15.3. Globallashuv
va
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga
integratsiyalashuvining bog’liqligi.
Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integratsiya jarayonlaridan
ma’lum qadar farq qiladi. Eng avvalo, bu juda ko’p mamlakatlarning
savdo, moliya, investitsiya va axborotlar uchun o’z chegaralarini ochishida
223
ko’rinadi. Nafaqat rivojlangan mamlakatlar, balki rivojlanayotgan
mamlakatlar ham o’z iqtisodiyotlarida umumjahon tamoyillariga muvofiq
ravish-da islohotlar o’tkazmoqdalar.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchilar bilan
iste’molchilar o’rtasida jismoniy munosabatlar zaruriyatini kamaytirdi va
avval xalqaro bozorlarda sotishning iloji bo’lmagan ba’zi xizmatlarni
savdo ob’ektiga aylantirishga imkon berdi. Bunda tovar va xizmatlar
aylanmasi bo’yicha xarajatlar ancha qisqardi.
Zamonaviy dunyoda mamlakatlarning tutgan o’rni, bugungi kunda, eng
avvalo inson kapitalining sifati, ta’lim holati va ishlab chiqarishda fan va
texnikadan foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Ishchi kuchi va xom
ashyo resurslarining serobligi xozigi kunda raqobat afzalligi sifatida
ko’rilmaydi, chunki mahsulot tannarxining yaratilishida bu omillarning
ulushi kamayib bormovda.
Investitsiya jarayonlari va hodisalarining o’sib borayotgan o’zaro
bog’liqligi sifatida e’tirof etiladigan globallashuv natijasida, nafaqat
o’zaro, balki davlat bilan teng asoslarda birgalikda xarakat qiluvchi jaxon
kapitali, xalqaro korporatsiyalar, xalqaro investitsiya institutlari,
transmilliy boshqaruv tuzilmalari bosimi ostida sekinasta milliy davlat
suvereniteti yemirilib boradi. Globallashuvning bu jihati Mazkur
jarayonning hozirgi zamon bosqichi uchun ayniqsa xos.
Nafaqat rivojlanish darajasi, balki jahon xo’jaligi va xalqaro mehnat
taqsimotiga (XMT) jalb etilganlik darajasi bo’yicha xam turlicha bo’lgan
tizimlarning o’zaro ta’siri jahon xo’jaligining eng muhim muammosi
xisoblanadi. Hozirgi zamon jaxon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati -
integratsiya, buning ustiga umumiy, ya’ni kapital, ishlab chiqa-rish,
mehnat integratsiyasi.
So’nggi yillarda integratsiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab
oldi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:
- ishlab chiqarish kuchlarining baynalmilallashuvi;
- xalqaro mehnat taqsimotining baynalmilallashuvi;
- moddiylashgan tovarlar bo’yicha an’anaviy xalqaro savdo
xususiyatining sifat o’zgarishi va ko’lamining kengayishi;
- turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va
224
o’zaro bog’liqligini ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish
resurslarining xalqaro miqyosda ko’chib yurishi;
- xizmat kursatish sohasining rivojlanishi;
- ilmiy-texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;
- ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi;
- zamon talablaridagi global muammolar (tabiatni muxofaza qilish,
Dunyo okeani, kosmosni o’zlashtirish, rivojlanayotgan mamlakatlarning
och axolisiga yordam kursatish va boshqalar)ni hal etishga yo’naltirilgan
xalqaro hamkorlik.
Integratsiya iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha yaqin bo’lgan
milliy xo’jaliklarning barqaror iqtisodiy munosabatlari va mehnat
taqsimoti
rivojlanishining
ob’ektiv jarayonidir. Tashqi iqtisodiy
ayirboshlash va ishlab chiqarish sohasini qamrab olgan xolda, u milliy
xo’jaliklarning zich chatishib ketishi, mintaqaviy xo’jalik majmualarining
yaratilishiga olib keladi
54
.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) - alohida milliy xo’jaliklar
o’rtasidagi barqaror o’zaro munosabatlarning chuqur rivojlanishi va
mehnat taqsi-motiga asoslangan ravishda mamlakatlarning iqtisodiy va
siyosiy birlashishi, ular iqtisodiyotining turli darajada va turli sohalarda
birgalikda faoliyat kursatish jarayonidir..
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy yo’nalish mavjud:
1. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi,
savdoni
erkinlashtirish,
zamonaviy
kommunikatsiya
va
axborot
tizimlarining, jahon texnik standart va me’yorlarining yaratilishi natija-
sida jahon xo’jaligining yaxlitlashuvi, globallashuvining kuchayishi.
2.
Mintaqaviy
darajada
mamlakatlarning
o’zaro iqtisodiy
yaqinlashuvi va faoliyati, jahon xo’jaligining nisbatan mustaqil
markazlarini yaratish yo’nalishida rivojlanayotgan yirik mintaqaviy
integratsiya tuzilmalarining shakllanishi.
Jaxon xo’jalik tizimi doirasida integratsiya, savdoni yanada
erkinlashtirish yo’lidagi qadam yoki, aksincha, savdo oqimlari yo’lidagi
cheklashlardan iborat bo’lib qolmayotganligi nuqtai nazaridan baxolanishi
54
Rubin Yu.B. Konkurentsiya: Uporyadochennoe vzaimodeystvie v professionalnom biznese. – M.: Market DS, 2010.
– 464 s
225
kerak. Zamonaviy jahon xo’jaligi juda xilma-xil. Uning tarkibiga o’zining
ijtimoiy tuzilmasi, siyosiy tarkibi, ishlab chiqarish kuchlari va
munosabatlarining
rivojlanganlik
darajasi,
shuningdek,
iqtisodiy
munosabatlarning ko’lamlari va usullari, shuningdek, xususiyatlari bilan
farq qiluvchi davlatlar kiradi.
Shunga bog’liq ravishda, global jarayonlar bilan birga ko’zatiladigan
barqaror rivojlanish iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning mamlakat
ichida,
davlatlararo
va
xalqaro
darajalardagi
yangi
qirralarini
shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi. Shu sababli, bozor islohotlarini
yanada chuqurlashtirish sharoitlarida raqobatbardoshlik va iqtisodiyotni ri-
vojlantirishning barqarorligi masalalari milliy xo’jalik yuritish nazariyasi
va amaliyotida eng muhim o’rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |