TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
IQTISODIYOT FAKULTETI OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI KAFEDRASI
QISHLOQ XOʻJALIGI MENEJMENTI
fanidan MUSTAQIL ISHLARINI TAYYORLASH BOʻYICHA USLUBIY KO‘RSATMA Bilim sohasi: 200000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Taʼlim sohasi: 230000 - Iqtisod
Taʼlim yoʻnalishi: 5233300 - Agrobiznes va investision faoliyat
2. Mustaqil taʼlim mashgʻulotlari
Samarqand – 2021
Mustaqil Oʻzbekistonda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berilmokda. Respublika iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi hal qiluvchi oʻrin tutib, uning rivoji respublika aholisining farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur uslubiy koʻrsatmada Qishloq xoʻjaligi menejmentida samaradorlikni aniqlashni mustaqil o‘rganish va mustaqil ishni tayyorlash tartib-qoidalari bo‘yicha maʼlumotlar keltirilgan.
Koʻrsatma agrar oliygohlarning “Agrobiznes va investitsion faoliyat” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan.
Aliqulov A.I. – SamVMI, Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi kafedrasi mudiri, dotsent, i.f.d.
Raxmonov D. – TDIU Samarqand filiali, “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Uslubiy koʻrsatma «Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti» kafedrasining 2021 yil 26 avgustdagi 1-sonli, «Iqtisodiyot» fakulteti o‘quv-uslubiy komissiyasining 2021 yil 28 avgustdagi 1-sonli, TDIU SF o‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishining 2021 yil 30 avgustdagi 1-sonli -sonli bayonnomalari bilan maʼqullangan va chop etishga tavsiya qilingan.
Kirish Qishloq xoʻjaligi korxona va tashkilotlarning boshqaruv tizimini muntazam takomillashtirib borish talab etiladi. Korxona va tashkilotlarning samarali ishlashini malakali rahbar xodimlar ta’minlaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xoʻjaligida boshqaruvchilarni tayyorlashda «Qishloq xoʻjaligi menejmenti» fani alohida oʻrin egallaydi.
“Qishloq xoʻjaligi menejmenti” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kursda oʻqitilishi maqsadga muvofiq. “Qishloq xoʻjaligi menejmenti” fani boshqaruv fanlar turkumiga kiradi. Mazkur fan boshqaruv fanlarning qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etishda masalalar boʻyicha aniq yechimlar topishda xizmat qiladi.
“Qishloq xoʻjaligi menejmenti ” fanidan: Fanga ajiratilgan umumiy soat - 290 soat.
Fanga ajratilgan mustaqil taʼlim soati - 130 soat.