O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar



Download 17,97 Mb.
bet79/149
Sana02.07.2022
Hajmi17,97 Mb.
#731841
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
Bog'liq
2 5301009882680399153

18.2. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar

Neftni qayta ishlash natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi:


1) yoqilg‘i;
2) neftli yog‘lar;
3) parafinlar, serezinlar, vazelinlar;
4) neftli bitumlar;
5) yoritish kerosinlari;
6) eritgichlar;
7) boshqa neft mahsulotlari (neftli koks, qurum, konsistent surkovlari va boshqa).


Yoqilg‘i
Neftdan olinadigan yoqilg‘ilarning soniga avtomobil va aviatsiya benzinlari hamda traktor, reaktiv, dizel, gaz turbinali va qozonxona yoqilg‘ilari mansubdir.
Avtomobil benzinlari – karbyuratorli dvigatellarda qo‘llaniladi. Hamma avtomobil benzinlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • yozda hamma tumanlarda 1 apreldan – 1 oktabrgacha qo‘llash mumkin, janubiy rayonlarda yilning hamma fasllarida;

  • qishki, hamma mavsumlarda qo‘llashga mo‘ljallangan.

Benzinning muhim ishlatish tasniflaridan biri ularni detonatsiyaga chidamliligi hisoblanadi. U qanchalik katta bo‘lsa, dvigatelning siqish darajasi shuncha yuqori va shunga mos uning solishtirma quvvati katta hamda yoqilg‘i sarfi kichik bo‘ladi.
Benzinlarni detonatsiyaga chidamliligi oktanlar sonini ifodalaydi, maxsus mator qurilmalarida yoki tadqiqot metodlari asosida aniqlanadi. Oktanlar sonining miqdori aralashmadagi N–geptan bilan izooktanlar teng bo‘lib, sinaladigan benzinning detonatsiya chidamliligiga ekvivalentdir.
Benzinlarni detonatsiya chidamliligini oshirish uchun va shunga mos bo‘lgan oktanlar sonini oshirishda ularga tetraetilevinets 1 kg benzinga 3,3 grammgacha qo‘shiladi. Shuning uchun etillashtirilgan benzinlar bilan ishlashda xavfsizlik choralarini oldini olish qoidalariga rioya qilinadi.
Benzin va havo aralashmasi silindrga tushganda, porshen yuqoriga harakatlanib uni siqadi. Bug‘lar siqilganida ular qizib ketadi. Agar benzin va havo aralashmasi qattiq siqilsa, u o‘ta qizib ketadi va yondirish svechasi yordamida o‘z-o‘zidan yonib ketadi.
Agar benzinni yonishi alangalanish muddatidan oldin sodir bo‘lsa, porshen o‘zining yuqori nuqtasiga yetmasdan orqaga qaytib dvigatelning burama valining harakatiga to‘sqinlik qiladi, ya’ni detonatsiya sodir bo‘ladi. Detonatsiya odatda taqillab silkinish va dvigatelning guvillab shovqin chiqarishi bilan tavsiflanadi. Detonatsiya hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki u motorning harakatdagi kuchiga qarshi ishlaydi, shuning uchun uning mexanik qismlariga ta’sir qiladi.
Benzinnning oktanlar sonini aniqlashda uning siqilish darajasining aniqligi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa o‘z-o‘zidan alangalanish porshen harakatining yuqori nuqtasida sodir bo‘ladi. Siqilish darajasi benzin oktanlar soniga bog‘liq. Oktan soni 100 bo‘lgan benzin uchun shartli ravishda izooktan (2, 2,4- trimetilpentan) S8N18 qabul qilingan. Kuchsiz siqilishda ham detonatsiyalanadigan n-geptan (S7N16) oktan soni “0” bo‘lgan benzin uchun qabul qilingan.
Zarur bo‘lgan oktan sonli benzin olish masalasini soddalashtirish uchun benzinga qo‘rg‘oshin-tetraetil qo‘rg‘oshin (TEQ) yoki tetrametil qo‘rg‘oshin (TMQ) qo‘shiladi. Bu birikmalar benzinning oktan sonini oshiradi. Bu bilan benzinning boshqa xossalariga , jumladan to‘yingan bug‘ bosimiga (TBB) ta’sir etilmaydi.
TEQ (TMQ) – juda zaharli kimyoviy birikma, hatto uning juda kichik konsentratsiyali bug‘i ham kasallikka yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Shunisi qiziqki, benzinga qo‘rg‘oshin qo‘shilishidan maqsad, uning muddatidan oldin alangalanib ketishini oldi olinadi. Oktan soni qanchalik kichik bo‘lsa, detonatsiyaning yuzaga kelishi yoki benzinning o‘z-o‘zidan alangalanishining ehtimolligi yuzaga keladi. Shuning uchun qo‘rg‘oshin alangalanishning oldini oladi. Qo‘rg‘oshinning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida , benzinning oktan sonini oshirish uchun neft-kimyo sonaotida metanol, etanol, TBS, va MTBE kabi mahsulotlarni qo‘llash tavsiya etilgan.
Metanol - CH3OH qadimdan ma’lum bo‘lgan kimyoviy modda. U yog‘och spirti sifatida mashhur, chunki avvallari yangi arralangan zich yog‘ochli g‘o‘lalarga kimyoviy reagent ta’sir ettirib olingan. 1923 yilda nisbatan unumli jarayon ishlab chiqilgan. Bunda dastlabki modda sifatida metan yoki benzin fraksiyasidan foydalanilgan. Metanning manbai sifatida asosan metandan iborat bo‘lgan tabiiy gaz ishlatilgan.
Jarayonning asosiy bosqichi - sintez gazning olinishi uglerod monooksidi (CO) va vodorod (H2) aralashmasining olinishidir:
CH4 + H2O → CO + 3H2 (sintez gaz)
CO + 2H2 → CH3 OH (metanol)
Bu tenglamani olish texnologiyasi juda murakkab va qimmat.
Etanol - yoki etil spirti (C2H5OH) – aroqning asosiy komponenti hisoblangan kimyoviy modda. Etanol ham qadimdan tabiiy manbalardan: uzum (vino) tarkibidagi qandni achitish, kartoshka (aroqda) yoki arpa va jo‘xori (viski)ni fermentlar ta’sirida ishlash bilan olingan. Sanoat miqiyosida etanol olishda foydalaniladigan hozirgi kimyoviy jarayon 1919 yilda ishlab chiqilgan. Bu usul etilenning to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidrotatsiyasiga (suvning birikishi gidrotatsiya deb ataladi) asoslangan :
C2H5 + H2O = CH3 - CH2 - OH2 (etilen) (suv) (etanol)

Download 17,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish