O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Download 17,97 Mb.
bet80/149
Sana02.07.2022
Hajmi17,97 Mb.
#731841
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149
Bog'liq
2 5301009882680399153

Tret-butil-spirti (TBS)- bir nechta jarayonlarda hosil bo‘ladi. U propilen oksidini olish jarayonda qo‘shimcha mahsulot sifatida hosil bo‘ladi. U N-butillen yoki izobutilenning suv bilan o‘zaro reaksiyasi natijasida olinadi va uning formulasi – (SN3)3SON.
MTBE. Metil-tret-butil-efir (MTBE) kislorod saqlovchi qo‘shimcha hisoblanadi. U spirtlar (OH – guruhni saqlovchi malekula) sinfiga mansub bo‘lgan metanol, etanol va TBS dan farq qiladi. Lekin shunga qaramay, MTBE har holda kislorodni saqlaydi. Formulasi (CH3)3COCH3, suvda erimaydi. MTBE izobutelinnig metanol bilan katalizator ishtirokidagi reaksiyasi bilan olinadi.
Avtomobillarning benzinlari sanoatda quyidagi markalarda ishlab chiqiladi: A-72, A-76, A-80, A-92, AI-91, AI-93, AI-95 (A-matomobil, sonlar – oktanlar soni, I-harfi oktanlar soni tadqiqot metodida aniqlangan).
Aviatsiya benzinlari porshenli aviatsiya dvigatellarida qo‘llanilishga mo‘ljallagan. Ularning markalari B-91/115, B-95/130, B-92 va B-70 (B-benzin, sur’atdagi son – oktanlar soni; maxrajdagi sonlar – boyitilgan aralashmada navlilik ko‘rsatkichi).
Hozirgi vaqtda aviatsiyada porshenli tizimdan reaktiv dvigatellarga o‘tilganligi uchun aviatsiya benzinlarini ishlab chiqarish va iste’moli kamaygan.
Dizel yoqilg‘isi - qisilish natijasida alanga oladigan dvigatellarda va ba’zi bir gazturbinali dvigatellarda foydalaniladi. Bundan tashqari har xil sharoitlarda qo‘llaniladigan uch xil turdagi yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi.
L- (yozgi) – atrof muhitning harorati musbat bo‘lganda qo‘llaniladi;
Z (qishki) – atrof muhitning harorati -20 oS (yoqilg‘ining quyuqlashish harorati -35 oS) dan minus -30 oS gacha (yoqilg‘inig quyuqlashish harorati -45 oS yuqori) bo‘lgan sharoitlarda qo‘llaniladi;
A(artik) – ishlatishda atrof –muhitning harorati minus -500S gacha.
Dizel yoqilg‘isining asosiy tasniflariga alangalanish harorati, sovush harorati va oltingugurtning tarkibi kiradi. Yoqilg‘ining bug‘i havo bilan birga aralashganda alangalanish yoki olovni olib kelishi – alangalanish harorati deyiladi. U yoqilg‘ining bug‘lanishini va olovni xavfsizligini tavsiflaydi. Markasi L bo‘lgan yoqilg‘i uchun alanganish harorati 40oS dan kichik, marka Z –uchun – 35oS dan past.
Oltingugurtning miqdoriga ko‘ra dizel yoqilg‘isidagi miqdori massasi bo‘yicha - 0,2 % dan kichik, 0,5% dan katta emas.
Alangalanish haroratiga yoki sovush ma’lumotiga hamda oltingugurtning tarkibiga muvofiq dizel yoqilg‘isi shartli ravishda quyidagicha ifodalanadi: L-O, 2-40 bu yozda paytida qo‘llaniladigan dizel yoqilg‘isi, oltingugurtning massali miqdori O,2% va alangalanish harorati 40 oS. Z-0,2-35 – bu yoqilg‘i qish vaqtida ishlatiladi, oltingugurtning massali ulushi 0,2% va alanganish harorati 35 oS.
Reaktiv yoqilg‘i – samolyot va vertolyotlarning gazturbinali dvigatellarida foydalaniladi. Bortdagi zaxira yoqilg‘isini olish, bakning hajmini chegaralanganligi va samolyot uchishni boshlashdagi og‘irligini ko‘tarish uchun katta energiya talab qilinganligi uchun yoqilg‘ining yonish energiyasi yuqori bo‘lishi kerak. Massasini arzonligini turiga muvofiq bu talablarga kerosin to‘liq javob beradi.
Reaktiv aviatsiyaning boshlang‘ich davrida yoqilg‘iga bo‘lgan istemol talabini T-1 yoqilg‘isi qondiradi, u oltingugurt miqdori kam bo‘lgan neftdan olinadi. Lekin 1950 yillardan boshlab reaktiv yoqilg‘ini ishlab chiqarish olingugurtli neftlarni qayta ishlash hisobiga kengaytirilgan, natijada massasini turi bo‘yicha reaktiv yoqilg‘iga mos keladigan TS-1 yoqilg‘i ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari T-2, T-6 markali reaktiv yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi. Traktor yoqilg‘isi sifatida kerosin va ligroindan foydalaniladi. Energetika tizimidagi gazturbinalari, suv va yer usti transportlari uchun mazutlar va gazoyllardan foydalaniladi. Qozonxona yoqilg‘isi sifatida F5 va F12 yoqilg‘isidan (sonlar – shartli qovushqoqligi 400S da ) hamda yoqilg‘i mazuti M40, M 100, M200 lardan foydalaniladi.
Neft yog‘lari-ishlab chiqariladigan neft yog‘larining assortimentlari juda ko‘p turda: motorlar, industrial, silindrlar, turbinalar, kompressorlar, transmission, o‘qlar, elektr izolyatsiyasi va boshqalar uchun. Motor yog‘lari-aviatsiya, avtomobillar va dizel dvigatellarini surkovi; industrial–sanoat jihozlarini surkovi; silindrlar-zolotniklarni va bug‘ mashinalarini porshenli silindrlarini surkovi uchun; turbinalar–har xil turdagi turbo agregatlarni podshipniklarini va elektr tokli generatorlarni sovutish va moylashda qo‘llaniladi; transmission-ko‘pgina mashinalarni mexanizmlarni tishli uzatmalarini moylash uchun; kompressor-silindrlarni, shtoklarni, kompressorlarni klapanlarini, havo haydagichlarni va sovutish mashinalarini moylashda qo‘llaniladi; o‘qli–temir yo‘l vagonlarini o‘qlarini, bo‘yinlarini, teplovozlarni g‘ildiraklarini, parovozlarni va temir yo‘l transportining harakatdagi tarkibining ishqalanish tugunlarini moylashda qo‘llaniladi; elektr izolyatsiya – (transformatorlar, kondensatorlar va kabellar)-elektr qurilmalarda dielektrik sifatida va sovituvchi suyuqlik sifatida qo‘llaniladi.
Boshqa neft mahsulotlari-qattiq tovar parafinlari-sintetik kislota va spirtlarni mahsulot sifatida ishlab chiqarishda qo‘llaniladi hamda yuvuvchi moddalarni ishlab chiqarishda xom-ashyo hisoblanadi. Parafin meditsinada, oziq ovqat sanoatida ( parafin qog‘ozidan tara va o‘ramlar, kartonlar), gugurtlar ishlab chiqarishda svechalar, daraxt tolalaridan plitalar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Serezin–surkovlar, vazelinlar, kremlar va elektrozolyatsiya materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Vazelinlar-tabiiy, sun’iy, texnik va meditsina turida bo‘ladi. Tabiiy vazelinlar parafinnning mazutlaridan olinadi. Sun’iy vazelinlar-mineral yog‘larni va parafinning aralashmasi, texnik vazelin - parafin bilan industrial yog‘ning aralashmasidir, meditsina yog‘i esa - oq serezinning va parafinning parfmeriya yog‘i bilan aralashmasidir.

18.1-rasm. Neftni qazib olish, konda tayyorlash va neftni qayta ishlashga haydashning umumiy sxemasi

18.2-rasm. Neftni qayta ishlashdagi yoqilg‘i va moylar varianti bo‘yicha sxemasi.


Neftli bitumlar- yo‘l qurilishida gidroizolyatsiya va tomlarni bekitish uchun materiallar sifatida ishlab chiqariladi.
Kerosinlar yoritish materiallari sifatida foydalaniladi.
Eritgichlarning quyidagi turlari – neftdan ishlab chiqariladi:
a) benzilli eritgich BR-1 – rezina sanoatida qo‘llaniladi;
b) uayt spirt – lak- buyoqlar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi;
v) eksratsion benzin – ekstratsiya jarayonlarida qo‘llaniladi.
Neftli koks–elektrodlar ishlab chiqarishda hamda alyuminiy sanoatida qo‘llaniladi, qurumlar–rezina sanoatida hamda qalamlar ishlab chiqarishda, izolyatsiya materiallari, kopirovka qog‘ozlari, buyoqlar va boshqa. Konsistentli surkovlarga – solidollar, texnik vazelinlar va boshqalar kiradi.

Download 17,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish