini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha matnlarga belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) materiallar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mashqlar, xulosalar, tavsiyalar, ma’lumotlar kiradi. Qo‘shimcha matnlar o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam berish bilan birga ijodkorlikka undovchi va tarbiyaviy funksiyalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Darslikning tushuntirish matni - o‘quv materialini tushunishga va chuqurroq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan xususiy yozma tuzilma. Bu matnlar ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Tushuntiruvchi matnlarga izohlar, ilovalar, tayanch iboralar, tushuntirishlar, lug‘atlar, ramzlar va ko‘rsatkichlar kiradi. Bu matnlar tushunarli, qisqa va ma’lum tushunchani aniq shakllantiradigan bo‘lishi kerak.
Darslikning tajribaviy - amaliy matnlarida - fan o‘quv materialini o‘zlashtirishda va mustaqil tarzda bilim olishda bilim oluvchi bajaradigan amaliy faoliyat usullari, aniq ma’lumotlar olish uchun nazariy bilimlarni qo‘llash tamoyili va qoidalari, asosiy tadqiqot usullari tavsiflanishi; masalalar, mashqlar, tajriba va eksperiment usullari bayon qilinishi lozim.
Darslikdagi mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar matniga quyidagi talablar qo‘yiladi:
•ta’lim oluvchilar tomonidan o‘tilgan mavzularning mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlash;
•ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqtirishni rivolantirish;
•fikrlash faoliyatini rivojlantirish, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratlarini shakllantirish;
•ta’lim oluvchilarning amaliy topshiriqlarni bajara olish imkoniyatlarini inobatga olish;
•tasdiqlarning aniqligi va tushunarliligi, yagona namunaga mos kelishi.
Darslikdagi bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish materiallari matnidagi nazorat savollari ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqishlarini, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Darslikdagi informatsion - uslubiy ta’minot - bu ushbu fanga oid asosiy va qo‘shimcha o‘quv manbalari, elektron ta’lim resurslari hamda uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi.
Darslikdagi qo‘shimcha ma’lumotlar matniga mazkur darslikdan foydalanish tartibi, o‘quv materalini o‘ranishga tegishli elektron vositalar (multimedia, virtual stendlar, animatsiyalar va h.k.) va ulardan foydalanish tartiblari kiradi.
O‘quv qo‘llanma - bu darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirishni ta’minlovchi ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg‘ulotlar olib borishga mo‘ljallangan nashr.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. O‘quv dastur nimalardan iborat?

  2. Darslik qo‘yilgan qanday talablarni bilasiz?

  3. Darslikning qanday turlari mavjud?

  4. O‘quv qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmaning farqi nimadan iborat?

  5. O‘quv fani nima?

  6. O‘quv dasturlarining tuzilish tamoyillarini tushuntiring.

  7. Darslik nima?

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Abduqodirov A.A. Akademik litsey va KHK o‘qituvchilarini malakasini oshirishda masofali o‘qitish metodikasi // Uzluksiz ta’lim. - Toshkent: 2004. - № 5. - B.3-12.

  2. Ziyomuhammadov B. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent:

  3. Maxmutova G. Pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarni - ma’naviy shakllantirish texnologiyasi // Xalq ta’limi. - Toshkent: 2004. - №1. - B. 40-43.

  4. Mirzaev I. Ta’lim hamma uchun // Xalq ta’limi. - Toshkent: 2004. - № 1. - B.63 - 65.

  5. Musaev U. Ta’lim jarayonini erkinlashtirish prinsiplari // Xalq ta’limi. - Toshkent: 2005. - № 4. - B. 4-10.

  6. Muhamedov G.I., To‘raqulov X.A. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning ilmiy - nazariy asoslari. - Jizzax: Fan, 2004. - 228 b.

  1. MAVZU: O‘QUV MAQSADLARI VA O‘QUV MAZMUNINI KELTIRIB CHIQARISH REJA:

  1. O‘quv maksadlarining turlari.

  1. O‘quv maqsadlarining soxasi.

  2. Mashg‘ulot va (yoki) instruktaj o‘tkazish rejasini tuzish,o‘qitadigan va o‘qiydigan materiallami tayyorlash

Tayanch tushuncha va iboralar: o‘quv maqsadlari, b.blum taksanomiyasi, kognitiv soxa, psixomotorik soxa, affektiv soxa, o‘rganish pog‘onalari,
O‘quv maksadlarining turlari
O‘quv maksadlari - muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi xosil kilinishi lozim bulgan bilim, xatti-xarakat bilan bog‘lik bulgan amaliy topshiriqni uddalay olish maxorati, shaxsiy fazilatlar va xulkni belgilaydi.
Boshkacha kilib aytadigan bo‘lsak, o‘quv maksadlari oldindan ko‘zlangan yakuniy natijalar tavsifidir. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot anik maksadga yunaltirilgan
o‘quv jarayonlaridir. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarning maksadlari anik bulgan takdirdagina, ularning mazmunini belgilash va ularni didaktik nuktai nazardan ishlab chikishga kirishish mumkin. SHu bois, kar bir kasb-xunar kolleji ta’lim beruvchilari uchun o‘quv maksadlarini bilish, to‘g‘ri qo‘ya olish va tanlash kunikmalariga ega bulish - ta’lim jarayonida juda muxim axamiyat kasb etadi.
O‘quv tarbiya jarayonida ta’limning samarali tashkil etish ko‘p jihatdan ta’limning samarali o‘zlashtirishga bog‘liqdir. Sharpies, M., McAndrew, P., Weller, M., Ferguson, R., FitzGerald, E., Hirst, T., Mor,Y., Gaved, M, Whitelock, D lar tomonidan “Samaradorpedagogika” nomli darsliklarida o‘qitish va o‘rganishning tamoyillarini P-12 modelini tadbiq etishgan. Ushbu modelni ko‘rib chiqamiz:

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish