O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

Pedagogik jarayon
– bu o‘qituvchi va talaba bilimlarini, ko‘nikma va 
malakalarini amaliyotda qo‘llashni o‘z ichiga qamrab oladi. Kasb ta’limi jarayonida 
mazmun, o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash asosiy bog‘lovchi komponentdir. 
Ta’lim bilish faoliyatining turi sifatida pedagogika fanida bir necha asosiy 
ma’noni anglatadi. YA’ni bu: talabalarda bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish: 
ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish; o‘quvchilarning muayyan 
darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali chin inson bo‘lishiga erishish; ularning 
qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir. 
Ta’lim
– insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni talabalar ijtimoiy 
taraqqiyotning hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega 
bo‘lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. 
Demak, pedagogik ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va 
malakalar tashkil qiladi. Talabalar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bunda 
bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Uni hayotda ko‘p unum beradigan qilib qo‘llay olish 
lozim. Buning uchun esa talabada ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. 
Ko‘nikma
– mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig‘indisidir. Iqtidor 
va ko‘nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. 
Bilim asosida ko‘nikma va malaka hosil qilinadi. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, 
ko‘nikma mehnatda, dunyoni o‘zlashtirishda zarur bo‘ladi
.
SHu jihatdan Oliy va o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida va ta’lim muassasasilarda bahslar, 


61 
bellashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvini tashkil 
etish foydalidir. 
Ta’lim oluvchining xarakteri va faolligi rivojlangan holda uning darajalari 
turlichadir. Ammo shu bilan birga ta’lim oluvchilar passiv bo‘lsa, o‘qitish jarayonini 
amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Ta’lim oluvchining ilm qabul qilishi faolligi uning shaxs sifatida 
shakllantirishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim oluvchida o‘z-o‘ziga, mehnatiga, 
boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atorof-muhitga munosabati 
shakllanib boradi. 
Pedagogik jarayonning muhim spetsifik sharoitlari. Oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qitishning muhim spetsifik shartlaridan biri bu amaliy o‘qitishdir. Bu uning muhim 
tashkil etuvchi komponentidir. O‘qitish jarayoni amaliyotdan tubdan farq qiladi, 
chunki ishlab chiqarishdagi o‘qitish uslubining asosiy maqsadi, bu ta’lim oluvchini 
ma’lum bir kasbga yo‘naltirish va shakllantirishdir. 
Pedagog va ta’lim oluvchi orasidagi o‘zaro birlik va aloqadorlik haqida 
gapirganda boshqaruvchi va o‘rgatuvchi shaxs bu o‘qituvchi ekanligini unutmaslik 
kerak. Faqat pedagog ta’lim oluvchiga bilim bera olishi, shaxs sifatida shakllantira 
olishi va o‘z ta’sirini ko‘rsata olishi mumkin. 
O‘qitish jarayonining muhim komponenti 
Beriladigan bilim mazmuni o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standartida 
belgilangan bo‘lib, uning tarkibiga ijtimoiy maqsadlar davlat buyurtmasi, pedagogik 
tizimni aniq maqsadlarini belgilaydi. Pedagogik jarayon faqat ta’lim mazmundaligiga 
emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni; 
Pedagogik jarayonning sharoitiga qarab mazmun belgilanmasa, ta’lim 
oluvchilar o‘zlashtirishlari qiyin va pedagogik jarayon bilan amaliyotdagi sharoit 
orasidagi bog‘liqlik yo‘qoladi. 
guruhning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi dasturiga mantiqiy 
o‘zgarishlar kiritib, shu bilan pedagogik jarayonning o‘zaro bog‘liqligini buzmagan 
holda maqsadga erishiladi. 
Ma’lumot berishning pedagogik jarayoni - o‘qituvchilarning ilmiy, texnik va 
texnologik ishlab chiqarishdagi bilimlarni shakllantirishdir. Pedagogik jarayonda 
o‘qituvchi va ustaning vazifasi ta’lim oluvchida ijobiy sifatlarni rivojlantirish uchun 
tarbiyaviy vazifalarni maksimal qo‘llashi kerak. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarda 
jamoatchilik, do‘stlik, ishchi intizom, rostgo‘ylik, o‘z ishiga javobgarlik shu kabi 
insoniy sifatlarni rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. Buning uchun 
o‘qituvchining o‘zida tarbiyalovchi sifatlar mujassam bo‘lishi kerak. 
Ta’lim tamoyillari
o‘quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida 
belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda bir tizimni tashkil 
etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular 
ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shadi. Ta’lim 
tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda ûquvchi-talabalarga mustahkam bilim 
berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim 
tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq etish muhim 
muammolardan biridir. 


62 
O‘quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-
texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. SHunday ekan, 
ûqituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim. O‘quv fanlari ham ilm-
fan asosida yaratiladi. O‘qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida ûquvchi-
talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan 
qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib 
borishga qaratilgan. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish