O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
Rikardo, Smit va savdo asoslari 
 
Biz  qiyosiy  ustunlik  nazariyasi  ichki  yoki  xalqaro  savdoning 
rivojlanishida  va  bozor  iqtisodiyotining  taraqqiy  etishiga  kuchli  turtki 
bo‗lganligini, bunday tashkiliy tarkib ostida kishilar o‗zlarining shaxsiy 
manfaatlarini  ko‗zlab  ixtiyoriy,  o‗zaro  manfaatli  ayirboshlashda 
qatnashishlarini  va  bu  butun  jamiyatga  naf  keltirishini  ko‗rdik.  Boshqa 
tomondan  qiyosiy  ustunlik  nazariyasining  vujudga  kelishi  iqtisodiyot 
nazariyasining  rivojlanishiga  va  shuningdek,  bizning  iqtisodiyotni 
tushunishimizga  ko‗proq  to‗siq  bo‗ldi.  Chunki  Rikardoning  qiyosiy 
ustunlik nazariyasi kishilarning  va  mamlakatlarning  nisbiy  unumdorligi 
aniq  va  o‗zgarmaydi,  degan  taxminga  asoslanadi.  Iqtisodchilar  bunday 
belgilangan ma‘lumotlarni ―tashqi‖, ―ekzogen‖ deb atashadi va bu bilan 
ularning  qiymati  aniq  model  tarkibidan  tashqarida  ekanligini 
ko‗rsatishadi.  Qiyosiy  ustunlik  nazariyasi  savdodan  olish  mumkin 
bo‗lgan afzalliklarni ko‗rsatadi. 
Biz  Adam  Smitning  ochiq  va  erkin  savdoning  foydaliligi 
to‗g‗risidagi  tasdiqlarini  tadqiq  qilganimizda  uning  mutlaq  ustunlik 
nazariyasi  asosida  vaqt  o‗tishi  bilan  mehnat  taqsimoti  unumdorlikning 
oshishiga  olib  keladi,  degan  g‗oyasini  topdik,  bunda  statik  (o‗zgarmas) 
emas,  balki  dinamik  (o‗zgaruvchan)  ssenariy  yotibdi.  Smitning 
tushunchalarini  qo‗llaydigan  bo‗lsak,  ya‘ni  ixtisoslashuv  va  mehnat 
taqsimoti yuqori unumdorlikka olib keladi, bugun ikki mamlakat qiyosiy 
ustunlikni  ko‗rsatmayapti,  lekin  ishlab  chiqarishning  aniq  jarayonlariga 
ixtisoslashuv  orqali  ma‘lum  vaqtdan  keyin  qiyosiy  ustunlikni 


299 
 
rivojlantirishlari  mumkin.  Masalan,  Angliyada  ham,  Portugaliyada  ham 
qiyosiy  ustunlik  yo‗q,  ya‘ni  savdo  uchun  hech  qanday  asos  mavjud 
emas. Agar Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlasa va 
bundan ko‗payadigan foydani yig‗sa, bu holda uning o‗rtacha xarajatlari 
ishlab  chiqarish  hajmining  oshishi  bilan  kamayadi  va  Portugaliyaning 
muqobil  xarajatlari  Angliyanikidan  farq  qila  boshlaydi,  shunday  qilib 
savdo uchun asos vujudga keladi. 
Angliyada  1800-yillarda  rivojlangan,  savdo  ekzogen  o‗zgaruvchi 
bilan  aniqlanadi,  deb  taxmin  qilgan  qiyosiy  ustunlik  nazariyasi  Adam 
Smitning qimmatli tadqiqotini oxirigacha ishlanmay qolishiga olib keldi. 
Faqat  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  iqtisodchilar  savdo  nazariyalarini 
ishlab  chiqa  boshladilar,  bunda  o‗sib  boruvchi  daromadlilikning 
endogen aniqlovchilari paydo bo‗la boshladi.  
Smit  va  Rikardoning  savdo  asoslarini  tushunishlaridagi  tafovutlar 
ularning uslubiy yondashuvidagi farqlar bilan izohlanadi. Kirish qismida 
biz pozitiv, normativ iqtisodiy nazariya va iqtisodiyot san‘ati o‗rtasidagi 
farqlarni  ko‗rsatib bergan  edik.  4-bobda  Adam  Smit  iborali,  so‗z  orqali 
tahlilning  ustasi  ekanligi  va  shu  asosda  u  iqtisodiy  siyosat  bo‗yicha 
takliflarni  ishlab  chiqqani  ta‘kidlab  o‗tilgan.  Rikardo  esa  Smitga 
qaraganda  abstrakt  uslubiyoti  bilan  iqtisodiyot  nazariyasi  san‘atini  juda 
yaxshi  egallagan.  Rikardo  Britaniya  qishloq  xo‗jaligini  himoya 
qilayotgan iqtisodiy siyosatning oqibatlaridan xavotirda edi. Qiymatning 
mehnat nazariyasidan  va boshqa  ahamiyatli  qarashlaridan  foydalanib, u 
Britaniya qishloq xo‗jaligini himoya qiluvchi don to‗g‗risidagi qonunlar 
foydaning kamayishiga, kapital jamg‗arilish va iqtisodiy o‗sish sur‘atlari 
pasayishiga  olib  keladi,  degan  xulosaga  keldi. 
Rikardoning  fikri  bo‗yicha,  erkin  savdoning  o‗zi 
yaxshi  siyosat.  Uning  qiyosiy  ustunlik  modeli 
abstrakt  edi  va  matn  bilan  to‗liq  asoslanmagan 
edi.  U  model  bo‗yicha  erkin  ixtiyoriy  ayirbosh-
lashlar davlatning iqtisodiy hissasini kengaytiradi, 
deb  xulosaga  kelish  mumkin.  Smit  va  Rikardo 
keltirgan  misollardan  ko‗rinib  turganidek  iqti-
sodiy siyosat san‘ati turli uslubiy ko‗nikmaga ega 
bo‗lgan  iqtisodchilar  tomonidan  o‗zlashtirilishi 
mumkin
73


Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish