O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Maqsadli bozor talablarini qondirish imkoniyatlari



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

 
12.2. Maqsadli bozor talablarini qondirish imkoniyatlari 
        Narxlar  tobora  arzonlashib  boradi.  Yetuklik  bosqichi  tovar  oborotini 
maksimallashtirish,  bozorni  kengayishini  davom  etishi  va  absolyut  usishi 
bilan  tavsiflanadi.  Ishlab  chiqarishr  va  tovar  taksimlash  tizimida  tayyor 
maxsulot  zaxiralari  oshib  boradi.  Bozorda  intensiv  raqobat  xukm  suradi. 
Yangi  modifikatsiyali  tovarlarni  kiritish  ularni  assortiment  guruxini 
kengaytirish xamda xaridorlarga yangi xizmat kursatish uslublarini kiritish 
intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Maxsulotni  yetuklik  bosqichida  marketingni  asosiy  strategiyalari 
bozorni  modifikatsiyalash,  tovarni  modifikatsiyalash  va  marketing-miksni 
modifikatsiyalash  bo’lib  xisoblanadi.  Tuyinish  davrida  bozor  va  narxlar 
barkarorlashadi. 
       Sifatsiz  va  raqobatga  bardosh  bermaydigan  maxsulotlar  bozordan 
sikib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. Tuyinish davrida 
firmaning  umumiy  maqsadi,  maxsulotni  barcha  turlari  bo’yicha  tulik 
sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi. 


176 
 
Inqiroz  davrida  maxsulotning  utishi  kiyinlashadi,  foyda  kamayadi, 
raqiblar  maydondan  ketadi.  Bu  bosqich  davomida  firmaning  maqsadi 
“maxsulot  tayerlashni  davom  ettirishdan  iborat”  bo’ladi,  maxsulotni 
bozorga  yetkazib  berishni  tuxtatish  xakida  kat’iy  karorga  kelgunga  kadar 
undan  olish  mumkin  bo’lgan  jami  foydani  sikib  olish  uchun  shunday 
qilinadi.  Tovarni  yashash  davri  kontseptsiyasi  maxsulot  assortimentini 
rejalashtirishda katta axamiyatga egadir.  
        Raqobatning  asosiy  quroli  bo’lib,  talabni  shakllantirish  va  sotishni 
rag’batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar 
ishlab  chiqaruvchilardan  olishadi.  Xaridorlarni  asosan  tovarning  iste’mol 
qiymati  qiziqtiradi.  Raqobat  asosan  quyidagi  ko`rinishlarda  bo’lishi 
mumkin:  tovarlarning  xizmatlari  bo’yicha,  bir  xil  extiejni  qondirishga 
qaratilgan  raqobat,  bir  xil  tovarni  xar  xil  firmalar  ishlab  chiqarishr  orqali 
bo’ladigan  raqobat;  yoki  bir  xil  firma  tomonidan  xar  xil  modifikatsiyada 
tovar ishlab chiqarishdir.Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarkalgan.  
Xozirgi  davrda  raqobat  o’ziga  xos  qiyofa  kasb  etmoqda.  Narxlar 
soxasida  raqobat  ishlab  chiqarishni  xarajatlar  eng  kam  bo’ladigan 
mamlakatlarda  yo’lga  quyishni  talab  qiladi.Narx  bilan  raqobat  utmishda 
erkin bozor raqobati bo’lgan, bozorda bir xil tovarlar xar xil narxlar bilan 
sotilgan davrlarda paydo bo’lgandi. 
      Ishlab  chiqaruvchi  narxni  pasaytirish  bilan  o’z  tovarini  ajratib 
kursatishga,  unga  e’tiborni  qaratishga  va  pirovard  natijada  o’zi  istagan 
bozor  xissasini  egallashga  erishgan.  Xozirgi  zamon  bozor  sharoitlarida 
narx  bilan  ochiq  raqobat  amal  qilmaydi,  chunki  ishlab  chiqaruvchilardan 
biri  narxni  pasaytirishi  bilan  uning  raqibi  xam  shu  ishni  qiladi,  bu  esa 
firmaning bozordagi  mavqeini o’zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi 
foydaning  pasayishiga,  asosiy  fondlarni  yangilash  va  kengaytirish  uchun 
investitsiyalarning  kamayishiga  olib  keladi.  Natijada  kutilgan  zafar  va 
raqiblarni  surib  chiqarish  urniga  kutilmagan  xonavayronlik  va  sinish  yuz 
beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha o’zoqrok 
ushlab turishga, tannarxni xamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, 
foydani  strategiyasiaytirishga  intiladi.  Fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlari 
tufayli 
raqobatning 
narx 
bilan 
boglik 
bo’lmagan  usullaridan 
foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.   


177 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish