Fanning o‘qitishning maqsadi va vazifalari. Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarga koʻzlangan natijalarga erishish uchun talab etiladigan kuch-gʻayratni va tashkiliy xarakatlarni oʻz ichiga qamrab olish, amaldagi holatdan koʻzlangan maqsad uchun korxona barcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga, tadbirkor boʻlishga, oʻzining moliyaviy koʻrsatkichlari va ish faoliyatini maksadli amalga oshirishga intilish boʻyicha koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va menejment amaliyotini umumlashtirish asosida agroiqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
Fanni boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʻyiladi. Talaba:
qishloq xoʻjaligi menejmentining nazariy-ilmiy asoslari, usullari, xorij tajribasi va ularni qishloq xoʻjaligi korxonalarida qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
qishloq xoʻjalik sohalarining tashkiliy-huquqiy asoslarini;
bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining zamonaviy mexanizmlari va an’analarini;
boshqaruv nazariyasi va amaliyotining soʻngi yutuqlarini qoʻllagan holda korxona faoliyati va personalni boshqarishi
zamonaviy axborot texnologiyalari tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlari sifatini baholash va monitoringini oʻtkazish usullari va mexanizmini ishlab chiqishni;
faoliyatni amalga oshirish, nazorat va uning bajarnlish natijasi boʻyicha xulosa qila olish boʻyicha ish rejasini tuzish va bajarishni;
biznes-jarayon toʻgʻrisida axborotlarni yigʻish, qayta ishlash va tizimlashtirishni amalga oshirishni;
moliyaviy, boshqaruv va hisobotning boshqa turlarini tuza olishi, tahlil qilishi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni;
investision loyihalarning alternativ variantlarini tuza olish hamda ularning optimal variantlarini asoslash va moliyalashtirish manbalarini aniqlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
qishloq xoʻjaligida iqsodiy islohotlarni oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshira olish;
qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlashning samarali koʻrsatkichlarini baholay olish;
qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyatini rivojlantirishni ilmiy tashkil etish va boshqaruv qarorlarini tahlil qilish hamda takomillashtirish haqida koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.