9
Davlat yuqorida bayon qilingan o‗z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi
shuningdek, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida dolzarb bo‗lgan strategik
maqsad va vazifalarni amalga oshirishi uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy
resurslarning ma‘lum bir qismini o‗z qo‗lida to‗plamog‗i obyektiv zaruriyatdir.
Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‗lishi
davlat byudjetining
mavjud
bo‗lishini va amal qilishini taqozo etadi.
Iqtisodiy ilm ahllari orasida o‗zining teran ilmiy qarashlari, moliya, soliq,
sug‗urta, davlat byudjeti kabi kategoriyalarning mazmun-mohiyati, funksiyalari,
kishilik taraqqiyotidagi o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati, amaliyotda
namoyon bo‗lish shakllari to‗g‗risidagi fundamental tadqiqotlari va o‗quv-uslubiy
ishlanmalari
bilan
tanilgan
o‗zbek iqtisodchi olimlari T.Malikov va
N.Xaydarovlarning ―Davlat byudjeti‖ nomli o‗quv qo‗llanmalarida ―davlat byudjeti‖
tushunchasi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: ―Davlat byudjeti kishilik jamiyati
taraqqiyotining ma‘lum bir bosqichida paydo bo‗lgan bo‗lib, uning vujudga kelishi,
eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita
bog‗liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‗lgan ishlab chiqarish
munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning taqsimlash
mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi‖
1
.
Turli davrda va turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan yaratilgan darslik va
ilmiy adabiyotlarda ―davlat byudjeti‖ tushunchasining turlicha talqini keltiriladi.
Ayrim adabiyotlarda davlat byudjetiga ―davlat daromadlari va xarajatlari yozilmasi‖
sifatida ta‘rif berilsa, boshqalarida ―davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖ deb
ta‘riflanadi, uchinchilari esa ―markazlashgan pul fondini shakllantirish va ishlatish
shakli‖ deb qaraydilar.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarning har biri davlatning ma‘lum funksiyalarini
bajarish maqsadida markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ularda jamlangan
moliyaviy resurslarni sarflash bilan bog‗liq munosabatlarning u yoki bu jihatini aks
ettiradi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo‗nalishdagi
iqtisodiy maktablar vakillari bo‗lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlari
haqida yuqorida fikr yuritgan edik. Masalan, nomi keltirilgan o‗quv qo‗llanmada
―Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‗shilishini tushunmoq
kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash
natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy
kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo‗lish shakli sifatida
davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖
2
, - deb izohlangan.
Agar xorijiy adabiyotlardagi ―davlat byudjeti‖ tushunchasining talqiniga nazar
tashlasak, masalan, ―Public budgeting systems‖
3
nomli qo‗llanmada keltirilishicha,
―davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat
boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‗z xatti-harakatlari uchun javobgarlik va
Do'stlaringiz bilan baham: