O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

I-BO„LIM. O„QUV MATERIALLAR 
 
1.1. MA‟RUZALAR MATNLARI 
 
1-MAVZU: “DAVLAT BYUDJETI” FANIGA KIRISH 
REJA: 
1.1. “Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va 
vazifalari 
1.2. Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar 
1.3. “Davlat byudjeti” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o„zaro 
bog„liqligi 
 
Tayanch so„z va iboralar: 
davlat moliyasi; davlat byudjeti; moliya tizimi; 
iqtisodiy o„sish; davlatning funksiyalari; iqtisodiy dastaklar; o„qitishning 
interaktiv usullari; aqliy hujum, bahs, muzokaralar, pinbord texnikasi, keys-
stadi; multimedia ta‟lim vositalari; o„quv adabiyotlari; elektron darslik;testlar 
majmuasi. 
 
1.1.
 
“Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari 
 
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat 
moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo‗lgan davlat byudjeti alohida o‗rin 
egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va 
boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosini tashkil etadi va 
mamlakat moliya tizimining barcha bo‗g‗inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi 
bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, 
iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‗rin 
egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, xalqimizning hayot 
darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‗liq va samarali 
amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta 
o‗rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat 
yurituvchichi mutaxassislardan davlat byudjet munosabatini to‗g‗ri va samarali 
tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo‗llay olish talab etiladi. 
Shu sababli bakalavriatning bir qator ta‘lim yo‗nalishlari o‗quv rejasiga ―Davlat 
byudjeti‖ nomli fan kiritilgan bo‗lib, ushbu fan dasturida davlat byudjetining 
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishdagi ahamiyati, byudjet tizimi va byudjetlararo munosabatlar tamoyillari, 
byudjet daromadlari va xarajatlari tizimining amal qilish mexanizmlari, byudjet 
jarayoni va byudjet nazoratini tashkil qilish, xorijiy davlatlar byudjet tizimi va 
byudjet jarayonini tashkil etish masalalari qamrab olingan. 



Davlat byudjeti davlat moliya tizimining tarkibiy qismini tashkil etadi va 
Davlat byudjetining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va 
majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini, 
ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‗lar bilan ta‘minlashda davlat byudjeti 
asosiy moliyaviy manba bo‗lib xizmat qiladi. Davlat byudjetini boshqarish va taribga 
solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot 
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy dastaklari qatori
davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi 
davlat byudjeti amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda 
qo‗llash bilan ta‘minlanadi. 
―Davlat byudjeti‖ fanini o‗zlashtirish uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy 
usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish 
muhim ahamiyatga ega. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar, 
ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keyslardan 
foydalaniladi.
Ma‘ruza va amaliy mashg‗ulotlarda o‗qitishning interaktiv usullari(vizual, 
muammoli, mualliflik ma‘ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klasster, ―Venn 
diagrammasi‖ va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o‗qituvchisi tomonidan pedagogik 
va modulli texnologiya tamoyillari asosida ―Davlat byudjeti‖ fani o‗quv 
mashg‗ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‗ulotlarda muammoni 
jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, muzokaralar, 
pinbord texnikasi, keys stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‗rganish) 
kabi usullar qo‗llaniladi. 
Shuningdek, fanning amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan 
(Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia ta‘lim 
vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini boshqarish 
tizimida qo‗llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu 
fanni o‗zlashtirishda talabalarga mavjud o‗quv adabiyotlaridan, elektron darslik, 
testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya etiladi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish