4
KIRISH
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi ―Oliy ta‘lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-2909-sonli, 2017-yil
27-iyuldagi ―Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot
sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 5-iyundagi ―Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo‗yicha qo‗shimcha
chora-tadbirlar
to‗g‗risida‖gi PQ-3775-sonli, 2021 yil 6-iyuldagi ―Respublika oliy ta‘lim
muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‗llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-5172-sonli, 2021 yil 30-iyuldagi ―Oliy
ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ-5203-sonli, 2021-yil 31-avgustdagi ―Oliy, o‗rta maxsus va
professional ta‘lim muassasalari o‗rtasida ta‘lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari
bilan
ishlab
chiqarish
amaliyoti
uzviyligini
kuchaytirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi
PQ-5241-sonli
qarorlari,
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020 yil31-dekabrdagi ―Oliy ta‘lim muasssasalarida ta‘lim
jarayonini tashkil etish bilan bog‗liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi 824-sonli qarorlarida belgilangan talablar, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirligining shu mazmundagi tegishli buyruqlarida belgilangan vazifalar ichida oliy
ta‘lim yo‗nalish (mutaxassislik) lari o‗quv rejalari fanlarining o‗quv-uslubiy
ta‘minotini takomillashtirib borish alohida o‗rin tutadi. Fanlarning o‗quv-uslubiy
ta‘minotining asosini O‗quv-uslubiy majmua (O‗UM)lar tashkil etadi va fanlarni
o‗zlashtirishda muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. O‗quv-uslubiy majmualarni ishlab
chiqish konsepsiyasi zamirida mazmunan va uslubiy jihatdan tizimlashgan bo‗lishi,
tarkibiy komponentlarining o‗zaro uzviyligi ta‘minlanishi hamda ta‘lim oluvchi o‗z
qobiliyatini namoyish etishiga omil bo‗lishi zarur.
―Davlat byudjeti‖ fanining O‗quv-uslubiy majmuasi bakalavriatning ―Moliya‖
ta‘lim yo‗nalishi davlat ta‘lim standartlari hamda ―Davlat byudjeti‖ fanining fan
dasturida belgilangan talablarga muvofiq egallanishi lozim bo‗lgan bilim, ko‗nikma,
malaka va kompetentsiyalarni
shakllantirish, fanga oid jahondagi ilm-fan, texnika,
texnologiyalarning so‗nggi yutuqlarini, ilg‗or xorijiy tajribalarni
keng yoritish va
ularni hisobga olgan holda fan mavzularini shakllantirish, o‗quv jarayonini kompleks
loyihalash asosida kafolatlangan natijalarga erishish, mustaqil bilim olish va
o‗rganish hamda nazoratni amalga oshirishni ta‘minlaydigan o‗quv-uslubiy
vosita
bo‗lib, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‗naltirilgan o‗quv-uslubiy
manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta‘lim resurslari, o‗qitish
texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o‗z ichiga oladi. Unda ma‘ruzalar
matnlari, amaliy mashg‗ulotlarni o‗tkazish bo‗yicha
uslubiy tavsiyalar, mustaqil
ta‘lim topshiriqlarini bajarish bo‗yicha uslubiy qo‗llanma, fanning namunaviy va
ishchi-o‗quv dasturlari, fan yuzasidan testlar, yakuniy nazorat savollari va variantlari,
talabalar
bilimini baholash mezonlari, fan mavzulari bo‗yicha tarqatma materiallar,