«Toshkent» Respublika fond birjasi o‘z qo‘li ostiga 250 nafar a ’zolarini, shu jumladan AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston davlatlarining vakillarini birlashtirdi, ularning deyarli to'rtdan bir qismini xususiy shaxslar tashkil etdi. Birja a’zoligiga kirish shartlari brokerlik joylarining sotib olinishini va muntazam a ’zolik badallarining to'lanishini nazarda tutdi. Hozirgi paytda «Toshkent» Respublika fond birjasi mamlakatimiz moliya tizimining tez rivojlanayotgan tuzilm alaridan biri b o ‘lib, sarmoya bozorining fond ulushi o‘zgarishlariga katta ta’sir ko'rsatdi. Shuni ta ’kidlash lozimki, «Toshkent» Respublika fond birjasining faol pozitsiyasi sababli qisqa muddatda rivojlangan qimmatli qog‘ozlar savdo tizimining tashkiliy-texnik, huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi. Hozirda birja O ‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o ‘z filiallariga ega. Yuqoridagi jadval m a’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizning barcha hududlarida «Toshkent» Respublika fond birjasining filiallari tashkil etilgan va ular o‘z faoliyatini olib bormoqda. Xalqaro amaliyotda xorijiy mamlakatlarning yirik birjalari faoliyatini integratsiya jarayonlari kuchayib bormoqda. Bunday jarayonlarda birja faoliyatini rivojlantirishda vagona xalqaro savdo tizimiga ulanish alohida ahamiyat kasb etmoqda. «Toshkent» Respublika fond birjasida ham jahon qimmatli qog'ozlar bozoriga integratsiya yo'nalishida faoliyat amalga oshirilmoqda. 1995-yilda xalqaro tashkilotning qarorgohi Istambul shahrida joylashgan Yevroosiyo federatsiyasiga (FEAS) qo‘shildi. 1999-yilning sentabr oyida Frankfurt fond birjasi bilan o ‘zaro ham korlik va m a ’lu m o tla r ayirboshlash yuzasidan sh a rtn o m a imzolandi. 2004 yilning 23 iyulida «Toshkent» Respublika fond birjasi va London fond birjasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda «Toshkent» Respublika fond birjasi va Quvayt fond birjasining quvayt avtomatlashtirilgan savdo tizimi (Kuwait Automated Trading System) departamenti bilan o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. An’anaviy fond birjasi bu uning malakali tashkilotchilari tomonidan savdoning maxsus tamoyillariga asoslangan va eng yaxshi qimmatli qog'ozlarning savdosini olib boradigan doimiy ulgurji bozordir. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra fond birjasi — qimmatli qog'ozlar bir maromda muomalada bo‘lishining zarur shart-sharoitini ta’minlash, ularning bozor bahosini (qimmatli qog'ozlarning talab va taklifli o ‘rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) belgilash va ularga doir m a’lumotlarni keragicha tarqatish, qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish faoliyatining alohida sohasi bo‘lgan tashkilotdir. Fond birjasi o ‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qonun-qoidalariga amal qiladi. Fond birjasi 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ro‘yxatdan o ‘tkaziladi va u qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar va foiz birjalari davlat komissiyasidan litsenziya oladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir biijada faoliyat yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yuritishga haqli emas. Qimmatli qog'ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomasi (litsenziya) bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining muassislari bo'Iishlari mumkin. Birjada brokerlik joyini sotib oigan yuridik shaxslar, shu jum ladan xorijlik yuridik shaxslar ham fond birjasining a ’zolari bo'lishi mumkin. Fond birjasi a ’zolarining miqdorini boshqaruv organlari tartibga solib turadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv, prokuratura va sud organlari, ularning mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a ’zolari bo'lishga haqli emaslar. Fond birjasining a ’zolari qimmatli qog'ozlar muomalasini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarga ega bo'lgan hamda investitsiya institut! maqomini oigan taqdirdagina qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan savdolarga qo'yiladi. Birjadan rasmiy brokerlik o'rnini sotib oigan va qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi maxsus malaka shahodatnomasini (attestatini) oigan jismoniy shaxs uni davlat hokimiyati mahalliy organlarida ro'yxatdan o'tkazganidan va bankda hisob-kitob raqamini ochganidan keyingina qim matli qog'ozlar bilan oldi-sotdiga qo'yilishi mumkin edi. O'zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrida qabul qilingan «tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonunga asosan jismoniy shaxslarning brokerlik faoliyati bilan shug'ullanishi taqiqlandi. Amaldagi qonunchilikka asosan qimmatli qog'ozlar bozorining malakali mutaxassislari qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka shahodatnomasiga ega bo'lishi shart. Malaka shahodatnomasining muomalada amal qilish muddati — uch yil qilib belgilangan.