O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalar



Download 79,05 Kb.
bet6/15
Sana07.07.2022
Hajmi79,05 Kb.
#753107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
UKRAINA ROSSIYA

Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalar

Keyingi kunlarda dunyo matbuotida Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatlar dolzarb mavzulardan biriga aylandi.


Ayirmachi Donbassdagi vaziyat keskinlashishi soyasida Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy kuch qo`llashi borasida xavotirlar kuchaydi. Bundan avval Rossiyaning 40 ming qo`shini Rossiya-Ukraina chegarasiga, yana 40 ming askar Qrimda to`plangani xabarlari tarqalgan. Rossiya Ukraina bilan urushadimi, degan savollar paydo bo`lgan, orada NATO qo`shinlar jamlanishini qoralab ham chiqqan.
Ayni ziddiyatlar sahnida may oyi boshida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken shaxsan Kievga tashrif buyurdi. Rossiya bilan ziddiyatida Ukrainani yana bir bor qo`lladi. Tashrif manzarasida AQShning etakchi nashrlari jiddiy da`vo bilan chiqishdi. Rossiyaning katta sondagi qo`shini hanuz Ukraina chegarasi yaqinida qolayotganini yozishdi. Rossiya Mudofaa vaziri o`z qo`shinlarini ortga qaytarishga buyruq bergani esa, shu yilning 22 aprel kuni rasman xabar qilingandi.
2014 yildan beri aholining turmush darajasi pasayib borayotganligi inqiloblar har doim ham baxt keltirmasligini namoyish etib turibdi. Agar 2013 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 183.3 milliard dollarni tashkil etgan bo`lsa, hozirda bu ko`rsatkich 100 milliard dollarga tushib ketdi. 2012 yildagi 69 milliardga etgan eksport hajmi 2021 yilda 40 milliard dollarga tushib ketdi. 2014 yildagi 4.5 million qashshoqlik ostonasida yashaydiganlar safi 25 millionga ko`paygan.

Xullas, Ukraina va Rossiya o`rtasida darz ketgan munosabatlar tiklanmas ekan, oddiy xalq jabr ko`raveradi. Bayram ular ko`chasida emas, balki ikki qardosh davlatni gij-gijlayotganlar hovlisida nishonlanadi. Uzoq umumiy tarixga, dinga va qisman tilga ega bo`lgan bu og`a-ini xalqlar orasidagi ajralish jarayoni ham uzoq tarixga borib taqaladi. Bunga bir nechta sabablar mavjud. Lekin tarix bizga doim mamlakatlar orasidagi kelishmovchiliklarga, asosan ikki mamlakatning bir-biriga nisbatan joylashgan geografik o`rnining ta`siri kuchli ekanligini tinimsiz eslatib keladi. So`ngi yillardagi ikki mamlakat orasida yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy tangliklar ham Ukrainaning yana bir bora ikki geosiyosiy markaz orasida ikkilanib qolishini oqibati desak, yanglishmagan bo`lamiz.


Tarixga nazar solsak, Ukraina aslida Rossiyaning ona vatani bo`lib, ilk rus davlatchiligi va slavyan xalqlarining nasroniylikning Provaslav mazhabiga kirishlari aynan shu hududdan boshlanadi. Keyinchalik bu erda tashkil topgan davlatning sekin-astalik bilan hozirgi Moskva hududlarigacha yoyilishi, so`ng esa parchalanib ketishi oqibatida aslida bir ildizga ega bo`lgan xalq ikki millatga ajrab ketadi. Aynan shu bo`linish ikki millatni ikki xil tarzda evrilishiga olib keldi. Ruslar mo`g`ul va turkiy xalqlar bosqinlaridan xalos bo`lganlaridan so`ng o`zlarining o`zligini asosi qilib Pravoslav cherkovini olishgan bo`lsa, Ukrainlarning taqdiri ruslarnikiga qaraganda kamroq havas qilarli bo`ldi. Mo`g`ul bosqinlaridan keyin Polyak, Shved va Avstriya ta`siri ostida bo`lgan Ukraina davlati ham Evropa, ham Slavyan va ham Provaslav madaniyatlari ta`siri ostida shakllandi.
Ukrainaning bir qismi Pyotr 1 davrida Rossiya Imperiyasiga qo`shib olinadi, mamlakatning qolgan qismlari – janubi Usmoniy Turklar, g`arbi esa Avstriya imperiyasi hududlariga bo`linib ketgan edi. Mamlakatning bunday tarzda imperiyalar tomonidan bo`linib tashlanishi Ukraina intellektual sinfi orasida milliy o`zlikni anglash, milliy davlat qurish orzusini kuchaytirdi. Jumladan, Taras Shevchenko kabi yozuvchilar o`z asarlarida Ukrain tili va madaniyatiga alohida urg`u berishgan.

Birinchi jahon urushi va Rus inqilobi, Avstriya va Rus imperiyalarini emirishi oqibatida Ukraina 1917 yil 17 martda o`z mustaqilligini e`lon qiladi. Mamlakat suvereniteti 1918 yil yanvarda Fransiya va Britaniya tomonidan tan olinadi. Bu davlat 1920 yilning birinchi yarmigacha yashaydi. Lekin shu davr ichida mamlakat bir qancha ham ichki, ham tashqi hujumlarga duch keladi. Bolsheviklar, Nemislar, Sovet Ittifoqiga qarshi ittifoqchilar hamda mamlakat ichidagi anarxistlar, bolsheviklar tarafdorlari va turli xil millatchi fraksiyalar to`qnashadilar. Zaiflashgan mamlakat Sovet Ittifoqiga qo`shib olinadi.


Garchi 1920 yillar Ukrain madaniyati uchun nisbatan erkin davr bo`lgan bo`lsa-da, Iosif Stalinning hukumatga kelishi bilan Ukraina uchun qora kunlar boshlandi. Stalin har qanday milliy o`zlikni Sovet Ittifoqining hududiy daxlsizligiga qarshi harakat deya baholab, Ukraina aholisining ziyolilar qatlamiga qattiq zarba beradi. Bundan tashqari, Rossiyadagi fuqarolar urushi tufayli 1922 va 1933 yillar Ukrainada va Sovet ittifoqining boshqa hududlarida keng ko`lamli ochlik hukm suradi. 1937-1938 yillardagi qatag`on davrida ham minglab ukrainaliklar qatl qilinadi yoki GULAGga jo`natiladi. 1939-1940 yillardagi Sovet Ittifoqi va fashistlar Germaniyasining kelishuvlari asosida Polsha va Ruminiya ikki mamlakat orasida bo`linib olinadi. Ushbu hududlar esa Ukraina SSR hududiga qo`shiladi.
1941 yilda Sovet Ittifoqiga Germaniyaning hujumi boshlanadi. Stalinning repressiv apparatidan hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqsoqlanishlardan charchagan Ukraina aholisining katta qismi Uchinchi Reyx askarlarini ozod etuvchilar sifatida kutib oladi. Bundan tashqari, butun Ikkinchi jahon urushi davomida Ukrainaliklar orasida fashist Germaniyasi bilan ittifoqchi guruhlar tuziladi. Lekin barcha chet el bosqinchilariga qarshi kurashadigan millatchi guruhlar ham mavjud edi. Shulardan Ukraina qo`zg`olonchilar Armiyasi kabi guruhlar hatto Ikkinchi jahon urushidan so`ng ham o`z faoliyatini davom ettirib, oxirgi qoldiqlari 1954 yillarda Qizil Armiya tomonidan yo`q qilinadi. 1945 yilda urush g`olibi bo`lmish Sovet Ittifoqi Chexoslavakiyaga tegishli bo`lgan hududlarni Ukrainaga qo`shib oladi. Va nihoyat, 1954 yilda Ukrainada o`sgan Nikita Xrushchev, Perayaslav shartnomasining 300 yilligi munosabati bilan Qrim yarim orolini Ukraina SSR tarkibiga kiritadi. Shu bilan hozirgi biz xaritada ko`rib turgan Ukraina davlatiga asos solinadi.
Keyingi Sovet hukumati davrida Ukraina boshqa Sovet respublikalariga qaraganda tezroq milliy o`zligini va tilini tiklay boshladi. Sovet Ittifoqining parchalanishida ham Ukraina hukumati faol qatnashdi va ittifoqni tugatilishida qatnashgan uch mamlakatning biriga aylandi.
Mustaqillikning e`lon qilinishi bilan Rossiya va Ukraina orasidagi eng katta kelishmovchilik Qrim yarim oroli hamda Sevastopol shahridagi Rus dengiz floti xususida boshlandi. 1994 yilda Ukraina o`z yadro arsenalini Rossiyaga berish evaziga, Ukrainaning suverenitetini va hududlarining daxlsizligini tasdiqlovchi Buxarest memorandumiga imzo chekiladi. Memorandum Rossiya, Ukraina, AQSh va Britaniya tomonidan imzolanadi. Qrim yarim oroli va Sevastopol shahri xususidagi kelishuv 1997 yilda imzolangan bo`lib unga ko`ra, Moskva Qrimni va Sevastopolni Ukrainaga tegishli hududlar ekanligini tan oladi. Lekin rus jamiyati va rus siyosatchilari Sevastopol shahrining Ukrainaga tegishli ekanligini hech qachon qabul qilmadi.
1990 yillardagi Rossiyadagi iqtisodiy-siyosiy turg`unlik Ukraina hayotiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Mamlakat iqtisodi va sanoati xuddi boshqa sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari kabi Rossiya bilan uzviy bog`liq edi. Ayniqsa, harbiy va og`ir metallurgiya sanoatlarida. Bu iqtisodiy turg`unlik hamda Ukrainaning joylashgan o`rni uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarini kuchaytirdi, shu jumladan, G`arbiy Evropa mamlakatlari bilan.
2000 yillardan boshlab mamlakat G`arb nodavlat tashkilotlari, fondlari va institutlariga o`z eshiklarini ochib qo`ydi. Natijada Ukraina jamiyatida massiv liberallashtirish jarayoni boshlanadi, o`z navbatida bu holat siyosiy hayotga ham to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatdi va jarayon 2004 yilda Rangli inqilob bilan yakun topdi. G`arbparast kuchlar Rusparast kuchlar ustidan g`olib kelib hokimiyatni qo`lga kiritadi. Lekin mamlakat iqtisodi Rossiya bilan uzviy bog`liqligi hamda Evropa Ittifoqining Ukrainaga ko`zga ko`rinadigan yordamlarni berolmaganligi tufayli mamlakatda iqtisodiy oqsoqlanishlar yuzaga keldi. Buning oqibati o`laroq, 2010 yilda hukumat tepasiga Rossiya bilan yaqinlashishga xayrixoh bo`lgan Viktor Yanukovich keldi. 2013 yil oxirlariga kelib Ukraina va Evropa Ittifoqi o`rtasida iqtisodiy sherikchilik xususida kelishuv imzolanishi lozim edi. Lekin qudratli qo`shni ko`rsatgan bosim tufayli Ukraina shartnomaga imzo chekishdan bosh tortdi va Moskva bilan yangi shartnomalar tuzishni e`lon qildi.
Bunday qarorni qabul qilinishi mamlakatdagi Evropaga xayrixoh kuchlarni ko`chalar bo`ylab ommaviy namoyishlarni boshlab yuborishlariga turtki bo`ldi. Kievning markazida joylashgan Mustaqillik maydonida namoyishchilar deyarli uch oy davomida hukumatning iste`fo berishini talab qilib maydonni egallab turdilar. Namoyishlar tinch vaziyatda olib borildi, lekin 18 fevral 2014 yil kuni ikki tomon o`rtasida zo`ravonliklar amalga oshirildi. Xavfsizlik xizmati xodimlari va namoyishchilar o`rtasida haqiqiy o`t ochar qurollardan foydalanish kuzatiladi. To`qnashuvlar natijasida 80 ga yaqin inson qurbon bo`lgan va yuzdan ortiq kishi yaralangan. Vaziyatning chuqurlashib ketganidan cho`chigan prezident Yanukovich Qrim yarim oroli orqali Moskvaga qochishga muvaffaq bo`ladi va Moskvadan turib Ukrainada davlat to`ntarilishi amalga oshirilganligini e`lon qiladi. Xuddi shu davrdan boshlab Rossiya va Ukraina munosabatlari keskinlik yo`lidan rivojlanmoqda.



Download 79,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish