O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“ Mikro va makro” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Firmalar daromadi va ularning turlari.
Bajardi:Bank ishi fakulteti BI-50 guruhi talabasi Axrolxo‘jayev Xojiakbar
Tekshirdi: Shermuhammedov B.U.
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2020 y.
__________________
|
|
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2020y.
__________________
|
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2020 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2020 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2020 y.
Baho“_____” _________
|
___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
TOSHKENT – 2020
Mavzu:Firmalar daromadi va ularning turlari
Reja:
Kirish
Firma daromadining turlari, mazmuni va mohiyati.
Firma daromadining amaliy tahlili.
Firma samarodorligi va daromadini oshirish yo’llari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatlarni yuzaga keltirishdan asosiy maqsad korxona daromadini maksimallashtirish va shu asosda foyda miqdorini oshirish.
“O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvrаldаgi PF-4947-sоnli Fаrmоni bilаn tаsdiqdаngаn ― 2017-2021 yillаrdа O`zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yo`nаlishi bo`yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi” dа ishlаb chiqаrishni mоdеrnizаtsiyalаsh vа tехnik tехnоlоgik yangilаsh, ishlаb chiqаrishgа innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаrni qo`llаsh, mаhsulоt ishlаb chiqаrish turlаrini divеrsifikаtsiyalаsh, chuqur tаrkibiy o`zgаrishlаrni аmаlgаоshirish hаmdа tаrmоqlarning rаqоbаt bаrdоshligini mustаhkаmlаsh bоrаsidа izchil chоrа-tаdbirlаrni аmаlgаоshirish belgilab berilgаn.
Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotni anglatadi va ushbu munosabatlarda tijoriy firmalar o’z daromadlari orqali foydaga yoki qilingan samarasiz xarjatlari orqali zararga uchrashi mumkin.
Davlat rahbari Sh.Mirziyoyev takidlaganlaridek – “Bugungi kunda korxonalarimiz w bir emas, bir nechta juda muhim iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal qiladi. Odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlaydi. Eng asosiysi, bugungi yutug‘imiz – sanoatda yuqori texnologiyalarni amalda ishlata oladigan zamonaviy milliy kadrlarning yangi avlodi yetishib beradi”1.
Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xoʻjalik faoliyatini kerakli mablagʻlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy etadi; sub’ektlarni iqtisodiy ragʻbatlantiradi; budjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, daromadni oshirish korxona faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur boʻgʻinini samarali tashkil etish va rivojlantirish aniq prinsiplarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |