V darajali korxonalar. Yong'in xavfsizligi bilan bog'liq V darajali ishlab chiqarish - bu qattiq yonuvchi jismlar (ashyolar) ishlov berish yoki qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan (yoki suyuqliklarni), o't olish harorati 61°С dan yuqori bo'lgan va jamlanishning portlash chegarasi 65 g/m3 bo'lgan sharoitga ega ishlab chiqarish (o'rmon mahsulotlari kesish, taxtaga ishlov berish sexlari va shu kabilar).
G darajali korxonalar. Yong’in xavfsizligi bilan bogliq G darajali ishlab chiqarish - bu yonmaydigan jismlarni issiq, qizdirilgan yoki eritilgan holda ishlab chiqarish yohud qayta ishlash bilan bogliq ishlab chiqarish sharoiti (mo’lorlarni sinovdan o'tkazish stansiyalari, qizdirgich-qozonlar va hokazo, jamlanish portlash chegarasining 65 g/m3 dan yuqori bo’lgan sharoitlar).
D darajali korxonalar. Yong’in xavfsizligi bilan bogliq D darajali ishlab chiqarish - bu yonmaydigan jism yoki ashyolarni qayta ishlash, ishlov berish bilan bogliq sharoitlar (metallarga sovuq mexanik ishlov berish sexlari, havo kompressorli stantsiyalarining yonmaydigan ashyolarni saqlash omborlari va hokazo).
E darajali korxonalar. Yong'in xavfsizligi bilan bog'liq E darajali ishlab chiqarish - bu suv yoki kislorod bilan ozaro birikish oqibatida, ashyoning kamayib ketishidan yonishsiz lokal portlashning, xonaning 5% hajmidan ortiq bo’lgan sharoit (kimyo laboratoriyalari, omborlari va hokazo.
Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong’inga qarshi kurash tadbirlari ko'riladi. Hamma qurilish konstruktsiyalari halqaro standartlarga asosan yonishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi:
yonmaydigan konstruktsiyalar - bularga katta issiqlik harorati yoki alanga ta'sirida yonib kul yoki ko'mirga aylanmaydigan qurilish konstruktsiyalari;
qiyin yonadigan konstruktsiyalar - issiqlik harorati yoki kuchli alanga doimiy ta'sir etgan taqdirda tutab yonadigan, alanga ta'siri yoqolishi
bilan ochadigan sanoat konstruktsiyalari;
yonadigan konstruktsiyalar - bularga alanga yoki yuqori harorat ta'sir etganda alangalanib yonadigan sanoat konstruktsiyalari kiradi.
Sinalayotgan konstruktsiya yuzasining qizdira boshlagandagi haroratidan qat'i nazar 220°С harorat hosil bo'lsa, konstruktsiya o'z yuk kotarish imkoniyatini yoqotib buzilib tushsa, unda bu konstruktsiya otga chidamlilik darajasiga yetdi deb hisoblanadi. O’tga chidamlilik chegarasi vaqtlarda belgilanadi. Mazkur vaqtning davomiyligiga qarab sanoat qurilishi konstruktsiyalarining otga chidamlilik darajasi belgilanadi. Bu darajalar rim raqamlari bilan ishoralanadi.
I darajali otga chidamli binolarning asosiy devorlari, zinapoya maydonlari va ustunlarining o'tga chidamlilik chegarasi 2,5 soat dan, II darajali devor va maydonlarning chidamlilik chegarasi 1 soatdan, tashqi devor va oraliq devorlarniki 0,5 soatdan kam bo' lmasligi kerak.
Yong’in bo’lgan vaqtda alanga bir binodan ikkinchi binoga otib ketmasligini ta'minlash maqsadida yong’inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanayotganda, asosan, yonma-yon joylashishi mumkin bo’lgan binolarning yong’inga xavflilik darajasi, konstruktsiyalarining o'tga chidamliligi, alangalanish maydoni, yong'inga qarshi to'siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi. Yong’inga qarshi oraliqlami tashkil qilishda binolarning otga chidamlilik darajasi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |