Ramli filtrlar 1000x1450 mm o‘lchamli metall ramalarga mahkamlangan mato bo‘laklariadan iborat. Ular odatda bo‘yiga ikki qavat qilib, havo oqimiga nisbatan ilonsimon (zigzag) tarzda joylashtiriladi. Bunday filtrlar kondetsionerlarda havoni mo‘‘tadillash qurilmalarida qo‘llaniladi.
4.7. Zararli chiqindilarni so‘rib olish.
Engli filtrlar bir uchi berk, balandligi 2-3 m bo‘lgan silindrsimon yoki konussimon mato englar guruhidan tashkil topadi. CHangli havo filtrlarga kiritiladi va bu erda englarga taqsimlanadi. Bu erda u mato orqali tozalanib o‘tadi, chang esa englarning ichki qismida ushlanib qoladi. Engsimon filtrlar har 3-4 soatda pnevmatik ravishda tozalab turiladi va englardan chang tushirish uchun maxsus titratuvchi mexanizm orqali bajariladi va yig‘ilgan chang bunkerga tushadi. Bir metr matoga to‘g‘ri keladigan havo hajmi 150-200 m3/soatni, uning qarshiligi esa 5400 Pa ni tashkil qiladi. chang havoning konsentratsiyasi 20-50 g/m3. Engli filtrlarning samaradorligi 97-99% dir. Ularning chang sig‘imi 1200-1300 g/m2.
R
4.16-rasm
ulonli filtrlar- filtrlovchi qalin noto‘qima matodan (10-220% paxta, 80-90% sun’iy tolalardan) iborat. G‘altaklar harakatlanganda changli havo mato orqali o‘tganda, qo‘shimcha filtrlovchi qatlam momiq qatlamini hosil qiladi. momiq qatlami qalinlashib va mato chang bilan to‘lib brogan sari uning qarshiligi ortib, havo o‘tkazish imkoniyati esa kamayib boradi. Filtrlovchi mato qayta o‘ralayotganida so‘rish quvurlariga o‘rnatilgan pnevmatik soplolar bir qism mato yuzidagi changni so‘rib oladi. Rulonli filtrlar havoni tozalash samaradorligi 90-95 5 ni tashkil etadi, qarshiligi esa 100-200 Pa ga teng. Ikkinchi bosqich sifatida matoli filtrlardan foydalanish mumkin (21-rasm).
Moyli filtrlar 2 xil bo‘ladi. Kasetali va o‘z-o‘zini tozalaydigan moyli filtrlar sanoatda ishlab chiqariladi va havoni atmosfera changidan tozalash uchun mo‘‘tadillash sistemalarida qo‘llaniladi. Ular pilla tortish sexlarining havosini tozalaydigan konditsionerlarga o‘rnatiladi. Moyli filtr metall korpusdan moyli bak hamda ikkita cheksiz sim to‘rlardan tuzilgan. Har bir to‘r ikkita valik oralig‘iga tortilgan. etakchi valik ustki podshipniklarda o‘rnatilgan va ikki pog‘onali chervyakli reduktor hamda tishli uzatma orqali elektr dvigatelidan aylanma harakat oladi, pastki taranglovchi valik, taranglash ventlari yordamida siljitiladigan podshipniklarda o‘rnatilgan. To‘r harakatlanib, moyli vanna orqali o‘tganda o‘tirgan chang yuvilib vannaga tushadi. Moyli filtrlarning samaradorligi 85% ni, ish unumdorligi 1000 m3/soatni, havoga nisbatan qarashligi 100 Pa ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |