3.5. Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat
safar xarajatlarini to‘lashda sodir bo‘ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi
ma‘muriy-xo‘jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag‘larini oldindan olgan
xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning
ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori
cheklangan: xo‘jalik ehtig‘jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida
nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan
joyiga bog‘liq. Safar xarajatiga pul berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va
yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar
uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug‘i va safar guvohnomasi bilan
rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so‘ng buxgalteriya
tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.
Belgilangan me‘yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari,
maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr
xarajatlariga o‘tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga
o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining
safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
11
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan
me‘g‘ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko‘paytiradi.
Belgilangan vazifa bajarilgandan so‘ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan
xarajatlar to‘g‘risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni
isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova
qiladi.
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo‘lim boshliqlari qilingan
xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi
aniqlangandan so‘ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va
tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa
avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan
topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi.
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo‘lib, birovga
berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo‘yicha qarzi bo‘lmagan
holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti
topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa,
11
«Харажатлар таркиби тўғрисида»ги Низомнинг 1.5.2 ва 2.2.12.- моддалари.
58
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan
ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me‘yordan ortiqcha
qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo‘shib daromad solig‘iga
tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me‘g‘ri eng kam ish
haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi.
Хizmat safari xarajatlari oldindan ma‘lum bo‘lgan hollarda, korxona rahbari
isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to‘lashga ruxsat berish
huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va
safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida saqlanadi.
Safardan qaytgandan so‘ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar guvohnomasi
buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to‘g‘risida hisobot
topshirilmaydi.
Safar muddati korxona rahbarining buyrug‘i bilan aniqlanadi, safarda bo‘lgan
haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan
tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to‘g‘risidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda
safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to‘liq kun hisoblanadi.
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnali yuritiladi.
Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Хizmat
safarlari uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot
bo‘lib, debet qoldig‘i hisobdor shaxsining korxonadan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Bu
schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda,
kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan
qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan
bo‘lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970
«Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat
summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti debetlanib, 5010 «Milliy
valutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order kombinlashgan
registr bo‘lib, bir qatorga yozish yo‘li bilan sintetik va analitik hisobni o‘zida
mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-
orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti bo‘yicha sarflangan
xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7-
jurnal-order shaklidan foydalaniladi.
Arifmetik va ma‘naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan
tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog‘lanuvchi schyotlarni
qo‘ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib hisobdor
shaxsga berilgan avans summasi bo‘yicha – kassa chiqim orderi, sarflangan summa
bo‘yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan summa bo‘yicha – kirim
kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini qaytarish bo‘yicha – kassa
chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal
orderning shakli yangi schyotlar rejasi
talabiga to‘liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab chiqilishi kerak.
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shug‘illansa, xorijiy safar bo‘yicha
xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug‘iladi. Хorijiy safar xarajatlari uchun pul
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me‘yor bo‘yicha
to‘lanadi. Хorijiy valutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab
59
4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr
xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-
schyot),
materiallarga
(1000-schyot),
tovarlarga
(2910-schyot)
o‘tkaziladi.
Schyotlarga xarajatlar xorijiy valuta va so‘m ekvivalentida yoziladi. Ҳisobdor
shaxslarda qolgan valuta ham qaytadan baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |