O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
10.2. Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi
 
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko„ra, b
yudjet xarajatlari joriy va kapital 
xarajatlarga bo‗linadi.
Davlat byudjetining joriy xarajatlari 
markaziy va mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlari va 
byudjetdan mablag‗ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta‘minlash 
shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim 
tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam 
ko‗rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‗laridir.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari – 
byudjet xarajatlarining innovatsiya va 
investitsiya faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadlariga yo‗naltirilgan pul 


110 
mablag‗lari bo‗lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya 
loyihalari bo‗yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital ta‘mirlash 
maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan barpo qilinadigan korxona, tashkilot va 
muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‗lar 
kiradi.
Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko„ra,
davlat byudjeti xarajatlari 
quyidagi guruhlar bo‗yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi (ularning tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab qo‗yilgan): 
1.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari. 
2.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini 
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash xarajatlari. 
3.
Iqtisodiyot xarajatlari. 
4.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. 
5.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlab 
turish xarajatlari. 
6.
Sudlarni saqlab turish xarajatlari. 
7.
Fuqarolarning o‗zini – o‗zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari. 
8.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar 
byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‗armalari. 
9.
Boshqa xarajatlar. 
Sanab o‗tilgan har bir guruh xarajatlar, o‗z navbatida, 
mahkamaviy va maqsadli 
belgisiga ko„ra
guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‗ra xarajatlar byudjet 
mablag‗larini oluvchi vazirlik, davlat qo‗mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv 
organining xarajatlariga bo‗linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga ko‗ra tahlil 
qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‗naltirilayotgani haqida xulosa qilish 
mumkin bo‗ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tayinlanishiga ko‗ra ta‘lim 
sohasiga ajratilgan pul mablag‗lari Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim, Xalq ta‘limi, 
Maktabgacha ta‘lim vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‘z 
navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‗mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga 
ajratilgan byudjet mablag‗lari maqsadli belgisiga ko‗ra xarajatlarning aniq turlari 
bo‗yicha aniqlashtiriladi. Masalan, byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‗lari 
ish haqi, kommunal xizmatlar haqini to‗lash, joriy ta‘mirlash, asbob-uskunalar va 
jihozlar, oziq-ovqat, dori-darmon sotib olish kabi xarajat turlari (muassasaning 
xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar turlari) bo‗yicha rejalashtiriladi va 
moliyalashtiriladi. 
Hududiy belgisiga ko„ra,
byudjet xarajatlari umumdavlat va mahalliy hokimiyat 
organlarining xarajatlariga bo‗linadi. Umumdavlat xarajatlari odatda davlat 
byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi 
tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa 
hududiy 
va 
mahalliy 
ehtiyojlardan 
kelib 
chiqib, 
byudjet 
xarajatlarini 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar, shuningdek, 
shahar, tuman byudjetlari mablag‗laridan amalga oshiradilar. 


111 
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat 
tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma‘nodagi ifodasini o‗zida aks 
ettiradi. Buni quyidagi ma‘lumotlardan ko‗rish mumkin.
10.1-jadval 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish