Markaziy bankning banklararo to`lov tizimi orqali amalga oshirilgan
hisob-kitoblarda qo`llanilgan to`lov hujjatlari bo`yicha (2020 yil aprel oyi)7
Hujjat turi
(ta / ming so`m)
|
Milliy bank
|
O`zsanoatqurilishbank
|
Ipoteka-bank
|
Memorial order:
|
78 306
1 998 024 877
|
63 969
3 046 334 675
|
45 252
1 884 785 542
|
To`lov topshiriqnomasi:
|
165 011
5 810 352 190
|
117 921
3 419 046 474
|
215 657
3 197 475 617
|
To`lov talabnomasi:
|
1 380
6 039 945
|
1 234
16 281 108
|
415
1 917 254
|
Akkreditivga ariza:
|
-
-
|
-
-
|
14
5 577 795
|
Inkasso topshiriqnomasi:
|
54 755
58 332 987
|
24 959
47 258 645
|
34 303
27 195 603
|
Bank bo`yicha jami:
|
299 452
7 872 749 999
|
208 083
6 528 920 902
|
295 641
5 116 951 811
|
Taraqqiy etgan mamlakatlarda hujjatlashtirilgan akkreditivlar bo’yicha to’lov summasini deponent qilish usulidan deyarli foydalanilmaydi. Bunda asosan akkreditivlarning tasdiqlanmaydigan, chaqirib olinmaydigan va ta’minlanmagan shakllaridan foydalaniladi.
Tasdiqlanmaydigan akkreditivlar deganda tijorat banki tomonidan ochilgan akkreditivning uchinchi bank tomonidan tasdiqlanmasligi tushuniladi. Mamlakat ichidagi to’lovlarda akkreditivning uchinchi bank tomonidan tasdiqlanishi to’lov riski darajasini pasaytirish maqsadida qo’llaniladi. Odatda nisbatan katta summaga akkreditiv kichik bank tomonidan ochilgan bo’lsa yirik bank kichik bankning likvidliligiga shubha bilan qaraydi va ushbu akkreditivni uchinchi bir o’rta yoki katta bank tomonidan tasdiqlanishi talab qiladi.
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv deganda, uni ochgan bank tomonidan tomonlarning (benefitsiar, arizador, xabar qiluvchi bank) roziligisiz akkreditivni bekor qilish yoki shartlarini o’zgartirish mumkin bo’lmagan akkreditivga aytiladi.
3. Naqd pulsiz to’lovlar bilan naqd pullik to’lovlar o’rtasidagi nisbatning o’zgarishini doimiy ravishda tahlil qilish va nazorat qilish lozim.
Buning sababi shundaki, mazkur nisbat naqd pullik to’lovlarning foydasiga o’zgarsa, bu holat naqd pulsiz to’lov tizimining, shu jumladan, xorijiy valyutalardagi to’lovlarning holatini yomonlashayotganligidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etuvchi sub’ektlarning talablariga naqd pulsiz to’lov tizimining holati javob bera olmay qolganligidan dalolat beradi.
Bir qator xorijiy davlatlarda, shu jumladan, AQSh va Rossiyada, naqd pulsiz to’lovlar bilan naqd pullik to’lovlar o’rtasidagi nisbatning o’zgarishini baholash uchun pul massasining tarkibi tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida naqd pul (M0) va naqdsiz pul massasi o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi baholanadi. Masalan, AQShda hozirgi davrda naqd pullarning jami pul massasiga nisbati 4,0-4,5 foizni tashkil etadi. Rossiyada esa, bu ko’rsatkich 10,5-11,0 foizni tashkil etadi. Demak, rivojlanayotgan davlatlarda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi naqd pullarning jami pul massasidagi salmog’ini sezilarli darajada yuqori bo’lishiga olib keladi. Respublikamizda mazkur ko’rsatkich 18-20 foizni tashkil etadi.
Bizning fikrimizcha, naqd pullarning jami pul massasidagi salmog’ining 10 foizdan oshmaydigan barqaror darajasini ta’minlash naqd pulsiz hisob-kitob texnologiyalaridan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda samarali foydalanish uchun muhim iqtisodiy zamin yaratadi.
4. To’lov topshiriqnomalari vositasidagi hisob-kitoblarda tijorat banklarining etkazib beriladigan tovarlarning sifati va o’z vaqtida etkazib berilishi ustidan beriladigan kafolatlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish lozim.
Buning natijasida sifatsiz tovarlar etkazib berish va tovarlarni o’z vaqtida etkazib bermaslik holatlari keskin kamayadi, to’lov topshiriqnomalari orqali amalga oshiriladigan to’lovlarning hajmi oshadi.
5. Tijorat banklari aktivlarining tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar salmog’ini oshirish yo’li bilan ularning likvidlilik darajasini oshirish lozim.
O’zbekiston Respublikasi yirik tijorat banklarining likvidli aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar salmog’ining kichik ekanligi va banklarning brutto depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlar salmog’ining yuqori ekanligi natijasida joriy likvidlilik koeffitsientining 30 foizli me’yoriy darajasining bajarilishi daromad keltirmaydigan kassali aktivlarning yirik miqdorda to’planib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Shuni alohida qayd etish joizki, respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish imkoniyati cheklangan. Buning asosoiy sabablaridan biri O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar emissiya hajmining kichikligidir.O’z navbatida, O’zbekiston Davlat byudjetining profitsit bilan bajarilayotganligi hukumat qimmatli qog’ozlarining emissiya hajmini oshirish zaruriyatini yuzaga keltirmaydi. 2014 yilning1 yanvar holatiga, respublikamiz tijorat banklarining hukumat qimmatli qog’ozlariga qilingani nvestitsiyalarining miqdori aktivlarga nisbatan kichik miqdorni tashkil etib, uning brutto aktivlar hajmidagi salmog’i ko’rsatkichi TIF Milliy bank 0,05 foizni, Sanoatqurilishbankida -0,7 %, Asakabankda-0,8 foizni tashkil qildi.
6. Naqd pulsiz to’lovlarning maqsadli ketma-ketligidan bosqichma-bosqich kalendar ketma-ketligiga o’tish lozim.
Ushbu tadbirning amaliyotga joriy qilinishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirishga kuchli turtki beradi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaysi turdagi qarzdorligi oldin paydo bo’gan bo’lsa, ana shu qarzdorlik birinchi bo’lib to’lanadi. Buning natijasida quyidagi ijobiy natijalarga erishiladi:
– to’lovlarni amalga oshirish jarayonida davlat va xususiy sektor manfaatlarining uyg’unligi ta’minlanadi;
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimiga nisbatan maqsadli ketma-ketlikning qo’llanilishi oqibatida yuzaga kelgan salbiy ta’sirga barham beriladi;
– cheklar, hujjatlashtirilgan akkreditivlarni tijorat banklari kreditlari hisobidan to’lash hajmi oshadi;
– naqd pulsiz to’lovlarning uzluksizligini ta’minlash darajasi oshadi.
XULOSA
Kurs ishini bajarish natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Taraqqiy etgan mamlakatlarning xo’jalik amaliyotida qo’llanilayotgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllari to’lov shartlariga muvofiq tasniflanmoqda. Quyidagi uch to’lov shartidan kamida bittasi mavjud bo’lgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllari sof to’lovlar hisoblanadi va ularga naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan to’lov topshiriqnomasi va cheklar kiradi.
– tovarlar summasini to’liq yoki qisman oldindan to’lash;
– tovarni qabul qilib olgandan so’ng to’lovni amalga oshirish;
– ochiq schyotlar bo’yicha hisoblashish.
Quyidagi to’lov shartlari hujjatli to’lovlarga xos bo’lgan to’lov shartlari hisoblanadi:
– hujjatlar to’lovga qarshi;
– hujjatlar aktseptga qarshi.
Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishning maqsadli ketma-ketligining qo’llanilayotganligi hisoblanadi.
2. Ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarga xos bo’lgan asosiy kamchiliklar, fikrimizcha, quyidagilardan iborat:
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlar pul mablag’larining ma’lum qismi ularning xo’jalik aylanmasidan chiqib qoladi, deponentlangan pul mablag’laridan sotib oluvchi o’zining xo’jalik faoliyatida foydalana olmaydi, tijorat banki esa deponentlangan mablag’ga foiz hisoblamaydi;
– ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda to’lovni amalga oshirish davri cho’zilib ketadi, hujjatlar nisbatan uzoq aylanadi. Natijada tovarlarni sotish jarayoni ham cho’zilib ketadi;
– ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda deponent qilingan pul mablag’larining real qiymatini pasayish havfi saqlanib qoladi. Mazkur havf inflyatsiya va vayutalarning almashuv kurslarini o’zgarishi bilan bog’liq. Inflyatsiyaning kuchayishi natijasida milliy valyutada deponent qilingan mablag’larning real qiymati pasayadi, valyuta riski ta’sirida esa, milliy va xorijiy valyutalarda deponent qilingan mablag’larning real qiymati pasayishi mumkin.
3. Respublikamiz amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining sof inkasso, hisob-kitob cheklari, banklarning orderli cheklari kabi mustaqil shakllari mavjud emas.
4. Hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblar umumiy hajmidagi salmog’i 2008-2014 yillarda juda past darajada qolgan. Akkreditivlarda to’lovning kafolatlanganligini hisobga oladigan bo’lsak, mazkur holat salbiy baholanadi. Chunki hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi hisob-kitoblar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmining qisqarishiga sabab bo’ladi, hisob-kitoblarning mazkur shaklida tovarlarning sifatini nazorat qilish imkoniyati mavjud bo’ladi.
5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyoning ko’plab mamlakatlarida tijorat banklarining likvidlilik darajasining pasayishiga, ayrim banklarning bankrot bo’lishiga olib keldi. Bu esa, o’z navbatida, naqd pulsiz hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Bitiruv malakaviy ishiniyozish jarayonida O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan quyidagi muammolar aniqlandi:
– mamlakatimiz bank amaliyotida korxonalar o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo’llaniladigan hisob-kitob cheklarining mavjud emasligi bu boradagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi;
– naqd pulsiz hisob-kitob shakllari orqali amalga oshirilgan to’lovlarning asosiy qismini to’lov topshiriqnomasi orqali o’tkazilgan to’lovlarning hissasiga to’g’ri kelayotganligi naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotining takomillashmaganligidan dalolat beradi;
– to’lov talabnomasidan foydalanish borasidagi dolzarb muammolardan biri to’lovni solishtirish dalolatnomasi asosida o’z vaqtida undirish muammosi hisoblanadi, ya’ni ayrim fermer xo’jaliklari xususiy firmalar bilan tovarlarni oldi-sotdi qilganda ushbu firmalarning ko’pchiligini yopilib ketganligi qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda;
– mamlakatimiz amaliyotida to’lovlarni amalga oshirishning maqsadli ketma-ketligining qo’llanilayotganligi;
Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:
1. Naqd pulsiz to’lovlarning maqsadli ketma-ketligidan bosqichma-bosqich kalendar ketma-ketligiga o’tish lozim.
2. Mamlakatimiz bank amaliyotida korxonalar o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo’llaniladigan hisob-kitob cheklarini joriy qilish lozim.
3. Chekka tumanlarda aholining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi etarli darajada emasligi bois,plastik kartochkalar vositasidagi to’lovlarning hajmini imkon qadar oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |