O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


ta‟siri. Byudjet tuzilishi modellari



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

ta‟siri. Byudjet tuzilishi modellari
Byudjet tuzilishining qanday bo‗lishi mamlakatning ma‘muriy-hududiy 
tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‗liq bo‗ladi. 
Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, 
provintsiyalar, oblastlar, o‗lkalar, yerlar kabi) o‗rtasida hokimiyat vakolatlarining 
taqsimlanishiga ko‗ra barcha davlatlar 
unitar va federativ 
(federativ davlatlarda 
davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) 
davlatlarga bo‗linadi. Unitar va federativ davlat tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari 
quyidagi chizmada aks ettirilgan (3.1-rasm). 
 
3.1-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari
18
 

18
Nurmuxamedova B. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 117-bet 


Konfederativ 
davlat 
Unitar 
davlat 
Federativ 
davlat 
Ma‘lum siyosiy 
mustaqillikka ega 
bo‘lgan davlatlar 
ittifoqi 
Davlat hududida 
federativ birliklar 
bo‘lmagan, lekin 
ma‘muriy-hududiy 
birliklari mavjud 
bo‘lgandavlat tuzilishi 
Bir necha davlat 
tuzilmalari birlashib, 
yagona ittifoq 
davlatini tashkil 
qiluvchi davlat 
tuzilishi 
Davlat tuzilishi shakllari


22 
Unitar (yagona) davlat 
– bu tarkibidagi ma‘muriy-hududiy birliklar 
(tuzilmalar) o‗z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‗lmaydigan davlat 
tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‗lgan huquq 
tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni 
markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Frantsiya, Italiya, Vengriya, Qozog‗iston, 
Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O‗zbekiston kabi davlatlar kiradi.
19
Federatsiya
davlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi. Federativ 
davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a‘zosi (subyektlari) bo‗lgan 
davlat tuzilmalari(shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki avtonom respublikalar va 
b.)dan tarkib topadi. Ularning har biri o‗z ma‘muriy-hududiy bo‗linishiga ega. Butun 
federatsiya uchun umumiy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan bir 
qatorda, har bir federatsiya subyektining hududida o‗z davlat hokimiyati va 
boshqaruvining oliy va mahalliy organlari faoliyat ko‗rsatadi. Federatsiya a‘zolari 
(subyektlari) o‗zining sud organlari va boshqa adliya organlariga ham ega bo‗ladi, 
o‗z konstitutsiyasi va qonunlarini qabul qiladi.
20
Federativdavlatlarga Rossiya 
Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya, 
Belgiya, Shveytsariya kabi davlatlar kiradi. 
Konfederatsiya 
nisbatan 
kam 
tarqalgan 
davlat 
tuzilishi 
shaklidir. 
Konfederatsiya davlatlar birlashmasi yoki ittifoqi bo‗lib, uni tashkil etuvchi davlatlar 
o‗z mustaqilligini to‗la saqlab 
qoladi, o‗zining hokimiyat, bosh-
qaruv va adliya organlariga ega 
bo‗ladi. Konfederatsiyaga a‘zo 
davlatlar o‗z faoliyatini muvofiq-
lashtirish uchun qo‗shma organlar 
tuzadi. Mazkur organlar qat‘iy 
belgilangan sohalarda faoliyat 
ko‗rsatadi va qat‘iy belgilangan 
(iqtisodiy, siyosiy, harbiyvab.) 
maqsadlarni ko‗zlaydi. Konfede-
ratsiyaga ba‘zan davlatlarning 
federatsiyaga birlashish sari tut-
gan yo‗lidagi oraliq bo‗g‗in deb ham qaraladi. Konfederatsiya alomatlari Mustaqil 
Davlatlar Hamdo‗stligi (MDH)da ham mavjud. 
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo‗g‗inlari o‗rtasidagi 
o‗zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga 
kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet 
tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‗larini shakllantirish va 
sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (3.2-rasm).

19
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‘at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoev – T.: 


―O‘zbekiston‖ nashriyoti, 2006 yil. - 584 bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary 
20
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‘at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev – 
T.:―O‘zbekiston‖ nashriyoti, 2006 yil. - 584 bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish