«Toshkent» Respublika fond birjasida 70 ga yaqin brokerlik idoralari ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ular R espublikaning Q oraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarida joylashgan. Birjada haftada besh kun soat 10.00 dan 13.00 gacha va 15.00 dan 15.30 gacha quyidagi sho’balar bo'yicha savdolar o'tkaziladi: listing, listing-oldi, listingdan tashqari va xususiylashtirilayotgan korxonalar, qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozori va erkin muomaladagi valutada (SKV) chet el sarmoyadorlariga sotiladigan savdo maydonchalari faoliyat ko'rsatadi. «Toshkent» Respublika fond birjasida savdolar a n ’anaviy «kim oshdi» texnologiyasi bo'yicha o'tkaziladi va bu eng m aqbul usul hisoblanadi. 2000-yildan boshlab birjada sifat jihatidan yangi elektron savdo tizimi tatbiq qilingan. «Toshkent» Respublika fond birjasida listing tartibi joriy etilgan. Unga asosan likvid va ishonchliroq, ya’ni moliyaviy tom ondan mustahkam aksiyadorlik jamiyatlari o'z aksiyalari bilan maxsus, obro'ga ega listing maydonchasida savdo qilish huquqiga ega bo'ladi. «Toshkent» Respublika fond birjasida zamonaviy yangi texnika va texnologiyalarni tatbiq etish dasturi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Internet tarmog'ida «www.uzse.com» adres bo‘yicha birja rasman o‘z saytini ishga tushirdi. Ushbu saytning qo'llanilishi bilan umumjahon kompyuter tarmog'i orqali birjada savdoga qo'yilgan aksiyalarni dunyodagi barcha bo'lajak sarm oyadorlarga taklif qilish imkoniyati vujudga keldi. Xorijiy sarmoyadorlar esa bu aksiyalar bilan haqqoniy muddat sharoitida tanishib «videolisting» uslubi orqali korxonalarni va ulardagi mavjud ishlab chiqarish jarayonini o'z ko'zi bilan ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldi. «Toshkent» Respublika fond birjasi qimmatli qog'ozlar bilan savdoni tashkil etish, uni olib borish uchun quyidagi huquqlarga ega: — investitsiya institutlarining birja a ’zoligiga kirishida ularga qo'yiladigan eng kam majburiy talablarni belgilash; — birja oldi-sotdilarida birja a ’zolari vakillarining malakasiga qo'yiladigan talablarni belgilash; — birja yig'ilishlarini chaqirish va uni o'tkazish; — ekspert, m alaka va baholash kom issiyalari, maslahat va m a’lum otnom a beruvchi sho’balar hamda ularning ishlashi uchun kerakli boshqa muassasalar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar muomalasini amalga oshirishdagi nizolarni liai qiladigan komissiyalarni ta ’sis etish; — birja o ‘z ustaviga muvofiq birja a’zolari to'laydigan kirish va joriy badallarni belgilab, undirib olish, bitimlarni ro‘yxatga olganlik, texnik xizmat ko‘rsatganlik uchun, doimiy va bir galgi mijozlardan birjadagi savdoda qatnashganlik uchun haq belgilash, undirib olish, shuningdek birja ustavini, birja yig‘ilishlari qoidalarini buzganlik, ro'yxatdan o'tkazish yig‘imini vaqtida to'lamaganlik uchun jarima va penyalar undirib olish; — birja bukletlari, m a ’lumotnomalari va to‘plamlarini chop etish; — nazorat qiluvchi organlarning qonunga xilof xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir. «Toshkent» Respublika fond birjasi qimmatli qog‘ozlarga doir birja amallari, qoidalarini nuistaqil ishlab chiqadi va birjaning yuqori boshqaruv organi tasdiqlaydi. Birja amallari qoidalarida quyidagi tartib-qoidalar nazarda tutilmog‘i lozim: — mazkur birjada qimmatli qog'ozlar savdosining tamoyillari; — birja savdosini malakali qatnashchilarining tarkibi hamda ularga qo'yiladigan talablarning majmui; — birja yig‘ilishlari o'tkaziladigan joyi va vaqti to ‘g‘risidagi axborot; — qimmatli qog'ozlarni birja savdosiga chiqarish tartibi; — birja bitimlarining tasnifi; — mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq)ning turlari; — qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish; — bitimlarni ro‘yxatdan o'tkazish va ularni rasmiylashtirish ta rtibi; — qimmatli qog'ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma, hisobot, buyurtma va xabarnomalar hamda birjaga oid boshqa hujjatlarning namunalarini chiqarish; «Toshkent» Respublika fond birjasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, u o‘z faoliyatini mablag‘ bilan o‘zi ta’minlaydi. Fond birjasi faoliyatining pul ta ’minoti quyidagi manbalardan iborat: — fond birjasining aksiyalari va paylarini sotish; — fond birjasidagi brokerlik o ‘rinlarini sotish; — fond birjasi a ’zolarining muntazam to‘lab boradigan a ’zolik badallari; — birja bitimlarini ro‘yxatdan o ‘tkazishda olinadigan yig‘imlar; — qimmatli qog'ozlar muomalasi vositachilik qilishda olinadigan komission haq; — birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan keladigan darom adlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga asosan fond birjasi faoliyati quyidagi holatlarda: — birja muassislari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan; — sud organlarining qarorlari asosida; — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda to'xtatiladi.