3.8. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti korxonalarning qarzga oladigan
mablag‘larining muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga
soluvchi qonunlar ta‘sirida ko‘p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular
korxonalarning tashkiliy - huquqiy shakllaridan qat‘iy nazar hisob - kitob, kassa
muomalalarini amalga oshirish bo‘yicha xizmat qiladi.
Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish
munosabatlari ixtiyoriy asosda bo‘lib, ikkila tomonlarning manfaatdorligi asosida
tuziladi. Kreditlar xo‘jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o‘z aylanma
mablag‘lariga ega bo‘lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit obyektlari
uchun beriladi.
Hisob - kitob munosabatlari tamoyillari va talablarini inobatga olgan holda
obyektlar uchun kredit berishdan subyektga, aniq yuridik va jismoniy shaxsga yoki
iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o‘tish amalga oshirilmoqda.
Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan kelishilgan
holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to‘lovlik va ta‘minlanganlik tamoyillariga
66
qat‘iy amal qilib beradi. Banklar faoliyatining huquqiy asosini qonuniy va boshqa
me‘yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
13
Kredit berish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bank
qoidalari va bank bilan kredit oluvchi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar
asosida tartibga solinadi. Тuzilgan kredit shartnomalarda quyidagilar kelishib olinadi:
kredit berish obyekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish va
qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta‘minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to‘lash
tartibi, kredit berish va qaytarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va
mas‘uliyati, hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlar.
Kredit olishda korxonalar bankka asoslangan ariza va unga quyidagi hujjatlarni
ilova qilib kreditni qaytarilishini ta‘minlanishini tasdiqlovchi ta‘sis va boshqa
hujjatlar topshiradi.
Shartnoma tuzilmasdan bank korxonaning to‘lash qobilyatini sinchiklab
tekshiradi. Buning uchun bank korxonadan olgan hujjatlardan va hisobotlardan
foydalanadi, kerak bo‘lsa joylarda oldindan tekshiruv o‘tkaziladi. Agar bu
hujjatlarning barchasi talabga javob bersa, bank xodimlari korxonaga kredit berishga
qaror qiladi. Keyinchalik, xo‘jalik yurituvchi subyekt kredit olgandan so‘ng kreditni
to‘liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko‘rsatilgan tartib va muddatlarda
bankka buxgalteriya hisoboti va korxonaning xo‘jalik - moliyaviy faoliyati ustidan
nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni topshirib turadi.
Muddatiga qarab bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi.
Kreditning muddatliligi uning qaytarish muddati bilan belgilanadi. Chunonchi, qisqa
muddatli kredit bir yildan kam muddatga beriladi, masalan, yuklangan tovarlar uchun
beriladigan kredit muddati haqiqiy tovaraylanish muddatiga teng, lekin 30 kundan
oshmasligi kerak.
Uzoq muddatli kreditlar bir yildan ortiq muddatga, odatda, yangi texnikani
tadbiq etishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, uning qaytadan tiklanishiga, qimmat
asbob - uskunalarni sotib olishga va boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishga
olinadi.
Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa
muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks
ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo‘lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga
qaytarilmagan qarzlar summasini ko‘rsatadi, debet oboroti - kreditni qaytarilishini,
kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi.
Kreditlar olinganda 6810 va 7810 schyotlar kreditlanib quyidagi schyotlar
debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar.
6810 va 7810- schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to‘liq qaytarilishi
aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi.
Хarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq muddatli
kreditdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan foiz summasi moliyaviy faoliyat
bo‘yicha xarajatga o‘tkaziladi. Demak kreditdan foydalanganligi uchun hisoblangan
foiz summasiga 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920
13
Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банклар фаолияти тўғрисида» 1996 йил 25 апрел, Ўзбекистон
Республикаси Қонуни «Марказий банк тўғрисида» ги қонунлари 2005й 25 декабрь.
67
«Hisoblangan foizlar» schyoti kreditlanadi. Foiz summasi bank muassasalariga
o‘tkazib berilganda 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob -
kitob» schyoti kreditlanadi.
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va
alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha yuritiladi. Bank kreditlarining
hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi.
Hozirgi vaqtda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog‘ uylarini
qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo
tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng
rivojlanmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilgan kreditlar ham qaytarish muddatiga qarab 6810 «Qisqa
muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida
hisobga olinadi. Bu muomalalar bo‘yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob -
kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 4720
«Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlar
aktiv bo‘lib, debetida xodimlarga berilgan qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning
qaytarilishi aks ettiriladi. Bu muomalalar quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha topshiriq - majburiyatni to‘lash uchun
bankdan kredit olindi, D-t 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning
qarzi», K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo‘yicha o‘z qarzlarini
qaytarganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4710 schyoti.
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha banklardan olingan qarz qaytarilganda, D-t 6810
yoki 7810, K-t 5110 «Hisob - kitob schyoti» schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog‘ qurilishi uchun banklardan
kredit olinganda, D-t 5010 yoki 5110, K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog‘ uylarini qurish uchun
kredit berilganda, D-t 4720 «Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi», K-t 5010
«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyotlari.
Ushbu qarzlar qaytarilganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4720 schyot. Bankdan olingan
qarz to‘langanda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 schyot.
Yuqorida aytib o‘tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilar ga foizsiz
kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta‘mirlash, uy-joylarini
kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari bilan ta‘minlanish uchun korxonaning bo‘sh mablag‘lari
hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi
rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Хodimlarning boshqa qarzi», K-t 5010 yoki 5110
schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan
kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli
(bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) bo‘lishi
mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob muomalalari
6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida
hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo‘lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz beruvchilardan
davlat va xorijiy valutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar
68
bo‘yicha hisob-kitoblar holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun
tayinlangan.
Bunday qarzlar olingan vaqtda 5110, 5210 - schyotlar debetlanib 6820 va 7820
schyotlari kreditlanadi. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar beriladi.
Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar, xususan
aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb qilish,
shuningdek berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar
6830 «Тo‘lanadigan obligatsiyalar», 6840«Тo‘lanadigan veksellar», 7830
«Тo‘lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «Тo‘lanadigan veksellar» schyotlarida hisobga
olinadi.
Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotilsa
yoki veksellar berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 6830
yoki 6840- schyotlar kreditlanadi. Qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa yoki berilgan
veksellar summasi to‘lansa, aksincha o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq muddatli
qimmatli qog‘ozlarning sotilishi yoki veksellarning berilishi va ularning sotib olinishi
yoki veksellar summasining to‘lanishi 7830 va 7840- schyotlarini qo‘llagan holda
shunday rasmiylashtiriladi.
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga 9610
«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar»
schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to‘lansa 6920- schyoti debetlanib 5010, 5110-
schyotlari kreditlanadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning analitik hisobi olingan qarzlarning shakllari,
qarz beruvchilar va kreditni qaytarish muddatlari bo‘yicha yuritiladi. Qisqa muddatli
qarzlar ko‘pincha qarz majburiyatlari bo‘yicha olingan tijorat kredit xarakteriga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |