O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Maktabgacha ta‟lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
14.4. Maktabgacha ta‟lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va 
moliyalashtirish 
 
Mustaqillik yillarida respublikamizda milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat 
siyosatining asosiy ustuvor yo‗nalishi darajasiga ko‗tarildi. O‗zbekiston Respublika-
sining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon 
hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‘lim tizimi barpo 
etildi.
Maktabgacha ta‘lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‗g‗ini hisoblanadi va butun 
ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‗lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga 
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Maktabgacha ta‘lim bolalarda o‗qishga havas uyg‗otish, ularni tizimli ravishda 
o‗qishga tayyorlash, sog‗lom va barkamol shaxs bo‗lib shakllanishiga xizmat qiladi. Bu 
Maktabgacha ta’limning maqsadi
 –
bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlash, sog‗lom, har tomonlama yetuk, 
erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarning qobiliyatini ochish, ularda o‘qishga, 
muntazam ta‘lim olishga havas uyg‗otishdan iborat. 


204 
ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk shaklidan qat‘i nazar, 
boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi ―Maktabgacha 
ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-
5198-sonli Farmoni
85
bilan ―uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo‗g‗ini bo‗lgan maktab-
gacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini 
yaratish, maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‗ini kengaytirish, 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan 
ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, 
ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish 
orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish 
hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida: 

O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh 
boshqarmasi, 
viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning 
tuman(shahar)lardagi bo‗limlari tashkil etildi; 

respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o‗ringa mo‗ljallangan davlat va 
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarini qo‗shimcha barpo etish orqali bolalarni 
maktabgacha ta‘lim bilan bosqichma-bosqich to‗liqqamrab olish, bolalarga maktabgacha 
ta‘lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks 
dasturlar ishlab chiqildi. 
2018-yil boshiga kelib respublikada 4 911 ta davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi 
(MTM) faoliyat olib borayotgan bo‗lib, 2 mln. 450 mingga yaqin bog‗cha yoshidagi (3-7 
yosh) bolalarning 739 ming 600 nafari (30,2 foizi) MTM bilan qamrab olingan
86
. Ushbu 
sohada sog‗lom va har tomonlama rivojlangan o‗sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga 
salmoqli hissa qo‗shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda
87

Maktabgacha ta‘lim, shakli va usullaridan qat‘i nazar, quyidagi vazifalarni bajaradi 
(14.4-rasm): 
Maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyat xususiyatlariga ko‗ra quyidagi 
tiplarga bo‗linadi: 

umumiy tipdagi maktabgacha ta‘lim muassasalari; 

ixtisoslashtirilgan (jismoniy va ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlari mavjud 
bo‗lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari; 

sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, 
surunkali asoratlarga ega bo‗lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari. 
Muassasaning qanday tipga mansubligi uning xarajatlarini rejalashtirishda 
hisobga olinadi. Maktabgacha ta‘lim muassasasi o‗z moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini 
byudjet mablag‗lari va byudjetdan tashqari mablag‗lar doirasida amalga oshiradi. 

85
―O‘zbekistonRespublikasiqonunhujjatlarito‘plami‖,2017 yil 9 oktyabr, 40-son, 1054-modda. 
86
Fuqarolar uchun byudjet. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, BMTTD. T.: 2018. B. 37. 
87
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2017-yil 9-
sentyabrdagi―Maktabgachata‘limtiziminitubdantakomillashtirishchora-tadbirlarito‘g‗risida‖giPQ-3261-
sonqarorigasharh. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 984-modda) 


205 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish