Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Sharq allomalarining musiqa ilmi va musiqa pedagogikasi rivojiga qo’shgan xissasi haqidagi ma’lumotlar ko’pgina tadqiqotchilar, professor o’qituvchilar tomonidan o’rganilgan. Ular o’z asarlari va maqolalarida ushbu mavzuga to’xtalib o’tganlar. Bu mavzuga oid ma’lumotlar O. Ibrohimovning “O’zbek xalq musiqa ijodi”, I. Rajabovning “Maqomlar”, T. Ye. Solomonovaning ” O’zbek musiqa tarixi”, N.D. Raxmatovaning “O’zbek musiqa adabiyoti”, K.Hashimov,S. Nishonova “ Pedagogika tarixi”, D.Yu. Saipovaning “Musiqiy pedagogika tarixi” va x.z kitob va o’quv qo’llanmalarda keltirib o’tilgan.
Kurs ishining maqsadi: IX – XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa ilmi va musiqa pedagogikasi rivojiga qo’shgan xissasini ochib berish.
Kurs ishining оb’yеkti: Sharq uyg’onish davri va undan keyingi asrlarga xos musiqa madaniyati va pedagogikasi soxasi.
Kurs ishining predmeti: IX – XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa ilmi va musiqa pedagogikasi rivoji.
Ishning nazariy-mеtоdоlоgik asоslari. Prеzidеnt Sh Mirziyoyev asarlari, binchi prezident I.A. Karimоv asarlari, tadqiqоt mavzusiga оid tadqiqоtchi оlimlar risоla va qo’llanmalari hamda darsliklar tashkil etadi.
Kurs ishi vazifalari: - mavzuga oid adabiyotlar, Ilmiy ishlar va elektron ma’lumotlar toʻplash va ularni bir-biriga taqqoslab oʻrganish;
- O’rta Osiyo Sharq uyg'onish davri va undan keying davrlardagi ilm-fan va madaniyat haqida tushunchalarga ega boʻlgan holda, mavzuga oid ma’lumotlarni umumlashtirib, xulosalar chiqarish;
- IX – XVI asrlarda samarali ijod qilib, musiqa merosimiz rivojiga xissa qo’shgan allomalarning gʻoyalarini yoritib berish;
I BOB. IX – XVI ASRLARDA TA’LIM-TARBIYA, ILM-FAN VA MADANIYAT.
1.1. Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Ana shu madaniy ko'tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va O'rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg'onish davri deb ataldi. Bu uyg'onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg'onish davri xalifalikning Bag'dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Horun ar-Rashid va uning o'g'li al-Ma’mun davrida Bag'dodda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil topadi. Mazkur Akademiya ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida kutubxonasi tashkil etildi. Akademiya 819-833-yillari yanada rivojlangan. Akademiyada ikki rasadxona bo'lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog'doddagi bu ilm markazi, o'znavbatida, Sharq va g'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o'rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko'rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Zero, xalifa al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo'lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to'plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib
bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Marvazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo'lgan. Al-Ma’mun xalifalik taxtiga o'tirgach u olimlarning barchasini Bag'dodga chaqirib oladi va «Bayt ul-hikma» - Donishmandlik uyi («Ma’mun akademiyasi»)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. Qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining antik davrlar madaniyati bo'lsin, Uyg'onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo'lib
xizmat qildi. Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud bolgan fan va madaniyat o'choqlarini yo'qotgan bo'lsalar, ko'p o'tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa boshlaydi. Bular barchasining bir-biriga qo'shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va O'rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkaz va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining madaniy
yuksalishiga olib kelgan asosiy sabab - feodal munosabatlaming yangi bosqichga ko'tarilgani bo'ldi. Вu davr madaniy taraqqiyotida Arab xalifaligiga bo'ysungan mamlakatlar xo'jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va natijada turli madaniyatlar-hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o'zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta ahamiyat kasb etdi. Haqiqatan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik rivojlandi. Bu davrda qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaydi, ko'plab sug'oriladigan yerlar ochildi, sug'orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zig'ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to'qildi. Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Farg'ona, Samarqand va Buxoro to'qimachilik mahsulotlari, ayniqsa, Samarqand
va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo'lgan. Qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo'l ochdi. Natijada Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko'lami ortib bordi. Pireney yarimorolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovrupo uchun ahamiyati beqiyos bo'ldi. Sharq faqatgina Ovrupo madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovrupolik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonni tubdan
o'zgartirib yubordi. Bu esa o'z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tibbiyot, xulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’sir etdi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar-Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo boiishi xalifalikning yemirihshi hamda madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'zgarishlar, albatta, madaniy hayotga o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o'sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilardi. Rasmiy hujjatlar arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilardi. X asr o'rtalariga kelib, fors tilida ham ish yuritila boshlandi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o'qiganligi manbalarda keltiriladi. O'sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bolgan. Kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy munozaralar o'tkazganlar. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bolgan. Amir kutubxonasini o'sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar... Saljuqiylar davrida Alp Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizomul mulk o'z davrining mashhur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo'lgan. Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bolib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o'zining «Siyosatnoma» asarini yaratadi (1091-1092-yillar). Bu asarda davlatni boshqarish prinsiplari bayon etiladi. Nizomul mulk maorifni rivojlantirishda katta xizmat qiladi. 1067-yili Bag'dodda o'zining shaxsiy jamg'armasiga o'sha davrning eng mashhur o'quv yurti - «Nizomiya» madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so'fiylarga katta e’tibor berib, g'amxo'rlik qiladi. Uning katta xizmatlaridan yana biri-uning davrida taqvimning isloh qilinganidir.
XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o'z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Majlisi ulamo» - «Ma’mun akademiyasi» deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayh, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masihiy, tabib Abulxayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug'ullanganlar. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi o'z faoliyatini to'xtatib, olimlar tarqab ketadi. Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko'tarilish Sharq Renessansi-Uyg'onish davrining boshlanishiga olib keldi.
Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o'z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo'lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmadal-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o'z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g'oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Sharq Uyg'onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.
Buyuk sharq mutafakkirlarining xalq cholg’ularining o’rganishga bag’ishlangan qimmatbaho merosi tarixiy ahamiyatga ega. Ulardan eng qimmatligi Abu Nasr Muhammad Farobiyning mashhur «Musiqa xaqida katta kitob» (Kitob al musiqa al kabir) asari ulkan ahamiyatga ega. Farobiyning o’zi ham ijrochi sifatida shuhrat qozongan. Kitobning ikkinchi qismi boshidan oxirigacha o’sha davrda qo’llanilgan musiqa cholg’ulariga bag’ishlangan. Bu bobda: lyutnya, ud, tanbur, nay, rubob, chang, shohruh, qonun kabi cholg’ular izchil va batafsil ta’riflanadi.
Farobiy torli muzrobli lyutnya cholg’usini o’sha davrda keng tarqalgan cholg’u deb hisoblaydi. Lyutnya o’ziga xos muzrob (chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (ladlar) joylashgan IX – X asrlarda lyutnya arabcha nomlanib, ud nomini oladi.
Farobiy risolasida o’zi yashagan davrda mavjud bo’lgan rubob cholg’usini ham batafsil tavsiflaydi. O’sha davrda sharqning taniqli mutafakkiri, Safiuddin Urmaviy musiqa ilmiy tizimini rivojlantiradi. U usta ud cholg’uchisi, xonanda va mohir bastakor sifatida ham mashhur bo’lgan.
Ud cholg’usida olib borgan tajribalariga tayanib olim o’z nazariy qoidalarini bayon etadi. Urmaviyning «Taqovodorlik kitobi»da ud – ta’rifi quyidagi so’zlar bilan boshlanadi: «Bilingki, cholg’ular orasida ud deb ataluvchisi eng mashhur va eng zamonaviydir». Xulosa qilib aytganda, tarixiy risolalarda tasviriy san’atda va adabiy merosda ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaluvchi musiqa cholg’ularining asosiy turlari haqida boy materiallar berilgan. Musiqa cholg’ulari yasovchi mohir ustalar: asrimiz boshlarida yashab ijod etgan usta Usmon Zufarov, usta Ro’zmat Isaboev va ularning qator shogirdlarida, xalq ustalari bir parcha yog’ochga, qamishga, suyakka yangi hayot ato etdilar. Ular yaratgan cholg’u – asboblari hozirgi kunda ham keng qo’llanilmoqda, xalqimizga xizmat etib, musiqa san’atimiz taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Tarixiy manbalarni ta’rif etar ekanmiz, hozirgi kunda ham musiqa cholg’ulari va ulardagi ijrochilik rivojlanib borayotganligini eslatib o’tishni lozim topdik. Qadimiy cholg’ulardan ud, qonun kabi cholg’ular va undagi jrochilik keyingi 15-20 yil ichida qayta tiklandi hamda ushbu cholg’u asboblari xalq cholg’ulari ansamblini boyitdi. Shuningdek, bu cholg’ularning qayta tiklanishi musiqa madaniyatimizning rivojida muhim o’rin tutdi.
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san’atkorlikning qoidalariga bag’ishlangan alohida bob o’rin olgan.
Zaminimizda o’tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnay, qonunga, nayga o’xshash sozlar, toshlarga o’yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, miniatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o’lkamizda ijrochilik san’ati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo’lmish Maqom, Mo’g’om, Dastgox, Navba, Raga, kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan - avlodga og’zaki ravishda o’tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz san’atkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda O’rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o’n ikki (Duvozdax) maqom mavjud bo’lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Buzalik», «Rost», «Xusayniy», «Xijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofqand», «Buzurg».
Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo’lsak, ulug’ olim Mirzo Ulug’bek Tarag’ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o’n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog’iy, Xoja Sayfiddin Abdulmo’min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so’zlariga qaraganda, avvalda maqomlar yettita bo’lg’on: «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi Navo», «Maqomi Rohoh», «Maqomi Xijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi Xusayniy». Yana ushbu risolada ulug’ bobomiz Ulug’bekning o’zi tanbur va nog’orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «SHodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig’» singari kuylarni ixtiro qilganligini ta’kidlab o’tadi.
Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo’llari sayqallangan ko’rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo’llari ham o’z o’rnini topganligi ehtimoldan xoli emas.
Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o’zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo’lsa, Farg’onaning «Chor maqom»i (To’rt maqom), «Dugoh husayniy»ning yettita yo’li, «Chorgoh»ning oltita ijrochilik yo’li, «Shaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo’li hamda «Bayot» yo’llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.
Xorazm maqomlarida ham yuqorida ta’kidlangan olti maqom ijrosini alohida uslubiy va o’ziga xos yo’nalishini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi maqom sifatida chertim yo’lidagi «Panjgoh» maqomi kiritilgan. Shuning uchun avloddan avlodga o’tib kelgan bebaho musiqiy boyligi sanalmish Buxoro, Xorazm va Farg’ona, Toshkent maqomlari, betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug’ ne’mat sifatida ardoqlanadi.
Xalq san’atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov: «Milliy musiqa san’atimiz bamisoli bir daraxt bo’lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg’onadir», - deb ta’riflagan ekanlar. Ustozning bu so’zlarida katta ma’no yotadi.
Musiqiy ijrochiligimizning yana bir yo’nalishi dostonchilik san’ati Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalarida juda rivojlangan bo’lib, xalq baxshilari tomonidan sevib ijro etib kelinadi.
Tarixiy manbalarga murojat etadigan bo’lsak musiqiy madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog’langanligini guvohi bo’lamiz. Bunga qadimshunoslar tomonidan topilgan ashyoviy dalillar tosh devorlarga chizilgan musiqiy sozlar va sozandalar suratlari, miniatyura ko’rinishidagi shohlar saroylaridagi bazmlarda sozandalar tasviri, musiqiy ijrochiligimizning sadolari asrlar osha bizga yetib kelganligidan dalolat beradi.
IX-XII asrlarda O’rta Osiyo musiqiy madaniyatida o’zgarishlar davri bo’lganligi manbalarda ko’rsatib o’tiladi. Lekin X-XII asrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning yozma manbalariga asoslanib ba’zilari ustida to’xtab o’tishni lozim topdik. VI-VII asrlarda yashab ijod etgan O’rta-Osiyolik Faxlobod Borbad xaqida ma’lumotlarga qaraganda musiqashunoslik, bastakorlik, sozandalik va hofizlik borasida tengi yo’q san’atkor bo’lganligi e’tirof etiladi. Afsonaviy ijrochilik mahoratiga ega bo’lganligi haqida yozgan ustoz musiqashunos olim Ar-roziy Borbadning buyuk ijrochilik mahorati bilan birgalikda musiqiy sozlarning ham yaratuvchisi bo’lganligini aytib o’tadi. Borbad yaratgan musiqa asbobi X-XII asrlarda Xuroson va Turonda keng tarqalganligini va uning 4 torli bo’lganligini yozadi.
Qadimiy qo’lyozmalarda X-XII asrlarda ijod qilgan Abubakr Rubobiy, Bunasr, Buamir va changchi Lukoriy va boshqa sozanda va hofizlarning nomlari eslab o’tiladi.
IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o’z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo’lganligi, ayniqsa «Bo’yi juyi muliyon» she’rini ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo’lyozmalarda ko’rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallaev qadimiy qo’lyozmalar asosida X-XII asrlarda tanbur, rubob, kus nog’ora, qo’biz, tabl, tanburok, zir, nay, chag’ona, shaypur, surnay, karnay, arg’unan, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg’u asboblari o’lkamizda keng tarqalganini va o’n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko’rsatib o’tgan.
O’sha davrning buyuk olimi Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit turk» asarida qadimiy turkiy xalqlarning xalq og’zaki ijodi va qo’shiqlari, bayram va marosimlaridagi mehnat qo’shiqlari, qaxramonlik qo’shiqlari haqida namunalar berilgan bo’lib, o’sha zamonda qo’shiqchilik janri rivoj topganini ko’rsatadi.
X-XII asr musiqa va ashula san’atiga doir bayon etilgan noyob ma’lumotlar Yusuf Xos Xojibning « Qutadg’u bilig» asarida ham uchraydi. X asrning buyuk qomusiy olimi, musiqashunoslik fanining ulug’ kashfiyotchisi Abu Nasr Al Forobiy (873-950) bo’lib,uning musiqa sohasida yaratgan asarlari asosida ovro’pa olimlari ham qator asarlar yaratganlar. Farobiy o’z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarini ishlash ustida ijod qildi va «Qonun», «G’ijjak» kabi yangi musiqiy sozlarni kashf etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan «Kitab ul musiqa al- kabir» («Katta musiqa kitobi»), «Kalom fil musiqi» («Musiqa haqida so’z»), «Kitob fi ixsoal ibkoh» (kuylar tasnifi haqida kitob»), «Kitob fi-n naqra muzofa ilal ibqoh» (Ritmga qo’shimcha qilinadigan siljishlar haqida kitob») kitoblari ma’lum. Akademik Muzaffar Xayrullayevning «Forobiy» asarida uning musiqa ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi.
Forobiy Turkistonning Farob (O’tror) shahrida tug’ilgan bo’lib, uning otasi Muhammad Tarxon turkiy qabilalardan edi. Avval O’trorda, o’qib, so’ngra Bog’dodga borib unda falsafa, tabiyot, musiqa fanlari bilan chuqur shug’ullanadi. Qadimgi Yunon foylasuflaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel) larning dunyo qarashlarini chuqur o’rganib, ularning ta’limotlarini qaytadan ishlab chiqdi. Bu esa unga Aristotel-dan keyin «Ustod soniy» (Ikkinchi ustod) nomini beradi. U o’sha davrning eng o’tkir sozandasi, bastakori, O’rta Osiyoda va Yaqin Sharqda musiqa madaniyatining yirik arbobi sifatida tanildi. Forobiy o’sha davr ijrochilik san’atida ham benihoya katta shuhrat qozondi. Uning musiqa yo’nalishidagi nazariy asarlari kelajakda O’rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo’ldi va shu bilan birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo’lib qo’shildi.
Yana bir ulug’ alloma Abu-Ali Ibn Sino (980-1037) ham musiqa nazariyasi bilan shug’ullangan bo’lib, 1931 yilda Maxmud al Xavfning Berlinda nashr etilgan Ibn Sinoning musiqa ijodiga bag’ishlangan kitobida Abu-Ali Ibn Sinoni katta musiqa nazariyachisi va uning musiqa asboblari ham kashf etgani to’g’risida ma’lumot beradi. Yana shu kitobda ulug’ olimning musiqa haqidagi «Kitob un najot» asarining arabchadan nemischaga tarjimasi berilgan. Abu Ali Inb Sino meditsina, falsafa, musiqa sohasida «Alqonun fit-tib» («Tib qonun»), «Kitob ul shifo» («Shifo kitobi»), «Donishnoma», «Risola fil musiqiy sayr mo fi al shifo» («Musiqa to’g’risida» «Shifo»da berilgandan boshqa risola») kabi qator asarlarni yozdi. Ibn Sinoning musiqaga doir mulohazalari «Kitob ush shifo» asariga alohida bir qism qilib kiritilgan. Yuqoridagi asarlarda Ibn Sino musiqaning estetik ahamiyati va ta’sir kuchiga e’tibor berib, ayrim jismoniy va ruhiy kasalliklarni musiqa vositasi bilan shifolash usullarini o’z amaliyotida joriy qiladi. Bu yana o’sha davrda musiqa san’atining yuksaklikka erishganini ham ko’rsatadi. Abu Ali Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilgan bo’lib, otasi Abdulloh asli Balxlik davlatmand va madaniyatli kishi bo’lib, o’g’lini yoshligidan qobiliyati, iste’dodini, zehnini ko’ra bilgan holda uning o’qishiga katta e’tibor beradi. Ibn Sino Buxoroda yashagan davrida Somoniylarning boy kutubxonasidan foydalanadi va Yunon kitoblarini tinmay qiroat qiladi. 999 yilda Qoraxoniylar tomonidan Somoniylar davlati qulatilgach, Urganchga kelib Xorazm olimlari qatoridan joy oladi. Keyinchalik Mahmud G’aznaviy tazyiqi ostida ko’p shaharlarni kezib 1037 yilda Hamodonda vafot etadi.
X asrda yashab ijod qilgan Muhammad Ibn Al Xorazmiy musiqa haqida asar yozib, o’zining «Mafotix ul ulum» deb atalgan qomusiy asariga asosiy boblardan qilib qo’shgan. Xorazmliklar qadimdan musiqa va raqs hamda qiziqchilik shaydosi bo’lganliklariga Alisher Navoiy ham shohidlik beradi.
Shundan ko’rinadiki, qadimgi zamonlardan beri musiqiy san’at dunyosida Xorazm yuksak o’rinda bo’lgan. XI-asrda dunyoga kelgan «Qobusnoma» asarining 36-bobi ham musiqa san’atiga bag’ishlangan bo’lib, unda kitob muallifi Kaykovusning cholg’uchi va hofizlarga qanday kuy tanlash va qachon, qayerda ijro etish hamda san’atkor odobi va madaniyatlari to’g’risidagi nasihatlari, o’sha davrda musiqiy san’atning taraqqiyoti yuksak darajada ko’tarilganligidan dalolat beradi.
XII asrdan boshlab Al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino musiqa nazariyalari zamirida mahalliy tillarda musiqa fani haqida qator asarlar maydonga kela boshladi. Xorazmlik olim Ar-Roziiy o’zining XII -asrda yozgan «Jomeh’ul-ulum» qomusining bir bo’limini musiqa faniga bag’ishlagan. XIII - asrda Muhammad Ibn Mahsud ash-Sheroziy (1236-1310) «Dar ilmiy musiqiy», Sayfutdin Abdul Mo’min al Urmaviy (1294 yilda vafot etgan) ning «Risolatun Sharafiya» kabi asarlari ham musiqaga bag’ishlangan. Musiqa ilmi bilan o’rta asr olimi Muhammad al Amuliy ham shug’ullangan Zamonamizning atoqli musiqashunos olimi san’atshunoslik doktori Ishoq Rajabov (1927-1982) XIII- asrda maydonga kelgan al-Urmaviyning «Risolatun Sharfiya», Ash-Sheroziyning «Dar ilmiy musiqiy» asarlariga ilova qilingan va ud sozi uchun yozilgan qadimiy musiqa notalarini shartli belgilar bilan hozirgi zamon notasiga o’girishda tajribalar o’tkazdi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan bu tadqiqotda XIII-asrda notaga olingan qadimiy musiqa tuzilishini hozirgi zamon o’zbek kuylariga juda yaqinligi aniqlangan.
Tarix zarvaraqlariga nazar solganimizda ulug’ bobomiz Amir Temur davrida ham madaniyat va san’at rivojlanganligini guvohi bo’lamiz.
Ayniqsa Abdulqodir Marog’iyning Shom davlatidan olib kelib saroy musiqachilarining rahbari etib tayinlanganligi ham uning musiqa san’atiga ixlosmand bo’lganligidan dalolat beradi. XVII- asr musiqa tarixchisi Darvish Alining ma’lumotiga qaraganda Xoja Abdulqodir Marog’iy isfaxonlik bo’lib, o’sha davr Sharqining buyuk musiqa olimi, bastakor va nazariyotchisi edi. U Samarqandga kelgach, saroy teatri va musiqasiga rahbarlik qildi. Samarqandda o’z maktabini yaratdi, ko’plab shogirdlar tayyorladi va musiqiy taraqqiyotga katta hissa qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Zubdatul advor», «Maqosidul ilhon» nomli kitoblar yozilganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud bo’lib, Darvish Ali yana «Miatayin» nomli musiqa to’plami yaratgani haqida ma’lumot beradi.
Amir Temur o’z tuzuklarida o’ninchi toifa hunar-san’at egalaridir. Ularning davlat xonaga keltirib o’rdada o’rinlar belgilangan, deb ta’riflaydi. Yozma manbalarda yana shu davrning yirik bastakor sozandalaridan Sayfitdin Nayi va Qutbi Nayi, Said Yusuf (qo’buz), Darvish bek kabi musiqa sohasida mashxur bo’lgan san’atkorlar qalamga olinadi.
Movarounnahr madaniyati va san’ati ayniqsa Ulug’bek (1394-1449) zamonasida yuksaklikka ko’tarildi.
Professor Abdurauf Fitrat Ulug’bek davrida Samarqandda ijod qilgan Darvish Axmadiy Qonuniy, Sulton Ahmad Nayi, musiqiy risola yozgan qorako’llik Hisoriy, Xorazmlik Abu Vafo, musiqashunos olim mavlono Sohib Balhiy, Shahrisabzlik bastakor Abul Baraka, mashhur sozanda Navoiyning muallimi Xo’ja Yusuf Burxon, Navoiyning tog’asi Muhammad ali G’aribiylar kabi o’sha zamonning mashhur san’atkorlarini qalamga olib o’tadi. Mashhur musiqashunos Hofiz Darvish Alining qalamiga mansub «Tuhfatus surur» asarida aytilishicha Ulug’bek Mirzoning o’zi ham musiqiy olimlardan sanalgan.
«Muhit at tavorih» kitobida uni bastakor sifatida «Bulujiy», «Shodiyona» - (bu bizgacha yetib kelgan), «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuli Bahri» kabi yirik musiqa asarlari yaratgani ko’rsatiladi. Ma’lumotlarda shahar san’atkorlari ichida yallachi ayollar va raqqosalar ham bo’lganligi aytib o’tiladi.
Ulug’bek vafotidan so’ng san’atdagi rivojlanish davri hirotga ko’chdi. Buning bevosita rahbarligida ulug’ bobomiz Alisher Navoiy turdi, podshoh va shoir husayn Boyqaro homiylik qildi. Navoiy butun Movarounnahr, Xuroson san’at va adabiyot, madaniyat ahlining sarboni bo’lib yangi taraqqiyot pog’onasiga olib chiqdi. Shu davr ichida o’zbek xalqining musiqa madaniyati yuksak cho’qqiga ko’tarildi. Buyuk musiqa ustozlari eng iste’dodli talabalarni o’z tarbiyasiga oldi. Yangi kuylar, qo’shiqlar, musiqa nazariyasiga oid asarlar maydonga keldi, talantli sozandalar, bastakorlar, hofizlar yetishib chiqdi. Ustozi va do’sti buyuk shoir Abdurahmon Jomiy ham bu borada qalam tebratib «Risolai musiqiy» asarini yozdi. Bu asarda o’zbek xalqining qadimiy o’n ikki maqomi haqida qimmatli ma’lumotlar berildi. Yana bir zamondosh olim Zaynobuddin Al Xusayniy «Qonuni ilmi va amali musiqiy» nomli musiqiy darslik yozib, uni Navoiyga bag’ishladi. Nuritdin Marg’iloniyning «Maqsadul advor» («Musiqa ilmini maqsadi») risolasi ham maydonga keldi. Navoiy faqat san’atkorlarning homiysi bo’libgina qolmay, u musiqa olimi va bastakori ham bo’lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur uning bir qator musiqa asarlari yaratganini, jumladan «Naqshi» (ashula)lari, «Peshrav» (musiqa)lari borligini «Boburnoma» asarida hikoya qiladi. O’zlarining taxalluslari ham «Navo»ga bog’langanliklari zamirida musiqaga yaqindan oshno bo’lganliklarini ko’rsatadi.
Navoiy «Mahbubul-qulub» asarining ikkinchi mutrib (ashulachi), mug’anniy (sozanda) faslida mutrib va mug’anniylar ijrolarini ta’sirchanligi va tarbiyaviy ahamiyati haqida so’z yuritadi va nay, g’ijjak, tanbur, chang, ud, rubob, qo’buz, qonun, chag’ona, kabi musiqa asboblarini fazilatlarini ham ta’riflaydi. «Mezonul avzon» asarida Navoiy tuyuq changi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod kabi xalq qo’shiqlarining 8 turi, ularning vazn xususiyatlari haqida ma’lumotlar beradi. «Hamsatul-mutahayyirin» asarida esa Navoiyning musiqa nazariyasiga katta e’tibor bergani namoyon bo’ladi. Bu asarda Mavlono Ali tengi yo’q sozanda, nazariyotchi ekanini va unga bir nazariy darslik yozishni topshirganini aytadi. Bundan tashqari ustod Qulmuhammad, Xo’ja Shahobiddin, Abdullomarvaridiy, mavlono Binoiy kabi musiqashunoslarning musiqaga oid asarlar yozganlarini ko’rsatib o’tadi. Navoiy «Xolati Pahlavon Muhammad» asarini o’z davrining buyuk bastakori, o’n ikki maqomning takomillashuvida katta hissa qo’shgan Pahlavon Muhammadning musiqa ijodiga bag’ishladi.
O’sha davr musiqa madaniyati haqida Zahriddin Muhammad Bobur ham qimmatli ma’lumotlar bergan. Uning yozishicha ustodlar Qulmuhammad, Abdullo Marvoridiy, Xusayn Udiy, Darvishbek, Yusuf o’g’loqi (qo’biz), G’ulom Shodi, Shayxi nayi, Shayx quli (g’ijjak)lar Navoiyning yordami va g’amxo’rligi tufayli shuhrat topganlar. Zayniddin Vosifiy o’zining «Badoe’ul vaqoi» asarida Navoiy zamonasida xalq san’atini katta rivoj topgani to’g’risida yozib, hasan Nayi, Ahmad G’ijjakiy, Ali Kuchak Tanburiy, hasan Boloboniy, Mirzo Bayram, G’iyosiddin kabi sozanda va bastakorlarni nomlarini keltiradi.
Zayniddin Vosifiyning ma’lumotlariga qaraganda hirot Safaviylar tomonidan ishg’ol qilinganda besh yuzga yaqin san’at ahli Movarounnahrga ko’chish qilganligi, bular orasida Qosim Ali qonuniy, ashulachi va sozanda ayol (tug’anniya) ChaqarXonim, Said Ahmad G’ijjakiy, Muhibi Ali Boloboniy, hasan Udi, husan Udi, Xusayn Kuchak nayi, Hofiz Marxonanda, raqqoslardan Maqsud Ali kabilar borligi aytib o’tiladi.
Professor Abdurauf Fitrat ham XV-asrda Movarounnahr va Hirotda ijod qilgan «Ishrat» ismli cholg’u sozini chaladigan ustod Abulqosim va husayn Boyqaroning musiqiy muallimi, andijonlik mavlono Yusuf Badiyi, (husayn Boyqaro ham musiqa bilan shug’ullanganligi shundan ko’rinadi), tanburga bir sim qo’shimcha qilib ijro etgan. Mahmud Shayboniy, Abduqodir Marg’iloniy, Habibulloiy changi, Muharramiy changchi, Ali Shunqar, Mehtar Shamsiddin nog’orachi, Mehtar Imom nog’orachi, Alijon g’ijjakiylar kabi o’sha zamonning musiqiy ustozlari haqida ma’lumot beradi.
XIV asr oxiri XV asrda Farg’ona, Toshkent, Buxoro, Kesh va Xiva kabi Movarounnahrning boshqa viloyat va shaharlarida ham madaniy hayot, jumladan musiqiy madaniyat rivoj topdi. Farg’ona hukmdori Umarshayx (Boburning otasi) o’z poytaxti bo’lmish Andijonga san’at ahlini yig’ishga harakat qilgan. O’sha davr san’at ravnaqi haqida «Boburnoma»da ma’lumotlar beriladi. Bobur o’sha davr Andijon musiqiy muhitining ustozlaridan Xo’ja Yusufni, Vosidiy esa Toshkentlik bastakor, sozanda Shoh Husaynni eslab o’tadilar.
XVI-XII asr musiqiy san’atning taraqqiyotiga nazar solsak, o’rtadagi bir qancha uzilishlardan so’ng, oldinga siljishlar ro’y berganini guvohi bo’lamiz
1.2.O’zbek xalqi uzoq musiqiy tarixiy merosiga ega. Markaziy Osiyo pedagogik fikr taraqqiyotida musiqaning ma’naviy–tarbiyaviy omil sifatida keng qamrovda talqin etilishi uni pedagogik ilmlar bilan bir qatorda falsafa, tarix, musiqashunoslik, axloq ilmi asoslari bilan uzviy bog’liqlikda o’rganilishini taqozo etadi. Musiqaning insoniyat hayotidagi badiiy–estetik va tarbiyaviy ahamiyati haqida qator Sharq mutafakkirlari o’zlarining boshqa sohalarga bag’ishlagan asarlari ichida bayon qilganlar, shuningdek musiqiy risolalar yozganlar. IX-XII asrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, san’at va adabiyot islom madaniyati yo’nalishida rivojlandi va taraqqiy etdi. Bu davrda Ahmad Al Farg’oniy, Muso Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy, Abdulloh Ro’dakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg’ariy, az Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro kabi yuzlab fozillar yashab, ijod qildilar. Bu zabardast daholar – jahon madaniyati yulduzlari qoldirgan meros hanuzgacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Bu daholarning falsafiy-estetik qarashlari ahli din, ilmi hayrat, ilmi hol va qol kabi ta’limotlar tarzida shakllanib, borliqni mushohada etishda, nafosat (estetik) qadriyatlarni baholashda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Ajdodlarimiz barkamol insonni voyaga yetkazishda badiiy–estetik tarbiya vositalari, jumladan, musiqa san’atining ahamiyatini chuqur anglab, yoshlarning ichki xissiydunyosini boyitishda,ma’naviy - axloqiy fazilatlarini shakllantirish va kamol toptirishda musiqaning yuksak ijtimoiy jihatlariga diqqat – e’tibor bilan qarashgan.
O‘rta asr musiqa ijrochiligi madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shu ediki, sozandalar nafaqat bir necha turdagi musiqa cholg‘ularini chala olgan, balki o‘zlari ham musiqa bastalaganlar. Sozandalar o‘z davrining etuk musiqachilari va shoirlari ham bo‘lishgan. O‘rta asr sharoitida musiqiy ixtisoslashuv maxsus musiqiy ustaxonalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu erda ustoz-shogird an’analari qaror topib rivojlandi. Ayni paytda ansambl ijrochiligi takomillashdi, musiqa san’atining asosiy ko‘rinishlari shakllanib, cholg‘ularining yangi namunalari kashf etilishi ham o‘sha uzoq davrlarga borib taqaladi.
Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakllangan bo‘lib, ular o‘z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berganlar. Forobiyning (873-950) “Katta musiqa kitobi”, Ibn Sinoning (980-1037) “Davolash kitobi” qomusidagi
“Musiqa haqida risola”, Al-Xorazmiyning (X) asr “Bilimlar kaliti”, Safiuddin
Urmaviyning (1216-1294) “Oliyjanoblik haqida kitob” yoki “Sharafiya” kitobi, A.Jomiyning (1414-1492) “Musiqa hakida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg‘ulari haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan.
Safiuddin Urmaviy iste’dodli ud cholg‘uchisi, xonanda, mashhur sozanda sifatida tanilgan. U Ozarbayjonning Urmiya shahrida tug‘ilgan. Urmaviyning eng katta yutug‘i lad (“modus”)larning mukammal tizimini ishlab chiqqanligidadir. Ibn Zaylaning (1044 yilda vafot etgan) “Musiqa haqida to‘liq kitob”i uning musiqa ilmidagi yagona va bebaho kitobidir. U yangi usulni musiqada ladlarni harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abduqodir Marog‘iy (XV asr) Abduqodir ibn-G‘oyibiy (Marog‘iy) Ozarbayjonning Marog‘ shahrida tug‘ilgan bo‘lsada, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida-Samarqandda o‘tgan va Hirotda vafot etgan. “Musiqa ilmida ohanglar to‘plami” risolasida musiqa haqidagi ta’limotni - kamoncha, etti torli g‘ijjak kabi bir turdagi musiqa cholg‘ulari borligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitadi.
Al-Husayniyning XV asr Musiqiy kanonlarida asosan O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan ikki torli musiqa cholg‘usi - dutor haqida ma’lumot berilgan. Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo‘lib, o‘z risolasida kamonchali tanbur haqida ibratli mulohazalar bildirgan hamda inson ovozini musiqa cholg‘ulari ichida eng yoqimlisi deb hisoblangan. XVII asrda yashagan buxorolik musiqashunos Darvish Ali4 o‘z risolasidagi tanbur, chang, qonun, borbat, chag‘ona, ud, rud, rubob, qobuz, g‘ijjak, shemane, ruxavza, kungura kabi musiqa cholg‘ulari haqida batafsil ma’lumot bergan.
B uyuk Sharq mutafakkirlarining merosi xalq cholg‘ularini o‘rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega. Abu Nasr Muhammad Forobiyning mashhur asari “Katta musiqa kitobi” (“kitob al-musiqa al-kabir”) ulkan ahamiyatga ega. O‘rta asr olimi bu kitobda ikki xalq musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi qo‘shiq san’ati va cholg‘ular vositalarida
qayta tiklashga
Abu Nasr Forobiy ajratadi. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg‘ularining jamiyat hayotidagi rolini
o‘rganishga ahamiyat beradi va u “...Jangu-jadallarda, raqslarda, to‘ytomoshalarda, ko‘ngil ochar bazmlarda hamda ishq muhabbat qo‘shiqlarini kuylashda chalinadigan o‘ziga xos cholg‘ular bor,” deb yozgan edi.
Kitobning ikkinchi qismi boshdan oxir o‘sha davr musiqa cholg‘ulariga bag‘ishlangan. Unda lyutnya, tanbur, ud, nay, rubob, chang, shohrud, qonun va boshqa musiqa cholg‘ulari izchil va batafsil ta’riflanadi. Forobiy torli-mizrobli lyutnyani o‘sha davrda eng keng tarqalgan cholg‘u hisoblagan. Lyutnya o‘ziga xos mizrob (chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (lad)lar joylashgan. IX-X asrlarda lyutnya arabcha “ud” nomini oladi. Bu cholg‘u ko‘pgina Sharq mamlakatlarida, Kavkaz orti xalqlari orasida hozirgi kungacha saqlanib kelinmoqda (zamonaviy ud namunalari O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Milliy cholg‘u” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasida mavjud). “Musiqa haqida katta kitob”da Forobiy yana bir cholg‘u, ya’ni tanburni ham ta’riflaydi.
Olimning fikricha tanbur (dilni tirnash) udga eng yaqin turadigan cholg‘ulardan biridir. Tanburda torlar noxun yordamida chertiladi. Tanbur huddi ud kabi keng tarqalgan va xalq sevgan cholg‘udir. Tanburning ikki yoki uch jez tori bo‘lgan. Uning ikki turi ma’lum: Xuroson va Bog‘dod tanburlari. Bog‘dod tanburining maqomlari (parda-ladlari) ko‘p bo‘lgan, dastasida cholg‘u bo‘g‘zidan to dastasining yarmigacha oralig‘ida pardalar joylashgan. Tanburning bu turi shu kungacha o‘z shaklini yo‘qotmay, musiqa ijrochiligi amaliyotida yakkanavoz hamda ansambl cholg‘usi sifatida amaliyotda foydalanib kelinmoqda.
Forobiy shuningdek nayni ham ta’riflaydi. U turli hil damli cholg‘ularni ovoz hosil qilish tamoyiliga ko‘ra naysimonlar guruhiga kiritadi, ya’ni nay quvurida havoning damli harakati orqali tovush hosil bo‘ladi. Ulardan biri oddiy nay yoki bir yo‘nalishda joylashgan ko‘p teshikli nay. Bu turdagi bo‘ylama naylar yoki turlicha ataluvchi naylar hozirgi kunda ham Sharq xalqlari orasida mavjud. Uni Vetnamliklar-sao, tojiklar-tutek, tatarlar-kaval, qozoqlar-sibizg‘a, ozarbayjonlar-ney (juda kam uchraydi), qirg‘izlar-uoo, choor (cho‘ponlar cholg‘usi), o‘zbeklar-nay deb atashadi. Olim ko‘pincha o‘rik yoki tut daraxtidan ishlanadigan keng tarqalgan surnay haqida ham to‘xtaladi. Shuningdek, Forobiy dunay (mizmar)ni ham tilga oladi. Dunay hozirgi qo‘shnay yoki turkman xalq cholg‘usi gosha-dilli tyuydukga (qo‘sh qamish naychadan tuzilgan cholg‘u) o‘xshaydi.
Risolada Forobiy o‘zi yashagan davrda mavjud bo‘lgan rubobni ham batafsil ta’riflaydi. O‘sha davrdagi rubob ham hozirgi qashqar rubobiga o‘xshab rezonator va ancha uzun dastadan tuzilgan. Ikki xil chertma torli rubob mavjud bo‘lgan: birinchisi yog‘och dekali va asosiy qismi yog‘ochdan, ikkinchisining pastki qismi charmdan ishlangan dekali.
Forobiy ta’rif berishicha, chang ochiq torlarning tebranishi orqali ohang hosil qiluvchi musiqa cholg‘ulari turkumiga kiradi. O‘sha davrdagi changning o‘n besh (15)ta torlari bo‘lgan, ular diatonik sozlangan va ikki oktava oralig‘iga teng tovushqatorga ega bo‘lgan. Risolada ta’riflangan barcha cholg‘ular ashula, raqs, yakkanavoz va ansambl ijrochiligiga jo‘r bo‘lishda foydalanilgan. Forobiyning guvohlik berishicha, ud cholg‘usi ansambl ijrochiligida etakchi rol o‘ynagan. “Cholg‘u asboblari haqida kitob”da olim tanbur, rubob, chang kabi cholg‘ularni udda chalinayotgan kuyga yoki yakkanavoz xonandaga uyg‘un jo‘r bo‘lish uchun sozlash usullarini tushuntiradi.
Yashagan davriga ko‘ra buyuk olim Abu Ali Ibn Sino Forobiyga juda yaqin. Uning “Davolash kitobi” deb nomlangan yirik qomusining “Musiqa haqida risola” bobida o‘sha davrning musiqachiligiga oid ilmiy-falsafiy bilimlari bayon etilgan. Bu risolada cholg‘ular ta’rifiga anchagina o‘rin ajratilgan. Ibn Sino o‘z davri musiqalarini ikki guruhga bo‘ladi: mizrobli, noxunli (borbat, tanbur, rubob) va butun rezonator qopqog‘i bo‘ylab tortilgan ochiq torli cholg‘ular (shohrud, chiltor, lira), chang (arfa).
O‘sha davrda Sharqning taniqli mutafakkiri Safiuddin Urmaviy musiqa ilmi tizimini rivojlantirdi. U usta ud cholg‘uchisi, xonanda va mohir bastakor sifatida mashhur edi. Udda olib borgan tajribalariga tayanib olim o‘z nazariy qoidalarini bayon etdi. Urmaviyning “Taqvodorlik kitobi”da ud ta’rifi quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi: “Bilingki, cholg‘u asboblari ichida ud deb ataluvchisi eng mashhur va eng zamonaviydir”. Abu Ali Ibn Sino Udning besh juft tori kvarta tartibidagi etti (7) ta maqomi (pardasi) bo‘lgan. Torlari, bam, masna, maslas, zir va eng yuqorisi hadd deb atalgan. Besh qo‘sh torli, takomillashgan ud keyingi paytlarda ham o‘z tuzilishini saqlab qolgan (shu kunlargacha Armaniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda saqlanib qolgan ud ham besh qo‘sh torli, lekin maqom (parda-lad)siz. Udning kvartaga mos sozlangan besh qo‘sh tori va etti maqomi (parda-ladi) haqida Sheroziy (12361311), Jomiy (XV asr), Al-Husayniy, Marog‘iy, Ibn Sinolar yozishgan. Jomiyning “Musiqa haqida risola”sida keltirilgan ud dastasining to‘la chizmasi uni sozlash haqida to‘liq tasavvur beradi. Uning tasdiqlashicha mavjud o‘n ikki (12) maqom qadimiy etuk musiqaning asosidir. Jomiy musiqaning tinglovchilarga ta’siri haqida to‘xtalib, uning chuqur ruhiy va ma’naviy ahamiyati bor, deb hisoblaydi.
Marog‘iyning XIV asrda yaratilgan “Kanz al Tuhaf” risolasida g‘ijjak va rubob haqida qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Masalan, Marog‘iy o‘zining risolasida g‘ijjak yasash usuli (texnologiyasi) haqida ma’lumot beradi. Olimning tasdiqlashicha ipak yoki pay torlar jez torlarga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang chiqarishi mumkin ekan.
Qo‘sh torli cholg‘u dutor haqidagi ilk ma’lumotlar Al-Husayniyning XV asrda yaratilgan musiqa kanonlarida uchraydi. “Dutor” atamasining paydo bo‘lishiga uni shaklan o‘xshash, ko‘p torli boshqa cholg‘ulardan (ozarbayjoncha soz, tanbur, ud kabi) farqlash asosiy sabab bo‘lgan.
XIII-XVII asrlarda yaratilgan risolalarda chang, qonun, nuzxa, rubob, tanbur kabi torli cholg‘ular, shuningdek, damli cholg‘u nayning ta’riflari berilgan. Darvish Alining (XVII asrda) Buxoroda yaratilgan musiqaga doir risolasi an’anaviy xalq cholg‘ulari haqidagi ma’lumot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin. Unda musiqa madaniyati, chunonchi O‘rta Osiyoning yirik shaharlarida mavjud bo‘lgan cholg‘ular hamda mohir ijrochilar haqida nodir ma’lumotlar mavjud.
Darvish Alining risolasi XI-XII asrlar O‘rta Osiyo musiqasini o‘rganishda qimmatbaho manbadir. Mazkur asarda mashhur xonanda va cholg‘uchilar, bastakorlarning ijodiy tarjimai hollari bayon etilgan. Risolaning V- va VIboblari o‘sha davrda ko‘pgina Sharq mamlakatalarida qo‘llanilgan halq cholg‘ulari haqidagi ma’lumot batafsil bayon qilinadi. Darvish Ali o‘tmishdoshlari singari torli, mizrobli cholg‘ular orasida tebranish ohangiga ko‘ra eng yaxshisi sanalgan udni cholg‘ular “sultoni” deb atadi. Udning juft sozlangan o‘n ikki tori bo‘lgan. U Forobiy davridagi dastlabki uddan birmuncha farq qilgan. Darvish Alining ma’lumotlariga qaraganda, oltinchi quyi tor (muxtalif) cholg‘uning pastki diapazonini (bas registrini) kengaytirgan. Ud cholg‘uchisi Sulton-MuhammadUdiy-samarqandiyni muallif noyob iste’dodli cholg‘uchi, musiqiy asarlar ijodkori sifatida aks ettirgan.
Naychi Sulton Ahmadni Darvish Ali mashhur cholg‘uchi sifatida tilga oladi. Risolada muallifining yozishicha, u chalgan nayning sehrli ohanglari musiqa san’ati ixlosmandlarida chuqur taasurot qoldirgan.
Buxorolik Shayx Shamsiy-Rabboniy mohir rubob cholg‘uchisi, mashhur sozanda sifatida tanilgan. Uning ijrosi tinglovchilarga shu qadar kuchli ta’sir qilganki, hech bir kishini befarq qoldirmagan. Rubobning ohangini eshitib, betakror ijrosidan hayratga tushgan odamlar chor atrofdan to‘planaverishgan ekan.
Risolada yozilishicha chang cholg‘ular homiysi - Zuhraga bag‘ishlangan. Ta’riflangan changning etti maqom ijrosi uchun yigirma olti tori va etti pardasi bo‘lgan. Nay qadimiy cholg‘ularning biri sifatida tilga olinadi. Bulardan tashqari, risolada qonun, rubob, qobiz, g‘ijjak, musiqor, ebon-nay (damli, charmli), Xitoyda tarqalgan ruxavza kabi (olti tordan iborat noxunli) cholg‘ular ham tilga olingan.
Darvish Ali o‘sha davrda mavjud bo‘lgan cholg‘u ansambllari va ularning ijrochilari haqida hamda ularning Sulton Muhammad saroyida turli xil tantanalarda, qabullarda, dam olish kechalari va yaqin kishilar davralarida doimo ishtirok etganlari haqida xabar beradi. Saroyda “nog‘ora xona”5, deb atalgan 60 ijrochidan tashkil topgan cholg‘uchilar ansambli bo‘lgan. Ularni nog‘orachi (maestro) boshqargan. U misol tariqasida shunday dalilni keltiradi: “Sulton
Husayn saroyida ansambl rahbari - mehtar vazifasini yetuk nog‘orachi Sayid Ahmadbin mehtariy-Miroqiy bajargan. Darvish Ali bu sozandaning mahoratini yuksak baholab, uni “tengsiz cholg‘uchi, bu dunyoning katta-yu kichik mo‘jizalari ko‘rki”15, deb ta’riflagandi. Saroyda ko‘p sonli sozandalarning saqlanishi, ularning hordiq chiqarish, tantana va bayramlarni tashkil etishdagi ahamiyati, xalq cholg‘ularida ijrochilik aholining turli tabaqalari orasida keng tarqalganligi haqida taxminni to‘liq asoslaydi.
Darvish Alining guvohligi yana shunisi bilan qimmatli-ki, u qayd etgan cholg‘ularning kattagina qismi (nay, surnay, chang, qonun, rubob, tanbur, g‘ijjak, qobiz, doyra, nog‘ora, ud). O‘rta Osiyoning O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa respublikalarida, shuningdek Ozarbayjonda bizning kunlargacha saqlanib keldi va u takomillashmoqda. Ushbu musiqa cholg‘ulari uzoq vaqt mobaynida o‘zbek halqining kundalik turmush tarzidan mustahkam o‘rin olib, uning madaniy hayotida keng qo‘llanib kelingan. Shunday ekan, bu cholg‘ularni o‘zbek xalq cholg‘ulari, deb atash o‘rinlidir.
Darvish Ali o‘sha zamonning buyuk xalq cholg‘uchilari ijro etgan ko‘p qismli, turkum musiqiy asarlar - maqomlarning katta ahamiyati haqida so‘z yuritgan. O‘rta asr Sharq olimlarining asarlarida musiqiy cholg‘ular, ular yaratgan ma’naviy va madaniy muhit haqida tarixiy ma’lumotlar etarli darajada bayon qilingan, ammo ularda u yoki bu xalq cholg‘ularining texnik va badiiy imkoniyatlari haqida ma’lumotlar juda oz. Risolada ta’kidlanishicha, ijrochilar aynan o‘ziga xos ijrochilik amaliyoti asosida musiqa nazariyasini ishlab chiqishgan va xalq cholg‘ularining mavjud shakllarini ta’riflashgan.
Mo‘g‘illar istilosi davrida (XIII) O‘rta Osiyoning madaniy hayotida biroz orqaga ketish bo‘ldi va faqat sohibqiron Temur O‘rta Osiyoni birlashtirgach, san’atning turli sohalari yana ravnaq topa boshladi. Temur o‘z poytaxti Samarqandda me’morchilik ishlariga katta e’tibor berdi. Samarqanddan tashqarida ham bir qancha me’morchilik obidalari qad ko‘tardi (Shahrisabz, Yassa shaharlarida). Egallab olingan madaniy markazlardan turli kasb ustalarini, shu jumladan, xalq cholg‘ulari xalq og‘zaki ijodi va klassik adabiyot bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlandi. Firdavsiy, Sa’diy, Navoiy, Nasimiy, Fuzuliy, Behbudiy, Dehlaviylarning asarlarida 60 dan ziyod xalq cholg‘ularining nomi zikr etilgan.
Borbadning Xusrav huzurida kuy ijro etayotgani
F irdavsiyning “Shohnoma” asari (XIV asr)da musavvir Muhammad Muqum Xusrav oldida ud chalayotgan VI asr cholg‘uchisi Borbadni tasvirlagan. Asardan cholg‘ularning ikki guruhga - xonaki cholg‘ular (chang, rud, lyutnya, fleyta, nay) va shovqin damli cholg‘ular (karnay, litavralar, buben, baraban, gong)ga bo‘linganligi ma’lum bo‘ladi.
XIV asr oxiri XV asr boshlarida O‘rta Osiyoda adabiyot va san’at, jumladan, musiqa temuriylar ijtimoiy hayotida (ayniqsa Samarqandda) muhim o‘rin tutgan. “Zafarnoma”ning bir miniatyurasida Temurning safarga chiqishi aks ettirilgan bo‘lib, unda dutor cholg‘usi tasvirlangan. Boshqa bir suratda esa karnaychilar qal’a devori ustida turib Temur qo‘shinlari g‘alabasi haqida jar solayotganligi aks ettirilgan.
XV-XVII asr miniatyuralarida chang (arfa), doyra, lyutnya, borbat, ud, qonun, g‘ijjak, soz, nay, rubob, tanbur kabi cholg‘ular tasvirlangan. “Shohnoma”ning XV asr o‘rtalarida ko‘chirilgan nusxasidagi miniatyura parchasida chang, ud, tanbur va rubob cholg‘ulari aks ettirilgan. O‘rta asr miniatyuralarida nay xalq cholg‘ulari xonaki ansambli tarkibida tasvirlangan. Bu cholg‘uning jozibali ohangidan ilhomlangan Jaloliddin Rumiy (XIII asr) unga bag‘ishlab “Nay qo‘shig‘i” she’rini bitadi: Nayning ovoziga quloq tut, u ne hakda g‘am chekar, yig‘lar, Mangu hijron, o‘tmish alamin unutolmay dillarni tirnar.
Z ahiriddin Muhammad Boburning
( 1483-1530) e’tirof etishicha, Alisher Navoiy o‘z davrida ko‘plab ud cholg‘uchilari, naychilar, g‘ijjakchilar, changchilarning o‘z iste’dodlarini namoyon etishga ko‘maklashgan. “Boburnoma”da o‘zbek xalq cholg‘ulari ijrochilarining nomlari zikr etilgan. Boburning ta’kidlashicha, “Ustod-qul Muhammad Shayboniy va Husayn udiy kabi mohir cholg‘uchilar Bek (Navoiy)ning bevosita yordami va homiyligida Zahiriddin Muhammad Bobur katta shuhrat qozondilar, ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar”17. Bobur shuningdek, Shoh Qulliy-
G‘ijjakiy, Husayn Uddiy, Xo‘ja Abdulloh Marvarid Qonuniy kabi mohir ijrochilarni ham tilga oladi. Navoiy davrida nay, ud, g‘ijjak, qonun, karnay, surnay, nog‘ora, doyra, chang ijrochiligi keng tarqalgan edi. Ularning hammasi ansambl ijrosida ham yakka ijroda ham birdek qo‘llanilgan. Chang yakka cholg‘u sifatida alohida ajralib turgan.
Chang eng keng tarqalgan cholg‘u sifatida ko‘plab adabiy manbalarda qayd etiladi. Chang cholg‘uchilarini o‘z asarlarida FirdavsiyOzoda, Navoiy-Dilorom, Nizomiy esa Fitna deb atashgan. XV-XVII asr yozma yodgorliklari ma’lumotlarini qiyoslab shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni bu davrga kelib O‘rta Osiyoda xalq cholg‘ularida ijrochilik Alisher Navoiy madaniyati o‘z kamolotiga etdi. O‘zbek xalq cholg‘ulari ijrochilari ayni chog‘da o‘zlari ham musiqa asarlari yaratganlar. O‘sha paytdayoq mohir chang, ud, g‘ijjak, qonun, nay, tanbur, bo‘lamon ijrochilari va etuk xonandalar bo‘lgan, ular o‘ziga xos ansambllar tuzishgan. Shuningdek, yakkanavoz ijrochilik ham rivojlangan.
Shahar hunarmandlarining musiqiy faoliyati sezilarli darajada kengaydi. Ko‘pchilik ijrochilar hunarmandlar orasidan chiqqan bo‘lib, cholg‘uchilik kasbi ular uchun yuqori tabaqa jamiyatiga yo‘l ochgan. Ularni tez-tez saroy tantana va marosimlariga jalb etishgan. Ular nazm va musiqa majlislarining ko‘rki bo‘lgan. Bu erda hozirjavoblik, qo‘shiq, aytish, biror-bir cholg‘uda chalish layoqati yuqori baholangan. Yosh ijrochilar uchun bu o‘ziga xos ko‘rikmusobaqa bo‘lgan. Shuning uchun ular bir yoki bir necha musiqa cholg‘ularini chalishda bir-biridan o‘zishga intilishgan. Shunday qilib, XIV-XVII asr tasviriy san’atida va adabiy merosida ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi musiqa cholg‘ulari asosiy turlarining barqarorligini tasdiqlovchi boy material berilgan. Va nihoyat, Temuriylar davri va keyingi ikki yuz yillik davr kitob miniatyurasi xalq cholg‘ulari ansamblining quyidagi ikki turi bo‘lganligi haqida shahodat beradi:
1) doyra va nay jo‘rligida chertma torli ansambl (xonaki turdagi); 2) Damli va urma zarbli cholg‘ular (karnay, surnay, bulamon, doyra, nog‘ora) ansambli.
Ansamblning ikkinchi turi ko‘p hollarda harbiy orkestr sifatida foydalanilgan.
O‘rta Osiyo olimlarining musiqa haqidagi risolalari, badiiy adabiyot, rassomchilik bizning kunlargacha etib kelgan o‘zbek xalq cholg‘ulari tarixiy taraqqiyotining uzun zanjiridagi ayrim uzilgan xalqalarini qaysidir darajada tiklash imkonini beradi. Musiqa cholg‘ulari yasovchi xalq ustalari bir parcha yog‘ochga, qamishga, suyakka “jon” ato etishgan, bu ularga abadiylik bag‘ishlagan. Necha yuz yillar o‘tdi, musiqa cholg‘ulari esa yakka, ansambl va orkestr ijrochiligida o‘z o‘rnini egallab, bugungi kungacha yashab kelmoqda.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida o‘zbek musiqa madaniyatida xalq va professional musiqa san’atining quyidagi ko‘plab yangi turlari takomillasha boshlaydi: katta ashula, katta o‘yin, Shodiyona, Navro‘z, Mavrigiy, Shashmakom, Chormaqom (unga Dugoh Husayniy, Chorgoh, Bayot, Gulyori-Shahnoz kirgan). Joylarda mavjud musiqa cholg‘ulari va ijrochilarga bog‘liq holda turlicha cholg‘u ansambllari tuzilgan. Ko‘p hollarda xalq cholg‘ulari ansambli tarkibiga g‘ijjak, tanbur, dutor, chang, nay, qo‘shnay, doyra kabi musiqa cholg‘ulari kiritilgan.
XULOSA
Musiqachilikda olti turkum asarlardan iborat Shashmaqom ayniqsa mashhur bo‘lgan. Maqomlar asosan saroy a’yonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan sharoitda ijro etilgan. Hatto Mohir qo‘shiqchilarning o‘ziga xos musobaqasi (ayniqsa avjlarni ijro etishda, shuningdek, yangi qismlarni to‘qishda) tashkil etilgani ma’lum. XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo‘shnay, surnay, karnay, bo‘lamon, chang, qashqar rubobi, buxoro (afg‘on) rubobi, tanbur, dutor, do‘mbra, g‘ijjak, sato, doyra, qayroq, safoil kabi cholg‘ular mustahkam o‘rin oldi.
Cholg‘u ijrochilik san’ati tarixida ham XIX asr bir qator musiqa ustalarini etishtirib chiqargan davr bo‘ldi. Bular: To‘ychi Xofiz, Shorahim Shoumarov, Shobarot tanburchi, Abdusoat dutorchi, Usta Usmon Zufarov (Toshkent), Rustambek (Andijon), Ashurali Mahram, Abduqodir naychi, Ahmadjon qo‘shnaychi (Qo‘qon), Abdulla Tarak, Ro‘zimatxon changchi (Namangan), Usta Masaid doirachi va changchi Usta Olim Komilov, Yusufjon qizik (Marg‘ilon) va boshqalardir. Bu san’atkorlar o‘zbek xalq musiqasi xazinasi boyliklarini saqlab qolishda, yosh iste’dodlarni tarbiyalashda, qadimiy cholg‘ularning tuzilishini takomillashtirish va yangiliklarni yaratishda katta rol o‘ynashdi. Yangi musiqa cholg‘ulari asta-sekin turmushga kirib kelib, o‘tgan yuz yillik oxirida ansambllardan mustahkam o‘rin oldi. Musiqa cholg‘ularidan qo‘shiq va raqslarga jo‘r bo‘lishda ham keng foydalanildi, ohanglarning ta’sirchanligi metroritmik bezak va qochirimlar bilan to‘ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |