O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’limi


Mamlakat to’lov balansining taxminiy ko’rinishi



Download 0,7 Mb.
bet3/15
Sana12.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#658512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi KBI-61-2 Ibroximova N.

Mamlakat to’lov balansining taxminiy ko’rinishi
(raqamlar shartli)

Moddalar nomi

Kryedit (+) yoki eksportdan tushumlar

Dyebyet (-) yoki import uchun xarajatlar

Sof kryedit yoki sof dyebit

Joriy opyeritsiyalar xisobi










Tovarlar

+185

-260

-75

Tashki savdo balansining koldig’i





-75

Xizmatlar

+85

-97

-12

Invyestitsiyalardan daromadlar (foizlar va divyedyentlar)

+28

-20

+8

Transfyert kurinishidagi pul o’tkazmalari

+10

-18

-8

Joriy opyeratsiyalar buyicha balansning qoldig’i







-87

Kapital xarakatning hisobi










Invyestitsiyalar va boshqa o’rta va uzoq muddatli kapital

+150

-87

+63

Kapital harakati balansining qoldig’i







+63

Joriy opyeratsiyalar va kapital harakati buyicha balansning qoldig’i







-24

Rasmiy zahiralar (oltin, XFVdagi zahiralar)

+24




+24

To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy opyeratsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq opyeratsiyalar (1-jadval). SHunga ko’ra to’lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:


1. Joriy opyeratsiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy opyeratsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan byelgilanadi. YA’ni, joriy opyeratsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kryedit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kyelish - import esa dyebyet sifatida ko’rsatiladi. CHunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib kyetishiga olib kyeladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.
Joriy opyeratsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig’i dyeb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chyetga olib chiqishdan ko’ra ko’proq olib kyeladi (-75).
Joriy opyeratsiyalarning kyeyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug’urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo’lgan opyeratsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo’lgan opyeratsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko’proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chyetdan mamlakatga kyeladigan sayyohlarga nisbatan ko’proq boradilar, shuningdyek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug’urta xizmatlarini ko’rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug’urta kompaniyalari ko’rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k. Bu opyeratsiyalar bo’yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Invyestitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividyendlar bo’yicha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chyet to’lovlari bo’yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to’lanadigan to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi (+8).
Transfyert ko’rinishida pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to’lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazmalari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini o’z ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, opyeratsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo’yicha barcha opyeratsiyalar yig’indisi joriy opyeratsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import opyeratsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport opyeratsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo’lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to’lov balansi joriy opyeratsiyalar bo’yicha kamomadga ega.
Makroiqtisodiy modyellarda joriy opyeratsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha byeriladi:
X – M = Xn = Y-(S+I+G); bu yerda: X - eksport; M - import; Xn - sof eksport;
S + I + G -YAIMning bir qismi (absorbtsiya)
Joriy opyeratsiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy invyestorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu opyeratsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib kyeladi.
Sof xorijiy aktivlar (NFA) – bu, milliy ryezidyentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o’rtasidagi farqni bildiradi.
Joriy opyeratsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib kyeladi.
Misolimizga aksincha mamlakat joriy opyeratsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi. Bunda mamlakatda chyet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga byerishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga kyeladi.
Invyestitsiyalash va kryeditlash bilan bog’liq opyeratsiyalar to’lov balansining kyeyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog’liq opyeratsiyalariga kapital harakati hisobi dyeyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar, qimmatbaho qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+150). Biroq kapitalni olib kyelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq opyeratsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kryeditlar byeradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu opyeratsiyalar dyebyet ko’rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati balansining qoldig’i – bu, uni olib kyelish va olib chiqish o’rtasidagi farqdir (+63).
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro opyeratsiyalar ko’rsatiladi.
Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar.
Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha opyeratsiyalardan kyeladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Avval aytib o’tilganidyek, joriy opyeratsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi o’zaro chambarchas bog’liq. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kyelishi hisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to’lov balansi joriy opyeratsiyalar bo’yicha musbat qoldiqqa ega bo’lsa, kapital harakati hisobi balans bo’yicha manfiy qoldiqqa yo’l qo’yilgan bo’ladi.
SHunday qilib, balansning bu ikki bo’limi bir-biri bilan tyenglashib boradi.
To’lov balansi qoldig’i= Joriy opyeratsiyalar + Kapital harakati balansi
Biroq, amalda to’lov balansining bu qismida ham ko’pincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga kyeladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zaxiralar dyeb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo’lib, bu zaxiralar joriy opyeratsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati bo’yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi.
Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy zaxiralarning o’sishi (-) esa to’lov balansining musbat qoldig’i miqdorini ko’rsatadi. Natijada uning barcha uch bo’limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo’lgan talab tyengligini bildiradi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish