O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»
Kasbiy ta\'lim metodikasi
40% 30% 20% 10% 0% -10% -20% -30% -40% -50% Kun vaqti chizma. Kun davomidagi o‘zlashtirish darajasi YOqoridagi chizmadan (11-chizma) ko‘rinib turibdiki, ertalabki soat 7°°dan so‘ng ish qobiliyati oshadi, so‘ngra esa soat 9°° dan 11°° gacha odamlarda “eng yuqori daraja”deb nomlangan optimal ish qobiliyati kuzatiladi.Tahminan soat 12:00 -13:00larda qobiliyat pasayadi vas oat 14:00-15:00 larga borib eng pastki darajaga tushadi-charchoqning aniq ifodalangan tashqi bel-gilari ko‘rinadi(masalan,ishning sekinlashgan tezligi,hatolarni sezmaslik,esnash va boshqalar).Soat 15:00dan keyin qobiliyat biroz ko‘tariladi,ammo tushlikkacha vaqtdagi holatga qaytmaydi va shu holatda soat 20:00dan so‘ng yana “yuqori faollik darajasi” paydo bo‘ladi va u soat 22:00gacha saqlanadi. Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot vaqtida o‘qituvchi tomonidan quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi. Agar tanlash imkoni bo‘lsa,nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot soat 9:00dan erta o‘tkazilmasligi va uzog‘I bilan soat 12:00gacha davom etishi kerak. Agar soat 9:00dan erta boshlash kerak bo‘lsa,og‘zaki yoki yozma tekshirishdan boshlamaslik,uni soat 9:00dan so‘ng o‘tkazish yoki takrorlash,yoki guruhdagi oddiy ish bilan boshlash kerak. Soat 14:00ga yaqin murakkab mashg‘ulot yoki tekshirishni hech qachon o‘tkazmaslik,o‘quvchilarni bu vaqtda (bu vaqt -eng past faollik darajasi)faol topshiriqlar yoki amaliy ishlar bilan shug‘ullantirish kerak. Bu barcha qoidalaro‘quv jarayonini o‘zlashtirishda inson qobiliyatlarini optimal darjada ishlatish maqsadida ko‘rsatib o‘tildi. Esda olib qolingan va esga tushirish mumkin bo‘lgan bilimga o‘z vaqtida erishilgan tushunish darajasi ham ta'sir ko‘rsatadi, masalan mavjud bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llash va eslab qolish muayyan bir vaqt mobaynida ta'sir qiladi. Agar o‘quv materiali qisimlarga bo‘lingan bo‘lsa va uni o‘zlashtirish uzoqroq vaqtga taqsimlangan bo‘lsa, u yahshi tsda olib qolinadi. Ebbingxfuz tajribalari asosida vaqt davomida esga tushirish mumkin bo‘lgan bilimlarning pasayishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Bundan shunday amaliy qoida kelib chiqadi. Aniq vaqt davomida bilimlar kamida 3 marta takrorlanishi kerak, lekin har bir takrorlanishda boshqacha nuqtayi nazardan, o‘rganishning har xil usullari va uy vazifalardan foydalanish kerak. Demak, o‘qituvchi quyidagilarga rioya qilishi kerak: Nazariy dars yoki amaliy mashg'ulot oxirida eng muhim xulosalar va qoidalar takrorlanishi va umumlashtirilishi kerak. Ertasi kuni yangi materialni tusuntirishni boshlashdan avval bu umumlashtirishni takrorlash lozim. Hafta oxirida o‘quvchilarni eng muhim bilimlarni og'zaki test yoki uy vazifasi orqali esga tushirishlariga undash kerak. NAZORAT SAVOLLARI O‘rganish nima? 0‘rganishga qanday omillar ta’sir etadi? O‘rganish sabablari nimalarga bog‘liq? Simvollar darajasi deganda nimani tushunasiz? O‘quvchilar diqqatini saqlab qolish darajasi tushuntirib bering. O‘zlashtirish davrida sezgi organlarini ishlatish darajasi. Ta’lim oluvchi diqqatining vaqtga nisbatan o‘zgarib borishini izoxlang. Ma’lumotlarning mavhumlik darajasi. O‘quv materialining sifat darajasi. Kun davomida o‘zlashtirish darajasi ADABIYOTLAR RO‘YXATI Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun meyoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami. O‘MKHTM. Toshkent, 2005. Olimov Q.T. va boshqalar. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi. - Toshkent: Fan, 2004. Semushina L.G., YAroshenko N.G. Soderdanie i texnologii obucheniya v srednix spetsialnix uchebnix zavedeniyax. - Moskva: Masterstvo, 2001. Mirsaidov K.J. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish va ishlab chiqarish ta’limi. - Toshkent: SHiituvchi, 1996. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007. Abduqudusov O. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish muammolari. Metodik qo‘llanma. - Toshkent, 2002. MAVZU: DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI REJA: Davlat ta’lim standartlari haqida ma’lumot berish. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim standarti. Tayanch tushunchalar: ta’lim, standart, davlat ta’lim standarti, standartlashtirish, tasniflagich, Kichik mutaxassis, amaliyot, Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi ijtimoiy hayotning ma’lum sohasida faolyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, amaliy ish-harakat usullari va shaxsiy fazatlarni shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vosiatlari hamda mazmun haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir. Ta’lim - ilm berish va tarbiyalashni o‘ziga qamrab olib, respublikaning aql- zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan, har jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi va shuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi, shu jumladan kasb-hunar ta’lim tizimi pedagogikasining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respblikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni. SHuningdek, buyuk mutafakkirlar va olimlarning ta’lim- tarbiya haqidagi g‘oyalari, hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlar kabilar. Mustaqil O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi ilk Qonuni 1992 yil 2 iyuldan amalga joriy etilgan bo‘lib, u VII bo‘lim 44 moddadan iborat edi. Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib, 34 ta moddadan iborat. Bu qonunga binoan respublikamizda shu paytgacha hech bir mamlakatda avval ishlab chiqilmagan va amalga joriy etilmagan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sissiyasida 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilinadi [1,2]. Ma’lumki, bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash ishi bevosita davlat va jamiyatning talab hamda ehtiyojlariga asoslanib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar tasniflagichda o‘z ifodasini topadi. Amaldagi o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar tasniflagichda o‘z ifoadasini topadi. Amaldagi o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumiy davlat tasniflagichi (2006 y)O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo‘yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 1998 yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tayyorlov yo‘nalishlari kasblar tasniflagichining tasniflash obektlari hisoblanib, unda tayyorlov yo‘nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlov yo‘nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar nomi va kodi hamda ixtisosliklar ro‘yxati keltirilgan. Tasniflagichda ta’lim haqidagi meyoriy hujjatlarni indeksatsiyalash maqsadida foydalaniladigan ta’limning xalqaro standart tasniflash kodlari ham keltirilgan. O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini joriy etish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi standartlari bilan birga tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibiga RST O‘z. 6.01.02 95 ga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tasniflagich o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlovchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Davlat ta’lim standartlari o‘quv rejalari, dasturlari va boshqa meyoriy hujjatlarni ishlab chiqaruvchilar ta’lim muassasalari rahbarlari, respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlar mutaxassislari, vazirliklar, muassasalar va boshqa respublikamiz xo‘jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko‘rsatayotgan subektlar uchun mo^jallangandir. Tasniflagich kasb-hunar kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi vazirlikka, qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aynan qo‘llanilishi shart. Tasniflagichda quyidagi ta’riflar qo‘llanilgan: tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichi (TYKIUT), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari. Kasblar va mutaxassislaklarning tizimlashtirilgan ro‘yxati. Malaka mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ish-harakat usullarining aniq, tez fursatda, talab darajasida bajarilishidir. Mutaxassisning malakasini belgilovchi ko‘rsatgich bo‘lib, u haqidagi toifa yoki diplomning mavjudligi hisoblanadi. Kichik mutaxassis - bu ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (O‘MKHT) muassasalari bitiruvchilariga beriladigan malaka darajasidir. Kichik mutaxassis: •nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga; •mazkur jamiyatda o‘zining muvaffaqiyatli hayot darajasini ta’minlaydigan umumiy va kasbiy madaniyat, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlar va shaxsiy fazilatlarga ega bo‘ladi. Kasbiy faoliyat sohasi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning qo‘llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalar nomlari bilan moslashtirilgan. O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari aniq kasbiy faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta’lim berish doirasidir. Mutaxassislar kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi. Tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning tasniflagich ro‘yxati bo‘lib, u qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish uchun ochiqdir. Amaldagi tasniflagichda zarur hollarda tasniflagichga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan. Amaliyotga kasb - hunar ta’limining davlat standartlarini kiritishda asosiy maqsad uni huquqiy va tashkiliy metodik asosida reintegratsiya etishdir. Kasb- hunar ta’limini standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Y.Batishev tomonidan ishlab chiqilgan. Uni: bosqichli ta’lim nazariyasi: tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni guruhlash nazariyalari tashkil etadi. Kasb-hunar ta’lim davlat standartlari yaqin kelajakda o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi majmuaviy belgilab beruvchi echim sifatida xizmat qiladi. Pedagogik manbalarda kasb-hunar ta’limi davlat standarti quyidagicha talqin etiladi: bo‘lajak kichik mutaxassislar egallashi zarur va etarli bo‘lgan mazmun darajasi va ko‘lami; o‘quvchilarning maksimal o‘quv yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablar va hakozo. Kasb-hunar ta’lim davlat standartlarining mohiyati uning ichki va tashqi aloqalari tahlil etilsagina to‘liq ochilishi mumkin, standartlarning tashqi aloqalari eng avvalo ijtimoiy - iqtisodiy munasabatlarida o‘z ifodasini topadi, buning standart ijtimoiy buyurtmani talablar shaklida o‘zida ifodalovchi meyoriy xujjat ekanligi kelib chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standartining ichki aloqadorligi esa uni o‘zaro aloqador va ta’siridagi elementlardan tashkil topgan mustaqil tizim sifatida qaralganda namoyon bo‘ladi. Standartni tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi uning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda standartning rolini tushunish uchun uning funksiyalarini bilish muhimdir. Lo‘nda qilib aytganda, standart nima uchun va kimga kerak? Birinchidan, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun o‘zlarining hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish uchun, ikkinchidan, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlari uchun nazorat qilish mexanizmini shakllantirish uchun; uchinchidan, bandlik idoralari xodimlari uchun, ishga joylashtirish va va qayta tayyorlash ishlarini rivojlantirish maqsadida; to‘rtinchidan, ijtimoiy hamkorlik uchun, ya’ni ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va barcha mehnat munosabatlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun; beshinchidan, yaqin va uzoq chet el hamkorlarimiz uchun xalqaro mehnat bozorlarida inson huquqlarini erkin o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun zarur. SHunday qilib, kasb-hunar ta’limi davlat standarti o‘ziga xos kasbiy ta’lim sifatida boshqarish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun u kasbiy ta’lim sifati bilan bog‘liq ko‘plab komponentlarini qamrab olishi kerak. Keng ma’noda kasb-hunar ta’limining sifati jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalariga qanchalik mos kelishi bilan aniqlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq holda kasb-hunar ta’limi o‘quv- meyoriy hujjatlari tez o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Malaka darajasi aniq shaxsning kasbiy mahoratini xarakterlaydi. Malaka darajasi shaxsning o‘qib o‘rganganligiga bog‘liq, demak, uni obektiv ravishda baholash mumkin bo‘lgan o‘lchamlar: hajmi, sifat daraja ko‘rsatkichlariga ega bilim, ish harakat usullari va shaxsiy fazilatlar bo‘lishi mumkin. Kasb qanchalik murakkab bo‘lsa, unga mos holda kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirish uchun shancha ko‘p vaqt talab etadi. Mehnatning intellektual darajasi aqliy va manual (jismoniy) faoliyatning o‘zaro munosabatini ko‘rsatadi. Ilmiylik darajasi esa mehnat faoliyatini texnik-texnologik jihatlari bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ko‘p funksiyalilik mehnatning murakkabligi turli xildagi vazifalarni bajarishi bilan harakterlanadi. Mehnat faoliyati algoritmining murakkabligi faqatgina turlicha emas, balki bir paytning o‘zida parallel ravishda aqliy va manual ish harakt usullarini bajarilishi bilan harakterlanadi. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va maxsulsiz faoliyatlarning o‘zaro nisbatida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda davlat ta’lim (tarmoq) standarti mutaxassisliklarning yozma modeli bo‘lib kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarni hamda shaxsiy talablarni o‘ziga qamrab oladi [3]. NAZORAT SAVOLLARI Davlat ta’lim standarti nimalardan iborat? Tarmoq ta’lim standartida nimalarni bilishi zarur? O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni nechi bo‘lim va moddadan iborat? “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini qachon ishlab chiqilgan? Kichik mutaxassis-deganda qanday malaka darajasi tushuniladi? Standart nima uchun va kimga kerak? ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Olimov Q.T. va boshqalar. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi. - Toshkent: Fan, 2004. Semushina L.G., YAroshenko N.G. Soderdanie i texnologii obucheniya v srednix spetsialnix uchebnix zavedeniyax. - Moskva: Masterstvo, 2001. Mirsaidov K.J. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish va ishlab chiqarish ta’limi. - Toshkent: SHiituvchi, 1996. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007. 6.. Musaev U. Ta’lim jarayonini erkinlashtirish prinsiplari // Xalq ta’limi. - Toshkent: 2005. - № 4. - B. 4-10. MAVZU: KASB-HUNAR KOLLEJLARI VA AKADEMIK LITSEYLARNING O‘QUV REJALARI REJA: Kasb-hunar kollejlari. Akademik litseylar. O‘quv rejalari. Tayanch tushuncha va iboralar: kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, davlat ta’lim standarti, majburiy va ixtiyoriy ta’lim, o‘quv reja, o‘quv rejasining moduli, Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta - maxsus, kasb - hunar ta’limi yo‘nalishi - akademik litsey yoki kasb - hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb - hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Kasb - hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb - hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb - hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. Kasb -hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb - hunarni egalash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. Akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichilarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb - hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi. O‘rta - maxsus, kasb - hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur: akademik litseylar va kasb - hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish; soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb - hunar dasturlari, o‘quv - uslubiy majmualar ishlab chiqish; akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish; kasb - hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb - hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish; hududlarning jo‘g‘rofiy va demografik shart - sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish; •akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarining moddiy - texnika va axborot bazalarini mustahkamlash. Akademik litseylar - o‘quvchilarning qiziqishlari qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlaydi. Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bilimlarini oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallashi imkonini beradi. Kasb-hunar kollejlari ishlab turgan hunar -texnika bilim yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari negizida turli yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Biroq u avvalgi bilim yurtlaridan mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham tubdan farq qiladi. O‘quv reja - har bir mutaxassislik bo‘yicha malaka va DTS da keltirilgan talablarni ta’minlovchi muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida o‘rganishning izchilligi va soatlaridagi qatnashishini belgilaydigan hujjat. O‘quv rejasiga kirgan fanlar mazmunini o‘quv dasturlari va mavzular rejasi tashkil etadi. O‘quv rejasi o‘quv shakllarini, o‘quv predmetlarining ro‘yxatini va hajmini, ularning o‘quv haftalari, yarim yilliklari bo‘yicha taqsimlanishini belgilaydigan, bo‘lajak mutaxassislarni o‘quv predmetlari, kasbiy va umumta’lim tayyorgarligi orasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi meyoriy hujjat. O‘quv rejasining moduli - uzluksiz ta’lim mazmunining asosiy invariant tarkibiy komponentlarini aks ettiruvchi o‘quv rejasini taqdim etish shakli Akademik litseylar o‘quv rejasi modeli Ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan o‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan).
O‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi hamda mazkur reja asosida o‘quv jadvali tuziladi. O‘quv jadvalida hafta davomida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori ko‘rsatiladi. Izoh: Akademik litseylarning o‘quv rejalari tayyorlov yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida tuzilib, chuqurlashtirilib va qo‘shimcha chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlar uchun ajratilgan soatlar miqdori umumiy ajratilgan soatlar hajmiga nisbatan 5% gacha o‘zgarishi mumkin. jadval. Kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasi modeli
Izoh: Kasb-hunar kollejlarning o‘quv rejalari tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida tuzilib, kasbiy ta’lim fanlari (umumkasbiy va maxsus fanlar) ga, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotiga ajratilgan soatlar miqdori umumiy ajratilgan soatlar hajmiga nisbatan 10% gacha o‘zgarishi mumkin. jadval. Akademik litseylarning o‘quv rejasi O‘quv jarayoni rejasi
Izoh: informatika fanida boshlang‘ich kompyuter saboqlari va zamonaviy kompyuter dasturlari, axborot texnologiyalari fanida esa yangi axborot texnologiyalari, internet va lokal kompyuter tarmoqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar o‘rganiladi. Download 7,8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |