O’zbekistonning musiqiy madaniyati 20-40 yillar
1. Siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot muhiti: 1917-1940 yy. Badiiy havaskorlar jamoalarining tashkil topishi, faoliyati va professional san’atlarning rivojlanish jarayoniga tashkil topishining quyidagi mohiyati . Respublikada maxsus musiqa o’kuv maskanlarning ochilishi, faoliyati va muhiti. Milliy professional zamonaviy teatrlarning bunyodga kelishi.O’zbekiston radio eshittirish komitetining 1927y. Tashkil topishi va musiqiy targ’iboti. O’zbek radio va va O’zbek filarmoniya qoshidagi ijrochi jamoalarning tashkil topishi, faoliyati va mohiyati. Bastakorlik san’atning namoyondalari: Hoji Abdulaziz Rasulov, Yu.Rajabiy, T.Jalilov, F.Sodiqov, N.Xasanov, K.Jabborov, P.Raximov, S.Kolonov, M.Murtazoev, M.Niyozov, M.Xarratov, J.SHomurodovlarning hayoti va ijodiy faoliyatlari. O’zbekiston Kompoztorlari uyushmasining tashkil topishi, faoliyati va mohiyati.
2. Madaniy va musiqiy hayot 1941-1945yy ikkinchi jahon urush yillarida. Kontsert tashkilotlariva teatrlar faoliyati. Front kontsert brigadalarining tashkil topishi va faoliyatlari. SHu yillarda bastakor va kompozitorlarni ijodiy faoliyati. Urush yillarida bunyodga kelgan musiqali drama va operalar. Xulosa.
Musiqali teatr
O’zbek musiqali teatrining rivojlanish jarayoni. Musiqali drama va komediya janrlari O’zbekiston kompozitorlari ijodiyotida. Yillar davomida yaratilgan juda ko’p musiqali dramalar: «Xalima», «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Gulsara», «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon», «Vatan ishqi», «Zafar», «Alisher Navoiy Astrobodda», «Momo yer», «Ishqing bilan», «Kimga to’y, kimga aza», «Yusuf va Zulayho», «Fotima va Zuxra», «Prometey», musiqali komediyalardan: «Oltin ko’l», «Toshbolta oshiq», «Jon qizlar», «Ajab savdolar», «O’jarlar» kabi sahna asarlarni magnit tasmasi orqali yaqindan tanishish, ularni tahlil qilish va janrlarning rivojlanish jarayonidagi yutuq va kamchiliklar. Xulosa.
Opera
Milliy opera san’atining rivojlanish jarayoni. Birinchi o’zbek operasi «Bo’ron», operaning bunyodga kelishi va mohiyati. Ishqiy romantik mavzuda yaratilgan operalar: «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Dilorom».
Tarixiy va tarixiy-biografik mavzularda yaratilgan operalar: «Mahmud Torobiy», «Ulug’bek», «Zulmatdan ziyo», «Xamza», «Oy jamoli», va boshqalar. Birinchi o’zbek hajviy (komik) «Maysaraning ishi» operasi. Ayrimlarni magnit tasmalari orkali tinglab bu sohada tug’ilgan fikr va mulohazalar, opera ijrochilarining namoyondalari.
Balet
Milliy balet san’atining rivojlanish jarayoni. Rus kompozitorlari tomonidan, o’zbek musiqa merosi asosida yaratilgan «Paxta», «SHohida», «Oq bilak» baletlarning bunyodga kelishi, mohiyati. Birinchi milliy «Suhail va Mehri», «Raqqosa», «Orzu», «Tanovar», «Sevgi tumori» «Kashmir afsonasi» «Hind afsonasi» «Tomiras», «Samarqand afsonasi», «Layli va Majnun», (bir parda), «Navro’z» kabi baletlarning yaratilishi, ularning trixiy o’rinlri, yutuq va kamchiliklari, janr muammolari va xulosa.
DRAMA, BOLALAR va QO’G’IRCHOQ teatrlar, spektakllariga o’zbek kompazitorlarning yaratgan musiqalar. Misol sifatida quyidagi spektakllarning nomlari keltiriladi; M.Burxonov «A.Navoiy» pьesasi, I.Sulton va Uyg’unlarning Hamza teatrida 1943 yil namoyish etilgan «Boy ila xizmatchi», Qo’g’irchoq spektaklida namoyish etilgan «Oygul va Baxtiyor», I.Akbarov «Yulduzlarni ko’raman», «Zamon» dramasi, «Yo’lchi yulduz», «Tabassum o’g’rilari», «Yo’qotilgan uzuk», «Baxt qo’shig’i», «SHohi so’zana», «Muhabbat afsonasi», «Turkiya haqida hikoya», «Holisxon», «Ulug’bek», «Pochta», «Abdulla Nabiev», «Kim aybdor», «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim», «Qovoqvoy va chanoqvoy», «Farhod va SHirin», «To’rt qovoq», «SHirin buloq», «Qirol Lir», «Elektro», «G’aroyib oqshom».
Do'stlaringiz bilan baham: |