15
―Public budgeting systems‖ nomli qo‗llanmada: ―byudjet hujjatlari aniq yuridik
maqomga ega bo‗lmasligi ham mumkin. Federal hukumat darajasida byudjet
cheklangan yuridik maqomga ega bo‗lib, u prezidentning Kongressga taqdim
qiladigan rasmiy bayonoti hisoblanadi, lekin u hukumatning keyingi harakatlarini
belgilab beruvchi rasmiy hujjat emas‖
13
, deb ta‘riflangan. AQShning rasmiy operativ
byudjeti esa bir nechta hujjatlar majmuasidan, xususan, ajratmalar to‗g‗risidagi
qonunlardan (Appropriation Acts) iborat bo‗ladi. Aksincha, munitsipal tuzilmalarning
merlari tomonidan taklif qilingan mahalliy (munitsipal) byudjetlar munitsipal
kengashlar tomonidan rasman qabul qilingan operativ ishchi byudjet sifatida amal
qiladi.
14
Boshqa hollarda hukumatning bir qator byudjet hujjatlari mavjud bo‗lishi mumkin
(yagona byudjet o‗rniga). Bu hujjatlar tarkibiga (1) asosiy joriy xarajatlarni aks ettiruvchi
operatsion byudjet; (2) yirik qurilish loyihalarini o‗z ichiga olgan kapital byudjet; (3) aniq
daromad manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar uchun mo‗ljallangan maxsus
moliyaviy fondlar. Masalan, maxsus fondlar byudjetlari benzin va avtotransport
shinalarini sotishdan tushgan maxsus soliqlar hisobidan shakllanishi va avtomagistrallarni
rekonstruktsiya qilish va ularga texnik xizmat ko‗rsatish bilan bog‗liq dasturlariga
yo‗naltirilishi mumkin. Yoki boshqa bir misol: baliq tutish va ov qilish uchun
litsenziyalardan yig‗imlar evaziga shakllanadigan maxsus fondlar ov qilishga
mo‗ljallangan suv havzalari va hududlarini sog‗lomlashtirishga yo‗naltiriladi.
Byudjet hujjatlarining hajmlari ham xilma-xil bo‗lib, odatda, byudjet
daromadlariga qaraganda, byudjet xarajatlari to‗g‗risidagi axborotlarni o‗zida aks
ettiradi. Byudjetlarning xarajatlar qismi ko‗pmaqsadliligi bilan ajralib turadi, shu
sababli byudjetni aks ettiruvchi biron bir hujjat byudjetning funksiyalari yoki uning
ishlatilish shakllari to‗g‗risida to‗liq xulosa chiqarishga asos bo‗la olmaydi. Umumiy
jihatdan qaraganda, byudjetlar (1) xarajatlar bayoni sifatida, (2) xarajatlarning
tafsilotlari sifatida, (3) ustuvorliklar va maqsadli vazifalar bayoni sifatida qaralishi
mumkin.
15
―Public budgeting systems‖ nomli qo‗llanmada ta‘kidlanishicha, davlat
sektorida byudjetlashtirish maqsadlar va ularga yetishish uchun zarur mablag‗lar
o‗rtasida bog‗liqlikka erishishni nazarda tutadi. Davlat sektoridagi byudjet
munosabatlarida qo‗llaniladigan mezonlar xususiy sektordagi byudjetlashtirish
mezonlaridan bir qadar farq qiladiki, buning asosiy sababi – davlat darajasida byudjet
masalalarida qabul qilinadigan qarorlar, xususiy sektordan farqli o‗laroq, diqqat
markaziga foyda olish va samara ko‗rish maqsadlarini qo‗ya olmaydi. Xususiy
sektorda esa byudjetlashtirish jarayonining asosiy maqsadi uzoq muddatli
daromadlilik va foydalilikni ko‗zlaydi va firmaning uzoq istiqboldagi moliyaviy
holatini ta‘minlashga qaratiladi.
Xorijiy davlatlarda davlat darajasida byudjetlarni tuzish hukumatlarning o‗z
xatti-harakatlari uchun mas‘uliyatlarini oshirish vositasi sifatida yuzaga keldi.
Byudjet protseduralari shunday ishlab chiqiladiki, hukumatlar jamoatchilik oldida,
Do'stlaringiz bilan baham: