O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

9.1-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi
45
 

45
―O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksini tasdiqlash to‘g‗risida‖gi O‘RQ-360-son (26.12.2013) O‘zbekiston 


Respublikasi Qonuni bilan qabul qilingan Byudjet Kodeksiga asosan.


101 
Har bir hokimiyat idoralari o‗zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib 
chiqib, o‗z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo‗lishi kerak. Respublika 
hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni – mudofaa, milliy havfsizlikni 
ta‘minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni 
moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik 
vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli 
bo‗lishi shart. Qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, yuridik shaxslarning 
daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika 
byudjetiga tushadi. 
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O‗zbekiston 
Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksining IV bo‗limi ―Byudjet 
tizimi byudjetlarining daromadlari‖ deb nomlanadi. Ushbu bo‗limning 9-bobida 
davlat byudjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, 
Kodeksning 50-moddasi ―Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish‖ deb nomla-
nadi va unda davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko‗rsa-
tilgan (9.1-rasm): 

soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar; 

davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan 
daromadlar; 

meros, hadya huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul mablag‗lari; 

yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 

rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga 
ajratilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar; 

qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet kodeksining 51-moddasida O‗zbekiston Respublikasining respublika 
byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berilgan bo‗lib, ular 
quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: 
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‗i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i;
aksiz solig‗i;
yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari 
bo‗yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
3) qo‗shilgan qiymat solig‗i;
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar 
jumlasiga qonunchilikka muvofiq O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetiga 
yo‗naltiriladigan davlat bojlari, yig‗imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‗lovlari, 
jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o‗tkazilgan mol-mulkni realizatsiya 
qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo‗yicha davlat aktivlarini 
joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, meros, 
hadya huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tkazilgan pul mablag‗lari, yuridik va 
jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul 


102 
tushumlari, rezident bo‗lgan yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini, chet 
davlatlarga berilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar, aksiyalarning davlat 
ulushi (payi) bo‗yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining ulushi bo‗yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot 
taqsimotiga oid bitimlar bo‗yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi. 
Byudjet kodeksining 52-moddasida Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllantirish 
manbalari ko‗rsatilgan bo‗lib, ular: 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy budjetlarining daromadlari: 
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‗i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i;
aksiz solig‗i;
yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari 
bo‗yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk solig‗i;
4) yer solig‗i;
5) qurilish materiallari bo‗yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‗zbekiston Respublikasi 
hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‗im;
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga 
qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‗naltiriladigan davlat daromadiga 
o‗tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan 
normativlar bo‗yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va 
sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig‗imlar, tovon pullari va jarima 
sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‗yicha davlat ixtiyoriga o‗tgan mol-
mulkni, huquq bo‗yicha davlat daromadiga o‗tkazilishi lozim bo‗lgan xazinalarni 
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
ulushi bo‗yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa 
daromadlar kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo 
transfertlar Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar 
va boshqa daromadlar Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetiga, 
viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga 
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.


103 
Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq 
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat 
budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari 
o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, byudjet daromadlarining shakllanishi mamlakat yalpi 
ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining 
elementlaridan biri bo‗lib, oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga 
tegishli bo‗lgan daromadlar va jamg‗armalarning bir qismini davlat byudjetiga 
o‗tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-
buyumlashgan mazmunini davlat ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‗lari tashkil 
etadi. Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi namoyon bo‗lish shakli davlat 
byudjetiga tushuvchi turli soliqlar, to‗lovlar, yig‗imlar, bojlar va ajratmalarning 
harakatida namoyon bo‗ladi. 
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda 
davlatning ulushini ko‗rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‗i mamlakatning 
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda 
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar 
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat byudjetida to‗planadigan 
mablag‗larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi. 
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda 
davlatning ulushini ko‗rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‗i mamlakatning 
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda 
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar 
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetda to‗planadigan 
mablag‗larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi. 
Bugungi kunda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir 
mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‗sish sur‘atlarini 
ta‘minlashga yo‗naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‗ymoqda. Bunda 
samarali iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan fiskal siyosat yuritish 
masalasi markaziy o‗rinni egallamoqda. Shu bilan birga, umumiy iqtisodiy 
muvozanatni ta‘minlashga yo‗naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog‗liq 
muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‗liq bo‗lmoq-
da. Buni o‗z navbatida keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalash-
tirilgan davlat byudjeti daromad ko‗rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat 
byudjeti ijrosining g‗aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet 
xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish