44
tashkil etish juda ham darkor. O‘quvchilar tarbiyasining verbal usullari, ularning aniq
faoliyati ustivor bo‘lmasligi kerak. Ahloqiy bilimlar tushunchalarini e’tiqodga
aylanishi, ularni hulqning va ularga xos ahloqiy qiliqlar motivlari tizimsida
mustaxkamlanishi kerak. Bolalarning ahloqiy tushunchalari orasida amalga
oshiriladigan va ahloqiy emotsiyalar bilan boyitilgan maqsadli tashkil etilgan faoliyat
ahloqiy hulq asosini shakllantirishni tashkil etadi.
Ahloqiy hulqni shakllantirish ahloqiy qiliqlarni (mehnatga bo‘lgan odat,
o‘rtoqlik yordami va h.k.) taqozo etadi. SHaxsning ahloqiy muhiti (ong, hulq,
xisg‘tuyg‘ular va odatlar birligi) maxsus tashkil etilgan ta’lim tizimida shakllanadi.
Unda nafaqat ahloqiy ma’rifat va o‘quvchilarning amaliy faoliyati birga olib boriladi,
balki bu faoliyatda bolalarning bir-birlariga, jamoa, jamiyat bilan bo‘lgan ahloqiy
munosabatlari maxsus ko‘chiriladi va boshqariladi. Bu shart-sharoitda bolalar
berilgan qoidalar va normalar majmuyini o‘zlashtirishadi, balki hulq motivlariga va
ahloqiy e’tiqodlarga aylanadigan ahloqiy hulqning shaxsiy tajribasini, ahloqiy qiliq
va odatlarini to‘plashadi.
SHaxsning yosh, gender, individual xususiyatlarini bilmasdan shaxsni
shakllantirib bo‘lmaydi. O‘quvchilarga individual yondoshuv ularning differensial-
psixologik xususiyatlarini (xotira, diqqat, temperament turini, u yoki bu qobiliyatning
rivojlanashini) bilishlik taqozo etadi, ya’ni bu o‘quvchi o‘z tenqurlaridan nimasi bilan
farq qilishini aniqlash va shu bois tarbiyaviy ishni qanday tashkil lozimligi.
Tarbiyada individual yondoshuv pedagogik va psixologik ko‘rinishlariga ega.
Birinchi holda individual yondoshuv pedagogik taktni bir qismi bo‘ladi. Individual
yondoshuv psixologik tomoni o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligi o‘rganish tarbiya
jarayonini pedagogik maqsadda tashkil etish bilan ifoda etiladi. Tarbiya
psixologiyasini shu o‘rinda o‘quvchilarda umumiy psixologik qonuniyatlarining
individual namoish etilishi, va faqat ulargagina xos bo‘lgan va takrorlanmaydigan shu
qonuniyat va xususitlarining birikmalari qiziqtiradi.
SHaxs – bu psixologiya faninig asosida bo‘lgan kategoriyalaridan biridir. Va
shuning uchun ham shaxs degani o‘zi nima? Uni shaklalntirish qanday kechishi
pedagogik psixologiyaga nohoyatda ahamiyatlidir.
K.P.Platonov bo‘yicha shaxs- bu “inson bilim tashuvchisi ; ikki tizimlidir: biri
- organizm” va umuminsoniy qadriyatlaridir” K.P.Platonov shaxsni turtta tizm ostki
tizimlar birligi deb ifodalagan: yo‘naltirilganligi, ijtimoriy tajriba, inikosning
psixologik shakllari va biopsixik. Bular orasida yo‘naltirilganlik etakchisidir. U o‘z
ichiga motivlarni, ehtiyojlarni, qiziqishlarni, e’tiqodlar va maqsadlarni oladi.
Ijtimoiy malaka tizim ostki tizim inson ta’limda va shaxsiy tajribasida
orttiradigan bilimlar, ko‘nikmalar, odatlar, malakalardir. Psixologik shakllar tizimlar
tizm ostki tizimiga bilish jarayonlari (diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur, idrok, sezgi)
kiradi. Biopsixik tizim ostki tizimga psixologik xususiyatlar (asab tizimi
xususiyatlari, tananing tuzulishiga, yoshiga, jinsiga, miyaning tuzilishiga bog‘liq
bo‘lgan) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: