O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

13.4. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining iqtisodiyotni 
barqaror rivojlanishidagi roli. 
Monopolizm  rejali  iqtisodiyotdan  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishni 
amalga oshirayotgan mamlakatlarda yanada ko’proq muammolarni keltirib 
chiqaradi. Bu O’zbekistonga ham taalluqli bo’lib, mamlakatimizda tarixiy 
rbablarga  ko’ra  davlat  tuzilmalariga  o’xshash  (uyushmalar,  kontsernlar, 
korporatsiyalar,    kompaniyalar)    shakldagi    monopoliyalar    saqlanib   
qolgan. 
Ular  ko’pincha  tarmoq  vazirliklari  mavqe  va  vazifalariga  ega 
bo’ladilar. 
Mahsulot  va  xom  ashyolarning  alohida  turlarini  limit  va  fond 
ko’rinishida taqsimlashning  eskicha  tizimi,  shuningdek,  biznesni  amalga 
oshirish  uchun ruxsat,  litseziya,  sertifikatlar  berish,  kelishish  kabi  mavjud 
ma’muriy to’siqlar monopolistik tendentsiyalarga ko’proq imkon yaratadi. 
Shunga  ko’ra,  O’zbekistonda  samarali  raqobat  muhitini  yaratish 
uchun  quyidagilar  bo’yicha  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  taqozo 
etiladi: 
a)  iqtisodiyotda  davlat  monopolizmining  har  qanday  namoyon 
bo’lishini  maksimal  darajada  bartaraf  etish.  Buning  uchun  tadbirkorlikni 
rivojlantirish  va  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  boshqarish  tizimini 
takomillashtirish    
uchun    
nisbatan    
qulay    
shart-sharoitlarni    
yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur; 
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi 
o’z  ustunlik  mavqelarini  suiste’mol  qilish  imkoniyatlarining  oldini  olish. 
Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz 
samarali  innovatsiyalar,  past  xarajatlar  va  narxlar,  mahsulotning  yuqori    


192 
 
sifatiga     erishish,     boshqacha     aytganda,     butun     iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas. 
Raqobatni  rivojlantirish  bo’yicha  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish 
natijalari  bo’lib  iqtisodiy  agentlar  faoliyatini  tartibga  solishda  bozor 
mexanizmlari  rolining  kuchayishi,  bozorga  kirishdagi  ma’muriy 
to’siqlarning  bartaraf  etilishi,  iqtisodiyotning  barcha  sub’ektlari  uchun 
raqobat  sharoitlarining  shakllanishi  hisoblanishi  lozim.  Raqobatning 
rivojlanishidagi muhim strategik maqsad - iste’molchi tomonidan iqtisodiy 
jihatdan  maqbo’l  narxlarga  barqaror  ravishda  sifatli  ijtimoiy  xizmatlarni 
olish imkoniyatini yaratishdan iborat. 
Raqobat  muhitini  rivojlantirishning  ko’plab  mexanizmlari  mavjud. 
Bo’lar - xususiylashtirish,  tartibga  solishdan  qaytish,  monopoliyadan 
chiqarish,  kichik  va  o’rta  tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  boshqalar. 
Ulardan    
foydalanish 
mamlakatning 
tegishli 
bozorlaridagi 
holatga,iqtisodiyotning  yaxlit  rivojlanish  darajasiga,  ichki  va  tashqi 
omillarning ta’siriga bog’liq. O’zbekistonda qo’llaniluvchi usullarni ko’rib 
chiqamiz. 
Davlat 
korxonalarini 
xususiylashtirish 
va 
monopoliyadan 
chiqarish. Bu  mexanizmlar  bozorda  amal  qiluvchi  raqobatchilar  sonini 
oshirish 
imkonini 
beradi. 
Amaliyot 
shuni 
kursatadiki, 
xususiylashtirishning  raqobat  muhiti  shakllanishiga  ta’siri  yirik 
korxonalarning  raqobatbardosh  bo’linmalarini  mustaqil  tuzilmalarga 
ajratish  orqali  ularni  yiriklashtirishdan  qaytarishni  ko’zda  tutuvchi 
demonopolizatsiya  jarayoni  bilan  uyg’unlashgan  holdagina  samarali 
bo’ladi. 
Mazkur  jarayonlarni  jadallashtirish  maqsadida  2003  yilning  aprel 
oyida  respublika  hukumati  tomonidan  Korxonalarni  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  va  xususiylashtirishning  2003-2004  yillarga  mo’ljallangan 
dasturi  qabul  qilinib,  unga  ko’ra  ikki  yil  mobaynida  davlat  mulkidagi 
korxonalarning  77%  xususiylashtirilishi  lozim.  Mazkur  dasturni  amalga 
oshirish  natijasida  korxonalarning  ustav  kapitalida  davlatning  ishtiroki 
keskin  qisqaradi,  ularning  investitsion  faolligi  oshadi,  raqobat  sharoitlari 
yaxshilanadi. 


193 
 
Bu  tadbirlar  shu  bilan  ayniqsa  ahamiyatliki,  xususiylashtirish 
hano’zgacha  ko’plab  tarmoqlarda  raqobat  muhitini  yaratishda  ahamiyatli 
o’zgarishlarga  olib  kelgani  yo’q.  Tarkibiy  o’zgarishlar  davomida  oldingi 
tarmoq vazirliklari o’rniga tarmoq xo’jalik birlashmalari tashqil etildi. Bu 
xo’jalik birlashmalariga hukumat shunday keng vakolatlar berdiki, natijada 
ular davlat tomonidan tartibga solish funktsiyasiga ega bo’lgan «konuniy» 
monopoliyalarga  aylandilar.  Bu  sanoatning  deyarli  barcha  tarmoqlariga, 
turizm,  tabiiy  monopoliya  sohalari  tegishli  bo’lib,  bu  sohalarda  saqlanib 
qolgan  tarmoqni  tartibga  solishning  ma’muriy  usullari  samarali  raqobat 
muhitini  yaratish  uchun  jiddiy  to’siqqa  aylandi. Samarali  raqobatning 
vujudga  kelishi  hamda  bozorlarga  yangi  ishtirokchilarning  kirib 
kelishidagi  to’siqlarni  bartaraf  etish. Buyalish to’siqlar  orqali  xo’jalik 
sub’ektlariga tovar bozoriga kirish hamda u yerda ooshqa korxonalar bilan 
baravar  ravishda  raqobatlashuvga  halaqit  beruvchi  xuquqiy,  tashqiliy, 
texnologik, iqtisodiy, moliyaviy tavsifdagi barcha millar tushuniladi
49

Asosiy  
e’tiborni    barcha   darajadagi   davlat   hokimiyati   
organlari faoliyati  natijasida  paydo  bo’luvchi  to’siqlar  (soliq  imtiyozi, 
subsidiya  va  jatsiya,  mutloq  huquqlarning  taqdim  etilishi  ko’rinishida 
alohida .fkalik yurituvchi sub’ektlarga davlat yordami; korxonalar xo’jalik 
faoliyatini 
tartibga 
solishning 
ma’muriy 
usullarini 
qo’llash; 
standartlashtirish  va  sertifikatlash  bo’yicha  murakkab  normativlar  va 
ooshqalar)ni  bartaraf  etishga  qaratmoq  lozim.  Masalan,  bugungi  kunda  u 
yoki  ou  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  sertifikat  olish  taomili  bir  necha 
oylarni  qamrab  olib,  tegishli  hujjatlarni  olish  yuz  mingdan  bir  necha 
million so’mga qadar (ishlab chiqarilayotgan mahsulotning assortimenti va 
gurlari sonidan kelib chiqqan holda) tushishi mumkin. 
 
 
 
 
 
 
                                                 
49
 
Alimov R.O., Rasulev A.F., Qodirov A.M. “O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari: nazariya va 
amaliyot”. Monografiya. T.:CONSAUDITINFORM - NASHR, 2006. – 438 b.
 


194 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish