O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»



Download 7,8 Mb.
bet18/103
Sana09.07.2022
Hajmi7,8 Mb.
#766077
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
Kasbiy ta\'lim metodikasi

Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo‘lingan axborotlarni etkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o‘zlashtirishda samaradorlikka erishish g‘oyasini ilgari suradi. Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o‘quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dg‘yuining nazariy g‘oyalari muammoli ta’limning asosi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g‘oya o‘qituvchi
rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o‘quvchilarning faollik va mustaqilliklarini tahminlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o‘rganish jarayonini rag‘batlashtirish, o‘quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivoilantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vo‘gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “YAqin rivojlanish zonasi” g‘oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra bola kattalar yordamida bilim olib, o‘zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g‘oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uning shaxsini, obro‘si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud istehdodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.

  2. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat?

  3. Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?

  5. Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?

  6. Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat?

  7. Zamonaviy didaktik tizimning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?

  1. MAVZU:O‘QITUVCHINING ASOSIY VAZIFALARI

REJA:

  1. O‘qituvchining o‘quv ishlari.

  2. Ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirishda o‘qituvchining uslubiy ishlarini ahamiyati

  3. Mutahassislik fan o‘qituvchisining malakasi.

  4. O‘qituvchining metodik ishlari.

Tayanch tushunchalar: uslubiy ishlar, modellashtirish, lavozim vazifalari, Mutaxassislik malakasi, Pedagogik malaka, SHaxsiy layoqat, Ijtimoiy layoqat, muhandis-pedagog, Uslubiy kengash, Konsultatsiyalar, metodik ishlar, jamoaviy metodik ishlar, shaxsiy metodik ishlar, o‘qituvchining yillik ish rejasi
1.O‘qituvchining o‘quv ishlari.O‘quv faoliyati shaxsning yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash jarayonidir. O‘quv ishlari bu ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigin nazariy, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlaridagi o‘qituvchi faoliyatidirir.
O‘quv ishlari usullari bu tushuncha o‘rganish jarayonining samaradorligini belgilaydigan malaka jarayoniga oid sohani o‘z ichiga oladi. SHundan kelib chiqqan holda ishlarning umumta’lim usullarini farqlaydi: o‘quv faoliyatini rejalashtirish, o‘quv faoliyatini tashkil etish, axborotni idrok qilish, fikrlash faoliyatini, o‘quv faoliyati natijalarini baxolash va anglash malaka va ko‘nikmalari. Ta’lim oluvchining fikrlash faoliyati jarayonida bosh natija bilim, malaka va ko‘nikmalarning shakllanganligidir.
Ba’zi o‘qituvchilar talabalarning bilmlarni o‘zlashtirish darajasini shakllantirmay turib dars o‘tipshlari salmoqsizdir lekin to‘g‘ri. Aksariyat hollarda ma’ruzachi pedagoglar o‘qitish usullarini yaxshi biladilar lekin talabalarning o‘zlashtirish darajasiga ahamiyat bermaydilar. SHuning uchun talabalarda mavzuning mazmun mohiyatni tushunish uchun tushuncha yo‘q. O‘quvchilarda tushuncha hosil qilish uchun yoritilayotgan bilimlarni soddalashtirish orqali ular yaxshi xis etadigan jarayonni aniq tushuntirish va ular ongida tushunchalarni shakllantirish kerak. Marton va But ning fikricha o‘zlashtirish
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish