O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

 
22.1-rasm 
AQSh da mavjud shtatlar ro‟yxati
151
 
AQShda quyi byudjetlarga maqsadli shartli va shartsiz moliyaviy yordam 
ko‘rsatiladi. Shartsiz moliyaviy yordamning bir ko‘rinishi byudjetlar o‘rtasida 
daromadni tenglashtirish dasturi hisoblanadi, unda qonunda nazarda tutilgan 
formulaga muvofiq iste‘mol xarajatlari va fiskal imkoniyatni inobatga olgan holda 
transfertlar ajratiladi. Hozirda federal byudjet tomonidan maqsadsiz moliyaviy 
yordam shakli ko‘rsatilmaydi, garchi, shartsiz moliyaviy yordam shtatlar tomonidan 
mahalliy byudjetlarga keng miqyosda foydalanilayotganiga qaramasdan. 
Maqsadli moliyaviy yordam 2 turdagi grant ajratish shaklida ko‘rsatiladi. 
Birinchi turi — blok-grantlar — etarli darajada keng miqyosdagi xarajatlar spektriga 
ega va manbaalarni qayta taqsimlashda ma‘lum cheklovlar asosida moliyalashtirishga 
ajratiladi. Blok grantlarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot va boshqa turdagi 
moliyalashtirish sohalarga ajratilgan. 
Byudjetdan maqsadli moliyalashtirishning ikkinchi shakli bo‘lib kategoriyali 
grantlar hisoblanadi va ular alohida xarajatlar dasturini moliyalashtirishga qaratilgan 
bo‘ladi. 
Davlat va mahalliy qarz munosabatlari asosiy usuli bo‘lib shtatlar va mahalliy 
organlar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni muomalaga kiritish va ularning 
cheksiz aylanishi hisoblanadi. Bu holda, qimmatli qog‘ozlardan olingan foizli 
daromad federal daromad solig‘idan ozod etilgan bo‘ladi, ya‘ni daromad solig‘i 
solinmaydi. 

151
http://www.government.ru


-интернет сайти маълумотлари 


324 
AQSh byudjet tizimining eng muhim yana bir jihati shuki, federal hukumat 
o‘zidan quyi bo‘g‘in organlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yuzasidan 
hech qanday javobgarlikni olmaydi.
Kanada federativ davlat. Hozirda Kanadada 12 ta federatsiya sub‘ekti mavjud 
bo‘lib ulardan 10 tasi provintsiyalar va 2 tasi hudud hisoblanadi. Shuningdek 
Kanadada 5000 ta mahalliy shakldagi shaharlar, qishloqlar, taunshiplar, grafliklar va 
maxsus xizmat ko‘rstatish rayonlari mavjud. Federal hukumat urush va tinchlik, 
mudofaa, tartibni saqlash, milliy davlat qarzi va davlat mulkini boshqarish, pul kredit 
va bank tizimi, savdo tijorat munosabatlarini ustidan nazorat ishlarini amalga 
oshiradi. Shuningdek federal organlar vakolatiga davlat miqyosidagi har qanday 
soliqqa tortish masalalari kiradi. 
Kanada byudjet tizimi federativ tizimga mos kelgan holda davlat boshqaruvida 
har bir bo‘g‘indagi hukumat o‘ziining mustaqil byudjetiga ega. Federal byudjet 
daromadlar bazasi turli xil soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlardan iborat. 
Provintsiyalarning daromadiga esa soliq to‘lovlari, federal byudjetdan olingan 
byudjetlararo transfertlar kiradi. 
Kanadada 1962 yildan boshlab federatsiyalar sub‘ektlari o‘rtasida (Kvebekdan 
tashqari) soliqlar yig‘imi to‘g‘risida shartnoma imzolangan va kuchga kirgan. Bu 
kelishuvga ko‘ra har bir provintsiya federal soliq tushumidan umumiy provintsiyalar 
uchun yagona bo‘lmish hududdan o‘ziga tegishli ulushni olish huquqini qo‘lga 
kiritgan. Shuningdek provintsiyalar o‘z hududida federal soliq stavkalarini oshirish 
huquqiga ham egalar, sababi byudjet daromadlari tarkibida qo‘shimcha soliq 
tushumlarini ko‘paytirish. Bu tartibda jismoniy shaxslardan daromad solig‘i, 
korporatsiyalardan daromad solig‘i tovar va xizmatlarga soliq (QQS o‘rniga) soliqlari 
oshirilishi mumkin. Bundan tashqari byudjet provintsiyalari daromadlariga mol mulk 
va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi.
Turli xil bo‘g‘inlarning boshqaruv organlari xarajatlari konstitutsiyada 
mustahkamlangan. Shunday qilib federal boshqaruvi quyidagi: mudofaa, xalqaro 
munosabatlar, sanoat siyosati va ilmiy tadqiqotlar sohalarini moliyalashtirishi 
belgilangan. Provintsiyalar byudjeti esa davlat ta‘limi, sog‘liqni saqlash va mahalliy 
xizmatlarni moliyalashtirishlari ko‘zda tutiladi. Ikkala byudjet tizimi bo‘g‘ini ham 
mahalliy darajadagi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi kabi sohalarda xarajat 
majburiyatlarini birday o‘z bo‘yinlariga olishadi. Shuningdek federal hukumat 
ijtimoiy ta‘minot sohasidagi xarajatlar yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. 
Federal byudjetdan provintsiyalar byudjetiga moliyaviy yordam maqsadli va 
maqsadsiz transfert ko‘rinishida ajratiladi. Bu borada 1997 yilgacha quyi bo‘g‘inlar 
byudjetlariga federal moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun 3 ta dastur amalda bo‘lgan, 
bular: maqsadsiz transfertlar – byudjet daromadlarini muvofiqlashtirish uchun, 
transfertlar – tasdiqlangan dastur moliyalashtirilishi asosida va moliyaviy qo‘llab 
quvvatlash rejasi asosidagi moliyaviy yordam. Maqsadsiz transfertlar provintsiyalar 
byudjetiga 
daromadlarini 
tenglashtirish 
maqsadida 
ajratiladi. 
Byudjetni 
muvofiqlashtirish tamoyili esa Konstitutsiyada mustahkamlangan. Maqsadli 
transfertlar provintsiyalar byudjetiga olingan mablag‘larni o‘rta ta‘lim va sog‘liqni 
saqlash 
xarajatlarini 
qoplash 
maqsadida 
tasdiqlangan 
dastur 
asosida 


325 
moliyalashtirishga ajratiladi. Moliyaviy yordam bolalar bog‘chasi, nogironlar uyi, 
boshqa ijtimoiy va tibbiy yordam muassasalariga, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri 
nogironlarga, iishsiz va qari yoshdagi boquvchisini yo‘qotganlarga ajratiladi. 
Kanadada byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun bir qancha qarz 
munosabatlari manbalari mavjud. Federal byudjetlar uchun bu – ichki va tashqi qarz 
qimmatli qog‘ozlari bozori, shuningdek Kanada pensiya dasturidan olingan kreditlar. 
Hududiy normativ aktlarga asosan yuqori byudjetlardan farqli o‘laroq mahalliy 
byudjet xarajatlari faqat joriy xarajatlar bo‘yicha balanslashtirilishi talab etiladi. 
Shunday qilib mahalliy organlar hukumati kapital xarajatlar bo‘yicha defitsitni 
qoplash maqsadida qarz manbaalarini jalb etish huquqiga egalar.
Germaniya Federativ byudjeti tizimi o‘ziga xos bir qancha jixatlari va farqli 
xususiyatlari bilan ajralib turadi, xususan federal byudjetning keng miqyosdagi 
huquqlari va butun federatsiya uchun yagona soliq tizimining amal qilishi, umuman 
bir qancha asosiy sohalardagi savollar yagona qonunchilik tizimi orqali echim topishi 
ko‘p jihatdan unitar davlatlarga xos byudjet tizimiga o‘xshash tizim qurilganligini 
ko‘rsatadi. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda davlat organlari minimal ijtimoiy 
standartlardan emas balki yurt aholisi yashash sharoiti tengligi printsipidan kelib 
chiqqan holda ish olib borishadi. Shunga qaramasdan GFR federatsiya bo‘lib 
kelmoqda va uning tarkibida 16 ta sub‘ekt – federal er hamda mahalliy tartibdagi 
byudjetlar mavjud. 
GFR federal organlari zimmasida mudofaa, xalqaro munosabatlar, fuqarolik 
munosabatlari, emmigratsiya va immigratsiya, valyuta siyosati, moliyalashtirish va 
federal transportni nazorat qilish, pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini bajarish 
yotadi. Federal erlar vakolati doirasiga madaniyat, ta‘lim, yustitsiya va jamoat tartibi, 
sog‘liqni saqlash va shuningdek hududiy iqtisodiy siyosat masalalarini nazorat qilish 
kiradi. Mahalliy organlar boshqaruvi vakolatiga esa kommunal xizmatlar, sog‘liqni 
saqlash mahalliy muassasalari, sprot, uy, yo‘l va maktablar qurilishi kiradi. Ijtimoiy 
siyosat va infrastruktura ob‘ektlari qurilishiga oid xarajatlar barcha bo‘g‘inlardagi 
byudjetlar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek xarajatlar vakolatini quyi 
bo‘g‘inlar byudjet tizimiga o‘tkazish tendentsiyasi ham kuzatilgan. Bugungi kunda 
mahalliy byudjetlardan davlat kapital xarajatlranining 2/3 qismi moliyalashtiriladi, 
shundan moliyalashtirishning yirik qismi yuqori byudjetga o‘tkazilgan. 
Asosiy soliqlar bo‘yicha tushumlar turli xil bo‘g‘indagi byudjetlar o‘rtasida 
taqsimlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i federal va hududiy byudjetlar 
bo‘yicha teng ulushda (42,5 % dan) va qoldiq (15%) mahalliy byudjetga o‘tkaziladi. 
GFR da qo‘shilgan qiymat solig‘i asosiy nazorat solig‘i rolini o‘ynaydi, chunki 
xarajatlar qayta taqsimlanganda federal va hududiy byudjetlar QQS umumiy tushumi 
miqdori o‘zgarishi katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Germaniya byudjet tizimiga 3 pog‘onali byudjetlararo muvofiqlashtirish tizimi 
taaluqli hisoblanadi. Birinchidan federatsiya sub‘ektlari o‘rtasida QQS tushumi 
bo‘yicha muvofiqlashtirish: federal erlar byudjeti QQS tushumining 25 % i barcha 
erlar o‘rtasida taqsimlanadi. 


326 
Byudjetlararo muvofiqlashtirishning ikkinchi ko‘rinishi sifatida byudjet 
resurslarining federal erlar byudjetlari o‘rtasida taqsimlashni federal hukumat 
aralashuvisiz bajarish. 
Hududlarni moliyaviy qo‘llab quvvatlashning uchinchi ko‘rinishi bo‘lib ba‘zi 
hududlarga ajratiluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri federal grantlari hisoblanadi. 
Turli xil bo‘g‘inlardagi byudjetlar defitsitni moliyalashtirish maqsadida turli 
qarz majburiyatlari jalb etishi mumkin biroq Maastrixt kelishuviga asosan 
belgilangan qat‘iy cheklovlar asosida resurslar jalb etiladi. Bu kelishuv shartlari GFR 
konstitutsiyasida belgilangan limitga asosan federal byudjetning rejali byudjet 
xarajatlariga investitsiya maqsadida ajratiladigan qarz mablag‘lariga cheklovlardan 
kelib chiqib tuzilgan.
GFR Davlat va mahalliy byudjetlariga quyidagi belgilar muvofiq keladi, ya‘ni 
federal byudjet qarzlari to‘liq obligatsiyalardan tarkib topgan bo‘lsa federal erlar va 
mahalliy byudjetlarning byudjeti moliyaviy resurslarni bank krediti shaklida jalb 
qilishgan, natijada GFRda munitsipial obligatsiyalar bozori mavjud emas. Shunday 
qilib kreditlar jalb etishni boshqarishda mahalliy bo‘g‘in bir nechta muammolarga 
duch keladi, birinchidan, munitsipial byudjetlar uchun ssuda kapitali bozorining 
yo‘qligi va bozor narxlari bilan qarz stavkalari muvofiqligini nazorat qilishning 
qiyinligi, ikkinchidan, munitsipial organlar muassisi bo‘lgan jamg‘arma banklaridan 
olinadigan kreditlarning oldini olish mumkin emasligi. 
Buyuk Britaniya byudjet tizimi ikki bug‘indan iborat: 
1)Davlat byudjeti ;
2) Mahalliy byudjetlar; 
Buyuk Britaniya ma‘muriy-hududiy munosabatlarda Angliya, Uels, Shimoliy 
Irlandiya va Shotlandiyaga bo‘linadi. 1973-1975 yillarda Buyuk Britaniyada mahalliy 
hokimiyat organlarining islohotlari o‘tkazildi, natijada uch bug‘inlining o‘rniga ikki 
bug‘inli mahalliy hukumat organlarining boshqaruv tizimiga o‘tildi: Graflik va Okrug 
asosida ajralish. 
Islohotlar mahalliy ma‘muriy birliklar funktsiyalari va tuzilishiga mazmunan 
o‘zgartirishlar olib keldi. Angliya va Uels hududi 369 Okrugni o‘z ichiga oluvchi 
53ta Graflikka ajraldi. Masalan, London o‘zining boshqaruv tizimiga ega bo‘lib unga 
Siti rayoni va 23ta munitsipialititlar kiradi. Grafliklar ichida bir-biriga yaqin 
bo‘lganlarini o‘z ichiga oluvchilari mavjud: Mersisayd, Katta Manchetser, G‘arbiy
Medlend, Janubiy va G‘arbiy Yorkshir, Taynsayd. Natijada mahalliy o‘zini-o‘zi 
boshqarishning qayta qurilishi mahalliy byudjetlar sonini ancha qisqartirdi, ularning 
hajmi kengaydi, ijtimoiy funktsiyasi kuchaydi. Mahalliy boshqaruv funktsiyalari 
ichki tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan Graflar kengashi va Okrug kengashi 
o‘rtasida bo‘lib chiqilgan. Har bir kengash Mer, uning o‘rinbosari, maslahatchilar, 
katta sheriff va boshqa oqsoqollardan tashkil topgan. Mahalliy boshqaruvdan tashqari 
u yoki bu sferani boshqarish uchun ta‘sis etilgan yanada katta boshqaruv mavjud. 
Mahalliy organlarning bu o‘zaro munosabatlarini erarxiyamas balki sherikchilik 
sifatida ko‘rish mumkin. 
Byudjet jarayoni. Buyuk Britaniya byudjet tizimining har bir bo‘g‘ini o‘z 
byudjetini mustaqil tuzadi, ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va ijrosini amalga oshiradi. 


327 
Shuning uchun tegishli organlar faoliyatini tashkil qilishda ma‘lum bir farqlar 
mavjud. Bularning hammasi joylarda va markazda byudjet jarayoniga alohida 
yondashishni talab qiladi.Unda yagona yaxlit bir byudjet mavjud emas, mahalliy 
organlar byudjeti ajratilgan. Davlat byudjeti milliy daromadning 50%iga yaqin 
qismini o‘z ichiga olgan xolda Buyuk Britaniya byudjet tizimining etakchi bo‘g‘ini 
hisoblanadi. 
Buyuk Britaniya davlat byudjetini iqtisodiy prognozlar va kelajakda soliqqa 
tortish bo‘yicha taxminiy o‘zgarishlarni ifodalovchi moliyaviy reja sifatida ko‘rish 
mumkin. 
U ikki qismdan iborat: 

Konsolidatsiyalashgan Fond; 

Milliy Zayomlar Fondi; 
Davlat byudjeti resurslarining asosiy qismi joriy kirim qilingan mablag‘lar va 
ularning chiqib ketishi hisobini o‘zida aks ettiruvchi Konsolidatsiyalashgan Fond 
orqali shakllantiriladi. Milliy Zayomlar Fondi esa kapital saqlovchi byudjetdir. 
Konsolidatsiyalashgan Fond daromadlarining xarajatlardan oshgan qismi 
Milliy 
Zayomlar 
Fondining 
daromadlar 
qismiga 
kiritiladi. 
Agar 
Konsolidatsiyalashgan Fondda defisit bo‘lsa, u Milliy Zayomlar Fondidan olinadigan 
ssudalar evaziga defisitni qoplaydi va mana shuncha summaga davlatning ichki qarzi 
oshadi. 
Konsolidatsiyalashgan fond – moliya vazirligining Angliya bankidagi alohida 
schyotidir. Bu schyotdan mablag‘lar faqatgina Parlamentdagi va Jamoat Palatasidagi 
alohida qarzdorlikni nazorat qiluvchi shaxslar – Nazoratchi va Bosh auditor yoki 
Bosh nazoratchi va revizorning ruxsati bilan ajratiladi. Parlamentning ruxsatisiz 
olingan har qanday mablag‘lar noqonuniy hisoblanadi va ular joyiga qo‘yilishi shart.
Konsolidatsiyalashgan Fondning asosiy daromadlari soliqlardan bo‘lib, u jami 
daromadning 95%ini tashkil qiladi. Uning xarajatlari esa 2 guruhga bo‘linadi: 

Parlament tomonidan har yili tasdiqlanadigan xarajatlar; 

Parlamentga bog‘liq bo‘lmagan xolda fondning taklifiga ko‘ra alohida 
xizmatlar uchun xarajatlar; 
Tasdiqlangan xarajatlarga : mudofaa, sanoat, qishloq xo‘jaligi boshqaruv apparatini 
saqlash, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, hukumat mahalliy organlariga subsidiyalar, 
rivojlanayotgan tarmoqlarga yordam berish va boshqa xarajatlar. 
Doimiy xarajatlar fondi orqali davlat qarzlari bo‘yicha foizli to‘lovlar to‘lanadi, 
madaniy xarajatlar va Evropa Ittifoqi fondlariga ajratmalar kabi xarajatlar amalga 
oshiriladi. Xarajatlar summasi chegaralangan o‘sish tendentsiyasiga ega. Soliqli 
kirimlarning doimiy o‘sishi mumkin bo‘lmagan bir sharoitda xarajatlarning o‘sishi 
hukumatni zayomlar chiqarishga majbur qiladi. 
Tuzilishi bo‘yicha zayomlar davlat ichida muomalada bo‘luvchi hukumat 
qimmatli qog‘ozlari hamda tashqi qarzlarni to‘lashda muomalada bo‘ladigan 
G‘aznachilik obligatsiyalari va veksellariga bo‘linadi. Zayomli mablag‘larning asosiy 
qismi hukumat qimmatli qog‘ozlariga to‘g‘ri keladi. 
Milliy Zayomlar Fondining daromadlar qismi davlat korxonalari va mahalliy 
organlaridan olingan, ularni kengaytirish uchun G‘aznachilik tomonidan berilgan 


328 
uzoq muddatli kreditlarning foizli to‘lovlari, Angliya bankining emissiya 
departamentining foydasi va Konsolidatsiyalashgan Fonddan olinadigan mablag‘lar 
asosida shakllantiriladi.
Milliy Zayomlar Fondining xarajatlari davlat qarzlari foizli to‘lovlari va ularni 
boshqarish hamda davlat kapitali kiritilgan davlat korporatsiyalari va mahalliy 
hukumat organlariga uzoq muddatli kreditlar berishdan iborat. 
Yuqorida takidlanganidek, Buyuk Britaniya davlat byudjeti xarajatlari va 
daromadlarini taasdiqlovchi yagona qonun ko‘rinishigagi byudjet mavjud emas. Har 
yili byudjet masalalarini tartibga soluvchi 2ta moliyaviy qonun ishlab chiqiladi. 
―Moliyalashtirish to‘g‘risida‖gi qonun bo‘lib, uning predmeti davlat xarajatlari 
hisoblanadi. 
― Moliya to‘g‘risida‖gi qonun davlat daromadlari va ularning manbalarini o‘zida aks 
ettiradi. 
1 apreldan boshlanadigan va 31 martda tugaydigan (1854 yildan boshlab) 
moliya yili davomida davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni 
doimiy nazorat qilish maqsadida ―Konsolidatsiyalashgan Fond to‘g‘risida‖gi 
qonunda davriy qo‘shimchalar kiritilib turiladi. Davlat daromadlari davlat 
korporatsiyalari faoliyatidan olinadigan daromadlar, zayomlar chiqarish orqali 
mablag‘ jalb qilish va soliqlar orqali shakllantiriladi. Shulardan jami daromadning 
90%ini soliqli daromadlar tashkil qiladi.
Buyuk Britaniya hukumati Parlamentning ruxsatisiz yangi soliqlar joriy qilish, 
davlat mablag‘lari xarajatlarini amalga oshirishga haqli emas. Davlat byudjetining 
loyihasi G‘aznachilik tomonidan tuziladi. Har yili 1-oktabrda loyihani tuzish uchun 
deportamentlar tomonidan ichki daromadlar, ya‘ni bojxona yig‘imlari, aktsizlardan 
keladigan daromadlar smetasini, vazirliklar va mahkamalar esa xarajatlari smetasini 
taqdim qiladilar. Barcha xarajatlar va daromadlar davlat byudjetida belgilangan 
tartibda klassifikatsiyalanadi.
Xarajatlar smetasi G‘aznachilik va Vazirlar mahkamasi tomonidan ko‘rib 
chiqiladi. Amaliyotda byudjetning xarajatlar qismi va soliqqa tortishda Qirolichaning 
o‘rni muhim hisoblanadi. Qirolicha boshqaruv funktsiyasini hukumat nomidan 
amalga oshiradi. Moliyaviy ehtiyojlar tug‘ulganda hukumat g‘azna daromadlari 
uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar manbalarini izlab topish va ularni G‘aznaga qabul 
qilish vazifasi yuklatilgan Jamoat Palatasiga murojaat qiladi. 
Hukumat mablag‘larning ishlatilishi haqida bayonot bermaydi, Jamoat 
Palatasining ham Hukumatning byudjet taqdimotini ko‘rib chiqishga haqqi yo‘q. 
Byudjet taqdimoti har yili moliyaviy muammolar bo‘yicha tavsiyalar beruvchi va 
byudjet bo‘yicha nutq so‘zlovchi G‘azna tomonidan Jamoat Palatasigataqdim 
qilinadi. G‘azna Kantsleri G‘aznachilik xayati tarkibiga kiradi. Hayat bir qancha 
lordlardan tashkil topgan: G‘aznachilik birinchi lordi, ya‘ni Premer-Minitser, 
Kantsler, Moliya vaziri va bir qancha g‘aznachilik kichik lordlari. 
G‘aznachilik Kantsleri bir vaqtning o‘zida Jamoat Palatasining ham a‘zosi 
hisoblanadi va moliyaviy xarahterdagi majburiyatlarni ado etuvchi yagona 
mansabdor shaxs hisoblanadi. Byudjet taqdimoti ya‘ni vazirlik va markaziy 
idoralarning smetalarini Buyuk Britaniya hukumati nomidan qabul qiladi.


329 
Davlat xarajatlari va daromadlarini muvofiqlashtirish uchun choralar ko‘rish 
maqsadida G‘aznachilikda ma‘lum bo‘limlar tashkil etilgan. Ularning funktsiyalari 
soliqqa tortish va boshqa daromad manbalarini tartibga solish, ―Oq kitob‖ deb 
nomlanuvchi davlat xarajatlari rejasini tuzish hamda davlat xarajatlarini 15 yillik davr 
uchun prognoz qilish kabilardan iborat. G‘azna Kantsleri Jamoat Palatasiga o‘tgan yil 
uchun informatsiyalar beradi. Shuningdek, yangi moliyaviy yil uchun zarur bo‘lgan 
daromadlar va xarajatlarning taxminiy bahosini, yangi o‘rnatiladigan soliqlarni 
ko‘tarish, tushurish yoki shu xolicha saqlash to‘g‘risida ham Jamoat Palatasiga 
tavsiyalar beradi. Byudjet loyihasini tuzishda davlat xarajatlarini belgilash bo‘yicha 
Vazirliklararo qo‘mita hamda byudjet loyihasini tuzish uchun berilgan tavsiyalarni 
qayta ishlovchi Vazirliklar qo‘mitasi ham ishtirok etadi.
Buyuk Britaniya davlat byudjetini qabul qilishda asosiy jarayonlardan biri bu 
―Moliyalashtirish to‘g‘risida‖gi va ―Moliyalash to‘g‘risida‖gi qonunlarning 
Parlament tomonidan alohida muhokamaga qo‘yilishi va qabul qilinishidir. Byudjet 
loyihasi Jamoat Palatasining barcha Qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Qirolichaning nutqidan so‘ng Jamoat Palatasining navbatdagi sessiyasida 
byudjetning xarajatlar qismini tasdiqlash uchun muhokamaga qo‘yiladi. 
Byudjetning xarajatlar qismi loyihasiga quyidagilar kiradi: 

Joriy yilga kiritlgan va keying moliya yiliga ham kiritiladigan asosiy smetali 
taqdimotlar; 

Bo‘nak sifatida amalga oshiriladigan xarajatlar; 

Joriy moliya yiliga qo‘shimcha xarajatlar smetasi; 

Me‘yordan oshib ketgan xarajatlar smetasi; 

Byudjetning xarajatlar qismini ko‘rib chiqish uchun 5-avgustgacha 25 sessiya 
kuni ajratiladi.
Byudjetning xarajatlar qismi moddalar bo‘yicha muhokama qilinadi va har bir 
modda uchun alohida qaror qabul qilinadi. Davlat xarajatlarining umumiy smetasi bir 
necha davrlarda belgilanadi. Dastlab, yangi moliya yiligacha yoki ―Moliyalash 
to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilinguncha bo‘lgan zaruriy xarajatlar smetasiga 
mablag‘lar ajratiladi. Bu mablag‘ iyul oyining oxirida tasdiqlanadigan asosiy 
ajratmalardan bo‘nak sifatida qaraladigan xarajatlar smetasining bir qismini 
ma‘qullash natijasida ajrariladi.
Bundan tashqari 3ta alohida sanalar nazarda tutiladi: Birinchidan, joriy yil 
uchun 10-fevraldan kechikmay qo‘shimcha ―qishki‖ xarajatlar smetasi taqdim etilishi 
shart. Ikkinchidan, 18-martgacha Mudofaa Vazirligining alohida xarajatlar smetasi, 
―bahorgi‖ qo‘shimcha xarajatlar smetasi va belgilangan me‘yordan oshib ketgan 
xarajatlar smetasi belgilanishi shart. Uchunchidan, Harbiy va fuqorolik 
mahkamalarining muhim bo‘lgan xarajatlari moddasini muhokama qilish uchun biror 
kun belgilanadi. 
Jamoat Palatasining ruxsatisiz hech bir xarajatlar kreteriyasi ―Moliyalashtirish 
to‘g‘risida‖gi qonun loyihasiga kiritilmaydi. Shu bilan birga, Jamoat Palatasi 
moliyalashtirish maqsadini o‘zgartirishga va xarajatlar smetasini oshirishga haqqi 
yo‘q. U faqatgina joriy moliyalashtirishni mutlaqo bekor qilishi, talab qilinayotgan 
summani kamaytirishi mumkin. Jamoat Palatasining qarorida talab qilinayotgan 


330 
mablag‘lar summasi, uni etkazish vaqti va moliyalashtirish yo‘nalishi ko‘rsatilishi 
kerak. Byudjetning xarajatlar qismi bo‘yicha qaror Jamoat Palatasi tomonidan 
maqullangach, u har yili qabul qilinadigan ―Moliyalashtirish to‘g;risida‖gi qonunga 
kiritiladi va belgilangan xarajatlar Konsolidatsiyalashgan Fond mablag‘lari evaziga 
amalga oshiriladi. 
Qirolichaning nutqidan so‘ng, biror belgilangan vaqtda byudjetning daromadlar 
qismi Jamoat Palatasida muhokaaga qo‘yiladi. Allaqachon maqullangan xarajatlarni 
qoplash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini tasdiqlash uchun Jamoat Palatasi 
Mablag‘lar va ularning yo‘nalishi bo‘yicha qo‘mita sifatida majlis o‘tkazadi. Bu 
Qo‘mitaning asosiy funktsiyasi soliqqa tortish masalalarini ko‘rib chiqish va ular 
bo‘yicha ovozga qo‘yishdan iborat.
Qo‘mita qarorlari quyidagi vaziyatlarda zarur: 

Yangi soliqlarni o‘rnatish; 

Amal qilayotgan soliqlarning muddatini cho‘zish; 

Soliq tsavkasini oshirish; 

Soliq to‘lovchilar safini kengaytirish; 

Soliq imtiyozlarini o‘rnatish; 

Davlat zayomlarini chiqarish. 
Joylarda mahalliy byudjetlarni tayyorlash muddatlari har xil bo‘lishi mumkin. Bu 
Komessiyalar sini va tuzulishiga, ularning yig‘ilish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. 
Moddalar bo‘yicha mahalliy byudjet 2 metoddan iborat bo‘lishi mumkin: 
―Moliyaviy xizmat‖ ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlar asosida to‘liq rejani 
tayyorlash; 
― Boshqa xizmatlar‖ o‘zlari rejalar tuzib chiqadi, ―Moliyaviy xizmat‖ esa yakuniy 
natijalarning umumiy summasini hisoblab chiqadi; 
Mahalliy byudjet daromadlari: Buyuk Britaniya mahalliy byudjetlarining 
daromadlari mahalliy soliqlar, soliqsiz daromadlar, Buyuk Britaniya hukumatining , 
zayomlar va kreditlar hisobiga shakllanadi. Bir qancha mahalliy soliqlar mahalliy 
hokimiyatlarning faoliyatini amalga oshirishi va o‘z xarajatlarini moliyalashtirishda 
asosiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari davlat xo‘jalik jarayonlarini tartibga 
solishda mahalliy soliqlarning fiskal ahamiyati katta. Mahalliy hokimiyat organlari 
soliqlarni yig‘ib yig‘ilgan mablag‘larni ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani 
moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Shu yo‘l bilan ular mahalliy xo‘jalik va ijtimoiy 
tarmoq rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Tarixan shakllangan mahalliy soliq bu yagona 
soliq hisoblanadi.
Soliqlarni yig‘ish va ularni hisoblab chiqish bilan Okrug kengashi 
shug‘ullanadi. Soliq har doim belgilangan miqdorda, funt stserlingda ifodalanadi. 
Yig‘ilishi kerak bo‘lgan soliqlar miqdori, joriy yildagi xarajatlar, haqiqiy daromad, 
Buyuk Britaniya hukumatidan beriladigan subsidiyalar va boshqalarga bog‘liq 
bo‘ladi. Mahalliy soliqning stavkasi hamma hududda har xil bo‘ladi: shahar joylarda 
balandroq, qishloq joylarida esa pastroq. Bu soliqlar davlat korporatsiyalaridan ham 
olinadi.
Mahalliy boshqaruv organlarining boshqa daromadlari quyidagilardan iborat: 
mahalliy organlarga tegishli mulkni vaqtinchalik foydalanishga berish, masalan, 


331 
Kengashga tegishli turar joyni, umumiy ko‘ngil ochar joylarni, jihozlar parkini yoki 
dengiz qirg‘oqlarini foydalanishga berish, mahalliy organlarga tegishli bo‘lgan poezd
transportidan keladigan daromadlar. Mintaqa mulkidan foydalanganlik uchun renta 
daromadlarning juda muhim shakli bo‘lib, sezilarli miqdorda soliqqa qo‘shimcha 
sifatida to‘lanadi. Kengashga tegishli uylardan foydalanganlik uchun renta alohida 
hisobga olinadi. Aralash daromadlar guruhiga turli litsenziyalash uchun to‘lovlar, 
bundan tashqari jarimalar, masalan, kutubxona kitobini vaqtida qaytarmaganligi 
uchun (bu huquq 1964 yil ―Jamoat kutubxonalari va muzeylari to‘g‘risida‖gi 
qonunga asosan) jarima undiriladi. 
Davlat byudjetidan mahalliy byudjetga beriladigan subsidiyalar mahalliy 
daromadlarning muhim qismi bo‘lib, bu ularning davlat byudjetiga aloqador bug‘in 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Berish maqsadiga ko‘ra subsidiyalar 2 guruhga bo‘linadi: 
1.Umumiy subsidiyalar
2. Maxsus subsidiyalar 
Umumiy maqsadlar uchun aratilgan subsidiya dotatsiya deyiladi va mahalliy 
byudjet kamomadini qoplash hamda boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Umumiy 
subsidiya ya‘ni dotatsiya mahalliy hokimiyat uchun juda ma‘qul bo‘lib, bu ―eng 
yaxshi mablag‘ manbai‖dan foydalanishda mutloq erkinlikka ega bo‘ladi. 
Maxsus maqsadlar uchun ajratiladigan subsidiya subventsiya ham deyiladi va 
Buyuk Britaniya hukumati tomonidan maqullangan, aniq belgilangan xarajatlarni 
moliyalashtirish uchun ajratiladi. 
Bugungi kunga kelib dotatsiyalarning ko‘p qismi transport, temir yo‘l qurilishi, 
militsiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga ajratiladi. Atrof-muhit himoyasi bilan 
shug‘ullanuvchi davlat sektori Graflar kengashiga dotatsiyalarni jamoat transporti 
bilan bog‘liq ishlar uchun, jumladan, yo‘llarning xolatini yaxshilash, ko‘chirish 
ishlari, transport turar joylari bilan ta‘minlash, yo‘llarni asrash kabi xarajatlar uchun 
ajratiladi.
Ajaratiladigan dotatsiyalarning 50% Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi 
tomonidan politsiyani saqlash va mahalliy organlar boshqaruvi bilan bog‘liq 
xarajatlar uchun ajratiladi. Mahalliy soliqlarga qo‘shimcha ravishda joriy chiqimlarni 
moliyalashtirish uchun beriladigan dotatsiya 3 qismdan iborat bo‘ladi: Zaruriy, 
tenglashtirilgan va kompensatsiyalashgan. 
Zaruriy dotatsiya hududiy birlikning aholi soniga bog‘liq bolalar va studentlar 
soniga qarab ajratiladi. 
Tenglashtiruvchi dotatsiya mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy 
aloqalarini tartibga solish uchun ajratiladi. 
Kompensatsiyalashgan dotatsiya mahalliy soliqlarni mustaqil o‘rnatish 
huquqiga ega bo‘lgan barcha mahalliy hokimiyatlarga ajratiladi, bunda agar soliq 
birdaniga ko‘tarilib ketsa barcha og‘irlik ko‘chmas mulk egalariga tushadi, davlat 
dotatsiya orqali buning oldini oladi. 
Boshqa sohalarga dotatsiyalar quyidagi xarajatlar uchun ajratiladi: fuqarolar 
xavfsizligini taminlash, shaharlarni tiklash, tashlandiq erlarni qayta tiklash, 
o‘zlashtirish, qonun-qoidalarni ishlab chiqish xarajatlari uchun beriladi. 


332 
Zayomlar ham Buyuk Britaniya mahaliy byudjet daromadlarida muhim rol 
o‘ynaydi. Ular uzoq, o‘rta va qisqa muddatli bo‘ladi. Ularning ko‘p uchraydiga qismi 
uzoq muddatli hisoblanib, ular bo‘yicha foiz to‘lovlari, hukumat xarajatlarini 
moliyalashtirish maqsadida chiqariladigan zayomlarga nisbatan balandroq bo‘ladi. 
Pul bozorida ular hukumat zayomlari bilan bir vaqtda muomalada bo‘ladi. Lekin 
mahalliy organlar o‘zlarining qarz operatsiyalarida mustaqil emas. Masalan, Buyuk 
Britaniya mahalliy hokimiyat organi kapital qurilishni moliyalashtirish uchun zayom 
chiqarmoqchi, buning uchun Hududiy rivojlanish vazirligidan yoki Shotlandiya 
davlat sekretariyatidan, Katta London kengashi esa Parlamentdan ruxsat olishlari 
kerak. 
Mahalliy byudjetlar xarajatlari. Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiyotni 
rivojlantirishda byudjet mablag‘laridan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi. 
Asosan shu kabi daromad keltirmaydigan loyihalarni moliyalashtiradilar. Bu birinchi 
navbatda ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlardir.
Iqtisodiy infratuzilmaga quyidagi xarajatlar kiradi: bevosita ishlab chiqarishga 
xizmat qiluvchi energiya xo‘jaliklari, yo‘l qurulishi, transport, suv ta‘minoti, 
sanoatni tashkil qilshish uchun hududlarni tayyorlash, uy-joy qurulishi. Ijtimoiy 
sahaga esa: ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog‘liq sohalar, ta‘lim, sog‘liqni 
saqlash, ijtimoiy ta‘minot kabilar kiradi. 
Mablag‘lardan foydalanish xarakteriga ko‘ra moliyalashtirish xarajatlari 
manbalari ham joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.
Joriy xarajatlar mahalliy hokimiyatga tegishli bo‘lgan mulklardan foydalanish 
va ularning kundalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq chiqimlarni o‘z ichiga 
oladi. 
Byudjetdan kapital qo‘yilmalar turar joy qurilishi, axborot, aloqa va boshqa 
boshqa ob‘ektlarga xarajatlarni ko‘zda tutadi. Bunday yo‘nalishdagi xarajatlar 
dastavval ikkinchi jahon urushidan keyin xo‘jalikni qayta tiklash zarurati bilan 
bog‘liqdir. 
Byudjetdan kapital qo‘yilmalarning asosiy vazifasi xizmatlar uchungina 
erishish maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aktivlarni jalb qilish 
rejasini belgilash hamda investitsion aktivlarni boshqarish instrumentini asoslashdir. 
Davlat kapital qo‘yilmalari va joriy xarajatlari birgalikda xazmatlar ko‘rsatish 
chegarasidagi mahalliy darajadagi siyosatni belgilaydi.

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish