Neftni ikkilamchi qayta ishlash
Neftni qayt ishlashning klassifikatsiya metodining sxemasi 18.3-rasmda keltirilgan. Ular ikkita guruhga bo‘linadi – termik va katalitik.
Termik usulga- kreking, kokslash va piroliz mansubdir.
Termik kreking-yuqori malekulyar uglevodorodlarni 470...540oS yuqori haroratda va 4...6 MPa bosimda yengil fraksiyalarga yoyishga aytiladi. Termik krekingning asosiy mahsuloti mazut va neftning og‘ir qoldiqlari hisoblanadi. Yuqori haroratda va bosimda uzun zanjirli malekulalarning xom ashyosi parchalanadi va yengil uglevodorodlar, benzin va kerosin fraksiyalari shakllanadi hamda gazsimon uglevodorodlar hosil bo‘ladi.
Kokslanish–bu ham termik kreking shakli bo‘lib, 450...550oS.da va 0,1...0,6 MPa bosimda amalga oshiriladi. Bunda gaz, benzin, kerosin-gazoyl fraksiyasi hamda koks olinadi.
Piroliz–bu termik kreking bo‘lib, 750...900oS.da va atmosfera bosimiga yaqin olib boriladi, neftkimyo sanoati uchun mahsulot olinadi. Piroliz uchun yengil uglevodorodlar tarkibida gaz bo‘lgan, birinchi haydashdagi benzinlar, termik kreking kerosinlar, kerosin-gazoyl fraksiyalari hisoblanadi. Piroliz natijasida–etilen gazlari, propilen, butadiyen, atsetilin hamda suyuq mahsulotlar–benzol, toluol, ksilol, naftalin va aromati uglevodorodlar olinadi.
Katalitik usulga –katalitik kreking, reforming mansubdir.
Katalitik kreking–bu jarayon yuqori melekulyar uglevodorodlar 450...500oS.da va 0,2 MPa bosimda, katalizator–mahsuloti qo‘shilib parchalanadi. Katalizator-moddasi kreking reaksiyasini tezlashtiradi va termik kreking jarayoniga nisbatan past bosimda olib boriladi.
Katalizatorlar sifatida asosan alyuminiy silikatlar va seolitlardan foydalaniladi.
Katalitik krekingning mahsuloti sifatida vakuum gazoyli hamda termik kreking mahsulotlari va koksli mazutlar va gudronlardan foydalaniladi. Katalitik kreking jarayonida–gaz, benzin, koks, yengil va og‘ir gazoyl olinadi.
Riforming–bu katalitik krekingning boshqa turi bo‘lib, 5000S harorat va 2...4 MPa bosimda molibden yoki platin oksidlarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Past oktantli benzindan yuqori oktantli benzin olish uchun riforming jarayonidan o‘tkaziladi. Bundan tashqari riformingda aromatik uglevodorodlar – benzol va toluol olinadi.
Gidrogenezatsiya deb–tizimga vodorodni kiritib gazoylni, mazutlarni, gudronlarni va boshqa mahsulotlarni qayta ishlashga aytiladi. Gidrogenezatsiya jarayonida katalizatorlar qatnashib 260...430 oS haroratda va 2...3,2 MPa bosim ostida olib boriladi. Bunday sharoitda kiritilgan vodorod parchalangan uzun-zanjirli molekulalar bilan birikadi, katta miqdordagi yengil uglevodorodlarni hosil qiladi, shunga mos holda chiqishda koks miqdori kamayadi.
Shunday qilib, gidrogenizatsiya jarayonini qo‘llab neftni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish tiniq neft mahsulotlarini chiqishini ko‘paytirishni ta’minlaydi.
Gidrogenizatsiya jarayoniga quyidagilar kiradi:
1) destruktiv gidrogenizatsiya;
2) gidrokreking;
3) destruktivsiz gidrogenizatsiya;
4) dealkillashtirish.
Bunday jarayon katta kapital xarajatlarni va ishlatishga sarflanadigan xarajatlarni oshiradi, zavodning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini pasaytirib yuboradi. Qo‘llaniladigan jarayonda xarajatlar qanchalik katta bo‘lsa, bosim shunchalik yuqori, zichligi bo‘yicha og‘ir va fraksiya tarkibida oltingugurtli bo‘lgan mahsulot qo‘llanilganda uning tarkibi shuncha oltingugurtli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |