kapital turi maxsus zavodlarda ba’zi vagonlar uchun esa vagon deposida yuk vagonlari uchun o‘n yilda bir marta yarimvagonlarda – etti yilda bir marta amalga oshiriladi. Depo turi yuk vagonlari uchun vagon deposida ularni 160000 km yo‘l bosganidan keyin bajariladi
«Talgo» elektropoezdi
|
Elektropoezd "Talgo"
|
Электропоезд
«Talgo»
|
Ispaniya temir yo‘llarida 1992 yildan uzunligi 490 km, jumladan 17 tonnel va 34 viaduki bo‘lgan Madrid-Sevilya yuqori tezlik liniyasida foydalana boshlandi. Uning g‘ildirak juftlari koleya eni bo‘yicha to‘g‘rilanuvchi bo‘lib, uning maksimal tezligi 300 km/soatdir
|
Tebranish so‘ndirgichlari
|
Extinguishers of the fluctuations
|
Гасители колебаний
|
vagonni davriy notekis iz (rels kesishmalari) bo‘ylab harakati davrida majburiy chastotalar va xususiy chastotalar kattaliklari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan, kuzov ressorlari tebranishida ressor osmalarida qarshilik kuchi bo‘lmasa yoki ular juda kichik bo‘lsa, katta amplitudalar vujudga kelishi mumkin. SHuning uchun rezonans tebranishlarni so‘ndirish uchun ressor osmalari tizimiga maxsus so‘ndirgichlar kiritiladi. Ular amplitudani va tebranishli harakat tezlanishini pasaytirish, natijada vagon elementlari va tashilayotgan yukka dinamik kuchlar ta’sirini kamaytiradi. YUk vagonlarida friksion tebranish so‘ndirgichi, yo‘lovchi vagonida esa gidravlik tebranish so‘ndirgichi qo‘llaniladi
|
Telejkalar
|
Pushcarts
|
Тележки
|
vagonlarni yurish qismiga kiradi. Ular zarur tezlikda rels izlari bo‘ylab vagonni harakati xavfsizligini ta’minlash, tekis yurishi va harakatga kichik qarshilikni ta’minlash uchun xizmat qiladi
|
TSK-1 telejkasi
|
Pushcart TSK-1
|
Тележка ТСК-1
|
tezyurar poezdi (200 km/soat tezlikkacha) yo‘lovchi vagonlari uchun mo‘ljallangan. 1969 yilda «Russkaya troyka» (RT-200) poezdi vagonlari uchun KVZ tomonidan ishlab chiqildi. O‘ziga xosligi shundaki, uning markaziy osmasida pnevmatik rezinakord qobig‘li ressorasi diametri 580mm va balandligi 170mm bo‘lgan diafragma tipidadir
|
Texnik xizmat turlari
|
Types of the technical maintenance
|
Виды технического обслуживания
|
yuk vagonlari uchun texnik nazorat va joriy (ajratishli va ajratilmagan) ta’mirni o‘z ichiga oladi. Joriy ta’mir ta’mirning rejali turi hisoblanmaydi va texnik xolatiga bog‘liq xolda bajariladi. YUk vagonlari uchun texnik xizmatning TO, TR-1, TR-2 turlari; yo‘lovchi vagonlari uchun ta’mirning KR-1, KR-2, KVR, DR; texnik xizmatning esa TO-1, TO-2, TO-3 turlari mavjud
|
Tormoz vositalari
|
Brake facilities
|
Тормозные средства
|
harakat xavfsizligini ta’minlash, ya’ni poezdni belgilangan tormoz yo‘li uzunligida to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan uskunalar
|
Transport vositalari
|
Transport facilities
|
Транспортные средства
|
yo‘lovchilar va tovarlar, shuninglek konteynerlar va boshqa uskunalarni tashish uchun qo‘llaniluvchi vositadir. Avtomobil transport vositasi, temir yo‘l transport vositasi, havo yo‘llari transport vositasi, dengiz kemasi, daryo kemasi, quvuro‘tkazgichlar farqlanadi
|
Urilib-tortish uskunalari
|
Tractive equipment will Knocked
|
Ударно-тяговые оборудования
|
vagonlarni o‘zaro va lokomotiv bilan birlashtirish, ularni bir-biridan ma’lum masofada ushlab turish, manevr vaqtida va poezdni harakati vaqtida urilishda siqiluvchi hamda tortishda cho‘ziluvchi kuchlarni qabul qilib yumshatish uchun xizmat qiladi
|
Sisterna
|
Rail tank wagon
|
Цистерна
|
yuklar (neft quyish) uchun temir yo‘l transport vositasi. Konstruksiyasiga ko‘ra sisternalar umumiy va maxsus belgilangan bo‘ladi. Maxsus belgilangan sisternalar faqat suyultirilgan gazlar, kislotalar, quyuq va quyuliyu qoluvchi neft mahsulotlari uchun qo‘llaniladi. Qayishqoq neft va neft mahsulotlari uchun vagon-sisternalar bug‘isitgich ko‘ylaklari bilan ishlab chiqariladi
|
CHidamlilik
|
Toughness (Stability)
|
Прочность (Стойкость)
|
texnikada – texnik ob’ektning statik va dinamik dastlabki xolatidan uni chiqarishga urinuvchi kuchlarga qarshiligi qobiliyatidir
|
Elektr uskunalari tizimi
|
System of electrical machinery
|
Система электрооборудования
|
yo‘lovchi vagonlarini elektr uskunalari vagonlarni yoritish, bir yo‘lovchiga 20-25 m3/soat hajmida tashqi havoni vagonga uzatish bilan xona vetilyasiyasi, vagonni isitish, qishda unga uzatiluvchi havoni isitish va yozda uzatiluvchi havoni sovutish, iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvini sovutish, vagon-restoran va bufetlarda ovqat tayyorlash, radio xabarlar va aloqa ishini uskunasi, yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish va poezd brigadasi mehnatini engillashtirish, poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi
|
Egiluvchan elementlar
|
Springy elements
|
Упругие элементы
|
ressor osmasining asosiy tashkiliy qismi bo‘lib, rels izlari tomonidan harakatlanayotgan vagonga ta’sir qiluvchi zarblar va urilishlarni yumshatadi
|
Yuk vagon telejkalari
|
Pushcarts of the freiht-cars
|
Тележки грузовых вагонов
|
kuzovdan tushgan og‘irlikni relsga va aksincha relsdan kuzovga uzatadi, harakatni yo‘naltiradi, vagon katta bazasini egrilikdan nisbatan kichik baza va kamroq qarshilik bilan o‘tishi, tormoz uskunalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. YUk vagonlari uchun ularni ikki o‘qli: SNII-X3-O tipi (18-100), 18-115, 18-120 modeli, KVZ-I2; uch o‘qli: UVZ-9M va UVZ-10M; to‘rt o‘qli 18-101 modeli qo‘llaniladi va ular asosan 120 km/soat tezlikka mo‘ljallangan
|
Yuklamalar
|
Loads
|
Нагрузки
|
konstruksiyaning kuchlangan-deformatsiyalangan xolatini o‘zgarishiga olib keluvchi ta’sirlardir
|
Yutish apparatlari
|
Consuming devices
|
Поглащающие аппараты
|
avtossepka orqali vagon kuzovi ramasiga uzatiluvchi cho‘ziluvchi va siqiluvchi bo‘ylama kuchlarni kamaytirib, zarb energiyasini qisman so‘ndirish uchun mo‘ljallangan
|
Yangi avlod vagonlarining tormoz uskunalari
|
Brake equipment railcar new generation
|
Тормозные оборудования вагонов нового поколения
|
o‘qqa tushgan 25 ts og‘irlik uchun tormoz uskunalarini bir tomonlama kompozitsion kolodka bilan yoki ikkita tormoz silindri bilan alohida telejkaga ta’sir bilan g‘ildirakka bosiluvchi; o‘qqa tushgan 30 ts og‘irlik uchun – kolodkali ikki tomomnlama g‘ildirakka bosiluvchi qilib tayyorlash ko‘za tutilmoqda. Qo‘yib yuborilgan tormozda tormoz kolodkalarini tortib qo‘yish uchun telejkalar yangi torsion turdagi uskuna bilan jihozlanadi. Tormoz bashmoqlarini triangelga mahkamlanishi rezbali birlashmasiz amalga oshiriladi, bu esa ta’mirga sarflarni qisqartiradi. SHarnirli birlashmalarda edirilishga chidamli vtulkalar qo‘llaniladi, bu esa uzellari ishidashi mustahkamlikni oshiradi va tahmirlashni soddalashtiradi
|
Hayot ta’minoti tizimi
|
System vitally provision
|
Система жизнеобеспечения
|
yo‘lovchilar va xizmatchilarga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida vagonlar elektr uskunalari, suv ta’minoti, isitish, ventilyasiya, konditsionelash tizimi bilan jihozlangan
|
O‘ziyuktushirgich vagonlar
|
Self-starter railcar
|
Самоопускающийся вагон
|
bu shunday vagonlarki, ularni kuzovi konstruksiyasida yuklarni tushirishda maxsus yuklash-bo‘shatish moslamalari, mashina va mexanizmlar zarurati bo‘lmaydi. Bularga yo‘lovchi vagonlari, polida lyuklari bo‘lgan seriyali yuk yarimvagonlari, pastdan oqizib yuboriluvchi sisternlar, bunkerli vagonlar va boshqalar kiradi
|
O‘rnatma sisterna
|
Customizable rail tank wagon
|
Настраиваемая цистерна
|
sig‘imi 1000 l oshiq bo‘lgan, vagon ramasiga statsionar o‘rnatilgan yoki uning ajralmas qismini tashkil etuvchi sisternadir
|
Harakatlanuvchan yuklama
|
Mobile load
|
Передвижная нагрузка
|
bu shundayki, uning qo‘yilish joyi va ta’siri yo‘nalishi foydalanish jarayonida o‘zgarishi mumkin. Bunda tezlikka bog‘liq xolda bu kuchning siljishi vaqtincha statik yoki dinamik sifatida qabul qilinishi mumkin
|
Hisob yuklamasi
|
Design load
|
Расчетная нагрузка
|
konstruksiyaga eng katta yuklanganlik bo‘lib, ularni normal foydalanish shartlaridan og‘ish ehtimolligini inobatga olib aniqlanuvchi kattalikdir. Ular mustahkamlik/qattiqlik zahirasi koeffitsientini («bilmaslik» koeffitsientini) inobatga olgan xolda aniqlanadi
|
Qizdirib o‘rnatiluvchi namunaviy buksa
|
Conventional journal-box installed in heated condition
|
Типовая букса устанавливаемая в нагретом состоянии
|
zamonaviy yuk va yo‘lovchi vagonlarida ishlatilib, unda silindrik rolikli podshipniklarni ichki xalqalari o‘qqa qizdirib o‘rnatiladi. Bunda podshipnikni ichki xalqasi qiziganda erkin o‘q bo‘yinchasiga kiygiziladi, soviganidan keyin esa bo‘yinchaga mustahkam o‘rnashadi
|