XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.av. XVIII asr.) ancha diqqatga
sazovor.
Eshnun qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat‘iy baho
o‗rnatishdan boshlanadi: ―1 gur (o‗lchov birligi, ba‘zi ma‘lumotlarda
300, ba‘zilarda esa – 252,6 l. ga teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g)
kumushga …, 3 ka (1 ka 0,84 l. ga teng) birinchi sortli yog‗ (sotilishi
kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba‘zi ma‘lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka
kunjut yog‗i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …‖ va boshqalar
ko‗rsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, yog‗, teri, tuz, mis va
boshqalarning kumushdagi o‗rnatilgan narxi (mahsulotlar shunday
miqdorda olinishi kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo‗lsin);
ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog‗ning arpadagi narxi ko‗rsatilgan.
Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bo‗lgan. Buning ustiga
ushbu ekvivalentlar o‗rtasida qat‘iy muvofiqlik o‗rnatilgan. Birinchi
navbatda, arpaning kumushda ifodalangan narxining ko‗rsatilishi
tasodifiy emas. Qat‘iy narxning o‗rnatilishi qonun tuzuvchilarga
yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdori, foiz me‘yorini, tarbiya
uchun to‗lov va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz
Me‘yori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani
qayd qilib o‗tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X–
VIII asr m.av.) sudxo‗rlik foiz me‘yori tez-tez 100 % gacha ko‗tarilib
turgan. Eski Bobildagi uncha ko‗p bo‗lmagan foiz me‘yori davlatning
nafaqat mamlakat xo‗jaligi hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki
tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi.
Qadimgi Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural
bo‗lgan. Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishida ijobiy rol o‗ynagan.
Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo‗yicha 282
moddani o‗z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda
xo‗jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa
diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining mulkini
himoya qilish, ijara, sudxo‗rlik va ishga yollash masalalari ko‗rib
chiqilgan.
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish
yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda “kuchlilar kuchsizlarni
surib chiqarmasinlar”. Bunda asosiy e‘tibor saroy, ibodatxona mulkini
hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda,
harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi
qonunlarida ularning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. “Sipoh yoki
21
soliq to„lovchiga tegishli bo„lgan dala, uy, bog„, – deyiladi qonunda, –
kumushga sotilishi mumkin emas”. Bundan tashqari qonunda o‗z
mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan bobillik fuqarolar o‗z
vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan.
Qonunda sudxo‗rlar zo‗ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham
mavjud. Hosil kam bo‗lgan paytlarda qarzlarni to‗lash muddatini bir
yilga cho‗zishga ruxsat berilgan (qo‗shimcha foiz to‗lovisiz).
Xammurapi qonunlarida sudxo‗rlar o‗z holicha, qarzdorlarning
ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular
qat‘iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33% ) foiz
Me‘yorini aniq belgilab bergan.
Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan yomon munosabatda
bo‗lgani uchun sudxo‗rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo‗l
bilan ham) ko‗zda tutilgan. Sudxo‗rlikning keng rivojlanishiga to‗sqinlik
qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch
yil bilan cheklanishidir (to‗rtinchi yili unga erkinlik berilishi lozim
bo‗lgan). Biroq sudxo‗rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo‗lmagan.
Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash
vositalari bilan ta‘minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi
bo‗lmagach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib sudxo‗rga murojaat
qilishga majbur bo‗lgan.
Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga solishga
katta e‘tibor berilgan. Uning juda ko‗p turdagi shakllari ko‗rib chiqilgan
bo‗lib, hatto yollanma mehnat uchun to‗lov miqdori ham aniq qilib
ko‗rsatib berilgan.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq
xo‗jaligini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash, mehnatsiz daromad
topishga qarshi kurashish bo‗lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu
jumladan, yerga bo‗lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning
xususiy mulkiga ko‗z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy
jihatdan jazolangan.
Shunday qilib, eski Bobil podsholigi qonunlarida davlat
tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli
shakllari ko‗zda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarayonlarga, tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga
o‗zining ijobiy ta‘sirini ko‗rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osiyodagi
boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol
o‗ynadi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |