Talaba yaxshi o‘qiydi, qachonki: 1. Qo‘llab quvvatlovchi va samarali muhit, o‘qituvchi va o‘quv muhitidagi pritsipi: Bu tamoyilni o‘quvjarayonida o‘qituvchiyaratadi: bilim berish yo‘li orqali ta’sir etuvchi muloqot tashkil etish hamda xar bir talabani baholash;
insonlarga madaniy va xurmat bilan qarashni tashkil etish;
talabalarni o‘rganishlarida o‘zlariga ishonch hosil qilish;
xar bir talabaning ishini muvafaqqiyatini qo‘llab quvvatlash orqali. O‘qitish muhiti mustaqillikni o‘zaro aloqa, darslikni, hamkorlikni tashkil qiluvchi muhit:
Bu tamoyilni o‘quv jarayonida o‘qituvchi yaratadi: o‘qitishda o‘ziga javobgarlikni olgan holda, talabalarni
rag‘batlantiradi va qo‘llab quvvatlaydi; samarali xamkorlikda yo‘l tutib, ko‘nikma hosil qilishi.
Talablar Talabalar kelajagi va dunyoqarashlari dasturni o‘rganishda ko‘rinadi:
Bu tamoyilni o‘quvjarayonida o‘qituvchiyaratadi: inson qiziqishlari va chanqoqligiga tekis hamda ravon yo‘llar topishi;
turli xil fikrlash va o‘rganish usullarini qo‘llashi;
talabalarning oldingi o‘zlashtirgan bilimlari va ko‘nikmalariga tayanadi;
jahonning boy texnologiyalarini egallashdan hosil bo‘lgan
tajribalardan foydali tomonlarini oladi. Talabalarni chuqur darajadagi fikrlashi va ularni qo‘llashga da’vat etadi hamda qo‘llab quvvatlashlarni o‘zida aks ettiradi.
Bu tamoyilni o‘quv jarayonida o‘qituvchi yaratadi: uzoq vaqt davomida to‘plangan va g‘oyalar bilan bog‘lovchi o‘rganishni
qo‘llab quvvatlash rejasining ketma-ketligi;
g‘oyalarni mustaqil taxlil qilishgayordam beradi;
o‘qish sifatini kutilayotgan katta muvafaqqiyatli natijalarga olib keladi;
talabalarni fikrlashga undovchi, jalb etuvchi va qo‘llab quvvatlovchi savolar berish usullarini qo‘llash;
tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni echa olish usullarini qo‘llash;
tasavvur va kreativlikni rivojlantiruvchi usullarni qo‘llash.
Baholash usullari - o‘qish va o‘qitishning ajralmas qismidir.
Bu tamoyilni o‘quvjarayonida o‘qituvchiyaratadi: dastur vazifalarini to‘liq o‘zlashtirish ko‘zda tutuvchi baholash usullari loyihasi;
talabalarni taxsil olishni davomiyligini ta’minlovchi loyihalashtirilgan shaxsiy qaytuvchan aloqani ta’minlaydi;
aks etuvchi va o‘z-o‘ziga baho berishni rag‘batlantiruvchi baholash usullarini qo‘llash;
baholashda rejalashtirish va o‘qitish uchun isbotlangan ma’lumotlarni qo‘llash;
Darsdan tashqari o‘qitishni amaliyotning kuchli aloqador tomonlari bilan bilan bog‘lash.
Bu tamoyilni o‘quvjarayonida o‘qituvchiyaratadi: talabalarni zamonaviy bilimlar va amaliyoti bilan hamkorligini qo‘llab quvvatlash;
talabalarni xududiy uyushmalarga yanada kengroq biriktirishni tegishli rejalarga kiritish;
uyushma va kasbiy usullarni o‘zida aks ettiruvchi texnologik usullarni qo‘llash3.
Xar bir nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning o‘quv maksadlari oldindan aniklanishi lozim. Aniklangan o‘quv maksadlari, dars mazmuni buyicha kaysi nazariy materiallarni tanlash, uni utkazish buyicha kanday metodik va didaktik vositalardan foydalanish lozimligini belgilab beradi. SHunday kilib, xar kanday ta’lim jarayonida o‘quv maksadlari ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini belgilar ekan.
O‘quv maksadlari ta’lim jarayonining ko‘lamiga ko‘ra turlicha tarzda ifodalanishi mumkin. O‘quv maksadlari kuyidagicha bulinadi:
aloxida olingan bitta darsning maksadi;
fanning biror bulimini o‘rganishning o‘quv maksadlari;
butun bir fanni urganishning o‘quv maksadlari;
- butun bir mutaxassislikni egallash buyicha o‘quv maksadlar.
Kichik ko‘lamda (aloxida dars, fanning bir bo‘limi uchun) maksadlar anik belgilansa, ko‘lam kattalashgan sari (mutaxassislikni egalash uchun) o‘quv maksadlari umumlashtirib boriladi. O‘quv maksadlari kamrov ko‘lamiga karab uch xil turga ajratiladi:
Yo‘naltiruvchi o‘quv maqsadi - ta’lim jarayonining ustivor yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Umumiy o‘quv maqsadi - ta’lim jarayonining o‘rta ko‘lamiga taalluqli bo‘lib, ta’lim jarayonining ustivor yunalishini ko‘rsatadi.
Anik o‘quv maksadi - kichik ko‘lamdagi ta’lim jarayoniga taallukli bo‘lib, ko‘zlangan natijani (bilim, xatti-xarakat va xulkni) anik ko‘rsatadi.
Yo‘altiruvchi maksadlar. Yo‘naltiruvchi maqsadlar eng katta ko‘lamdagi ta’lim jarayonining maksadlarini belgilaydi. Masalan, biror mutaxassislikni egallash buyicha o‘quv maqsadlari. Bu maqsadlar odatda davlat talim standartlarida o‘z aksini topadi va qonuniy xujjat xisoblanadi. Ular ta’lim jarayoniga qo‘yilganumumiy talablarni aniqlaydi va uning umumiy yunalishini belgilab beradi. Umumiy maksadlar. Umumiy maksadlar kichikrok ko‘lamdagi ta’lim jarayonlariga taallukli bulib, uning mazmuni yo‘naltiruvchi maksadlardan kelib chikadi. Masalan, biror fan buyicha o‘quv maksadlari. Umumiy maksadlar xam xar bir fan bo‘yicha tuzilgan davlat ta’lim standartlari ko‘rinishida belgilanishi mumkin. Umumiy maksadlar yo‘naltiruvchi maqsadlarni o‘z qamrov kulami darajasida oydinlashtiradi va aniklashtiradi. SHunday bo‘lsada, yo‘naltiruvchi maksadlar xam ta’lim oluvchi egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va xulq xakida umumiy tasavvurni beradi. U xam o‘z navbatida pastki kulamda yanada aniklashtirilishi va oydinlashtirilishi lozimbo‘ladi. Anik maqsadlar (kutilayotgan natijalar). Anik
maqsadlar eng kichik kulamdagi ta’lim jarayoniga taallukli bo‘lib, uning mazmuni o‘z navbatida umumiy maksadlardan kelib chikadi. Masalan, biror bir darsning maksadi. Anik maqsadlar aniq ifoda etilganligi tufayli ta’lim jarayonida muxim o‘rin tutadi. Ular biror bir mavzuga oid dars, amaliy mashg‘ulot bo‘yicha o‘lchanishi mumkin bo‘lgan anik yakuniy bilim, ko‘nikma, malaka va xulkni ifodalaydi. SHuning uchun ularni ifodalashda maksadlar bilan birga ularga erishish ko‘rsatkichlarini, baxolash mezonlarini va bu natijalarga erishish uchun yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar (asbob-uskunalar, materiallar va boshqa zaruriy vositalar) tavsifini xam berish lozim bo‘ladi. Aniq maksadlar odatda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi. SHuningdek, bu maqsadlar yukorida turgan mutasaddi ta’lim muassasalari, ilmiy-metodik kengashlar tomonidan ishlab chikilishi va amaliyotga tadbiq qilinishi mumkin. Aniq o‘quv maksadlari moxiyatiga ko‘ra uch soxaga bo‘linadi (1 - rasm).
Kognitiv (nazariy bilimlarni uzlashtirish bilan bog‘lik) o‘quv maksadlari soxasi;
Psixomotorik (amaliy xatti-xarakatlarni o‘zlashtirish bilan bog‘lik) o‘quv maqsadlari soxasi;
Affektiv (xulqo‘zini tutish, atrof-muxitga va tevarak atrofdagilarga munosabatning shaqllanishi va kadriyatlarni o‘zlashtirish bilan bog‘lik) o‘quv maqsadlari soxasi.