14.1. Iqtisodiy institutlar milliy iqtisodiyotda raqobat muhitini
shakllantirish sifatida.
Bozor iqtisodiyotining qaror topishi uning infratuzilmasini yanada
takomillashtirish va rivojlantirish zaro’ratini keltirib chiqaradi.
Institutlar deganda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda individlar o’zaro
ta’sirini tartibga soladigan rasmiy (huquqiy mustahkamlangan), norasmiy
va o’z-o’zidan yuzaga keladigan chegaralar jami tushuniladi. Ushbu o’zaro
ta’sirni ro’yobga chiqarish uchun raqobat muxitini rivojlantirishning qator
iqtisodiy institutlari mavjud. Bo’lar: xususiylashtirish, qayta tarkibiy
tuzish, monopoliyadan chiqarish, kichik va o’rta tadbirkorlikni
rivojlantirish va hokazolar. Ulardan foydalanish mamlakatning tegishli bo-
zorlaridagi raqobat muhitini, umuman iqtisodiyot qay darajada
rivojlanganini belgilaydi.
202
Mamlakatdagi korxonalarning raqobatdagi ustunliklarini bir qator
omillar belgilab beradi. Bo’larni ikki guruhga ajratish mumkin:
1) milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi;
2) makroiqtisodiy biznes muhitning sifati
50
.
O’zbekistonda raqobat munosabatlarini shakllantirishning quyidagi
iqtisodiy institutlari qaror topgan:
1.
Davlat
korxonalarini
xususiylashtirish
va
monopoliyadan
chiqarish. Mulkchilik munosabatlari va
tarkibini o’zgartirish muammosi - o’tish
iqtisodiyoti xos bo’lgan har bir mamlakat
uchun muxim masaladir. Mulk-chilikning xo’jalik tizimi sifatidagi rolining
o’ziyoq Mazkur sohadagi o’zgarishlarning ham, umuman o’tish
iqtisodiyoti doirasidagi islohotlarning ham tizimli xususiyatini kursatadi,
Bunday tizimli ta’rif bo’yicha mulkiy munosabatlar sohasidagi
tizimli transformatsiyaning asosiy bosqichlarini xam yanada chuqurroq
tushunish mumkin.
Birinchi bosqich iqtisodiy bo’lmagan ixtiyoriy harakat, ya’ni texnik
xususiylashtirishdan o’zga narsa emas, uning muvaffaqiyati esa ijtimoiy
kelishuv (manfaatlar balansini xisobga olish)ga bog’liq. Uning iqtisodiy
emasligi ikkita sabab bilan belgilanadi. Birinchidan, rasmiy texnik
xususiylashtirish boshlanmasidanoq bu jarayonda xususiylashtirish ham
qonuniy yoki yarim qonuniy shaklda, ham jinoiy tarzda o’z-o’zidan
tartibsiz kechadi. Ikkinchi bosqichda mulkchilik munosabatlarining
birlamchi texnik xususiylashtirishdan keyingi jadal qayta taqsimlanishi va
davlatning mikrodarajadagi qayta taqsimlanish jarayoniga tartibsiz
aralashuvining tartibga solinishi yuz beradi. Xususiylashtirish tajribasi
shuni kursatadiki, korxoyaalarning yiriklashishini hamda alohida ra-
qobatbardosh bo’linmalarning mustaqil tuzilma bo’lib ajralishini nazarda
tutuvchi monopoliyadan chiqarish jarayonlari bilan olib borilgandagina u
raqobat muhitiga samarali ta’sir kursatishi mumkin.
Boshqa iqtisodiy institut - bu monopollashgan sohalardagi boshqaruv
50
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish muammolari:nazariya va amaliyot/ mualliflar
jamoasi:R.Alimov, A.Rasulev, A.Qodirov va boshq. –T.:Konsauditinform-Nashr. 2006,14-b
203
tizimlarini va korxonalarni tarkibiy qayta tuzish (restrukturizatsiya)dir.
O’zbekistonning aksariyat korxonalari tarkibiy qayta tuzilishi kerak,
ammo, fikrimizcha, restrukturizatsiya - tizimli o’zgarishlar majmuasi
bo’lib, ularni amal-ga oshirish korxonaning tashqiliy tuzilmasini tubdan
o’zgartirish va uning biznesi qiymatini oshirishni hisobga olgan holda
mavjud aktivlar va jalb qilingan passivlarni boshqarishni o’zgartirishga
yo’naltirilgan. Ushbu jarayonlar:
- korxonaning haqiqiy mulkdorlari tomonidan tashabbus kursatilishi
va amalga oshirilishi;
- aniq maqsadga ega bo’lishi;
- korxonaning alohida bo’limlariga emas, butunligicha taalluqli
bo’lishi;
- hammaga tushunarli va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak.
Tarkibiy qayta tuzish quyidag’i tuzilmalarda ishlab chiqarish
dasturini o’zgartirishni va unga bog’liq yangiliklarni ko’zda tutadi:
- ishlab chiqarishda (ishlab chiqarish-texnik bazaning tarkibiy
qismlari);
- funktsional (ijtimoiy mehnat taqsimoti vazifalarini amalga
oshirishda);
- axborot (foydalaniladigan axborot tizimlarida);
- tashqiliy (iqtisodiy-huquqiy shakllar va korxonada qabul qilingan
huquq va majburiyatlar taqsimotida);
- kasbiy (xizmatchilarning kasb va malaka tarkibida);
- moliyaviy (aktivlar va passivlar).
O’zbekiston sharoitida boshqaruv va xo’jalik faoliyatini ajratish
raqobat muhitini rivojlantirishning muhim iqtisodiy instituti sifatida
namoyon bo’ladi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy
islohotlar davlat va mintaqaviy boshqaruv organlari tarkibini sezilarli
optimallashtirishga imkon berdi va apparat soni hamda unga xizmat kursa-
tish xarajatlarining qisqarishiga olib keldi. Kichik biznesni rivojlantirish
raqobat muhitini yaratishning muhim institutlaridan biridir. Kichik
korxonalar iste’mol bozoridagi talab va taklifni yaxshiroq his qiladi,
beqaror iqtisodiyot sharoitida o’z faoliyati strategiyasini tezroq
moslashtiradi, raqobatni qo’llab turishni kafolatlaydi, salmoqli mehnat
204
resurslarini safarbar qiladi, iqtisodiy islohotlar davrida yirik korxonalar
uchun o’ziga xos bufer rolini o’ynaydi va ularni inqirozdan asraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |