O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirish tartibi



Download 76,92 Kb.
bet5/7
Sana24.06.2022
Hajmi76,92 Kb.
#698103
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nurbekdocx

3.Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirish tartibi
Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan samarali foydalanish amaliyoti uni takomillashtirish imkonini beradi. Buning uchun, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz:
1. Banklarning orderli cheklarini amaliyotga joriy qilish lozim.
Xalqaro bank amaliyotida, xususan, Germaniya bank amaliyotida banklarning orderli cheklaridan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda keng foydalanilmoqda.
Banklarning orderli cheklari quyidagi afzalliklarga ega:
1. Banklarning orderli cheklarini indossament orqali uchinchi shaxslarga uzatish mumkin. Bu esa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlikni qisqartirishga xizmat qiladi.
2. Banklarning orderli cheklari tovarlarning sotilishini tezlashtiradi. Hujjatlashtirilgan akkreditivlardan farqli o’laroq, orderli cheklarda tovarni jo’natish to’lov summasini deponentlash yoki to’lov yuzasidan sotib oluvchi bankining kafolatini olish jarayoniga bog’liq emas.
3. Taraqqiy etgan mamlakatlarda orderli cheklarning asosiy qismi tijorat banklarining overdraft yoki muddatli kreditlari hisobidan to’lanadi. Buning natijasida orderli cheklar bo’yicha to’lovsizlik muammosining yuzaga kelishiga yo’l qo’yilmaydi.
Tijorat banklari orderli cheklarni o’zlarining muddatli kreditlari hisobidan to’lab berishni yo’lga qo’yishlari lozim. Buning uchun esa, birinchi navbatda, tovarlarni sotib oluvchilarning kredit to’loviga layoqatliligi sinchiklab o’rgalishi lozim. Respublikamiz tijorat banklari mijozlari orasidan to’lov qobiliyati barqaror bo’lgan mijozlarni tanlab olib, ularga orderli cheklarni kreditlar hisobidan to’lab berish bo’yicha moliyaviy xizmatlar ko’rsatishi lozim.
Ammo mening fikrimcha, banklarning orderli cheklarini overdraft kreditlari hisobidan to’lanishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Buning sababi shundaki, mamlakatda to’lovlarning maqsadli ketma-ketligi qo’llanilayotgan sharoitda overdraft kreditlarining qaytmaslik ehtimoli yuqori bo’ladi. Shu sababli, overdraft kreditlarining berilishi tijorat banklarining faoliyatida kredit riski muammosini yuzaga keltirishi mumkin.
2. Barqaror pul oqimiga ega bo’lgan mijozlar uchun ta’minlanmagan hujjatlashtirilgan akkreditivlar operatsiyalari hajmini oshirish lozim.
Fikrimizcha, tijorat banklari mijozlarning to’lov qobiliyati bo’lganlarini alohida ajratib olib, ularga ta’minlanmagan hujjatlashtirilgan akkreditiv bo’yicha moliyaviy xizmat turini ko’rsatishlari lozim. Bunda to’lov riski to’liq akkreditiv bankning, ya’ni sotib oluvchining banki zimmasiga tushadi. Tovarlar bilan bog’liq hujjatlar kelib tushganda sotib oluvchining joriy hisobraqamida pul mablag’lari bo’lmasa, u holda, akkreditiv summasi tijorat bankining muddatli kreditlari hisobidan to’lab berilishi lozim. Buning natijasida, birinchidan, korxonalarga tegishli pul mablag’larining ma’lum qismini ularning xo’jalik oborotidan chiqib qolishining oldi olinadi; ikkinchidan, tijorat banklarining ushbu xizmat turidan oladigan daromadlari miqdori ko’payadi.
Lekin shu o’rinda, qayd etish joizki, akkreditivlar bo’yicha to’lov summasi banklarning overdraft kreditlari hisobidan to’lanmasligi lozim. To’lovlarning maqsadli ketma-ketligi qo’llanilayotgan sharoitda overdraft krediti berish kredit riski darajasining oshishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolardan yana biri – bu tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ochilayotgan hujjatlashtirilgan akkreditivlarning 90 foizdan ortiq qismini ta’minlangan akkreditivlardan iborat ekanligidir6. Respublikamiz hududida banklararo to`lovlar bo`yicha ma`lumotlar quyide keltirilgan:

Download 76,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish