O’zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fanidan prezentasiya 01/ guruh talabasi Bajardi: Xamidova Mohichehra Qabul qildi: Ernazarova Gulnora



Download 2,18 Mb.
Sana10.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#653110
Bog'liq
Xamidova Pedagogika (1)

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fanidan prezentasiya 201/ 1 guruh talabasi Bajardi:Xamidova Mohichehra Qabul qildi:Ernazarova Gulnora

Mavzu: O‘qitish jarayoni vazifalari (funksiyalari) va bosqichlari


Reja: 1. O‘qitish jarayoni 2. O‘qitish jarayoni vazifalari. 3. O‘qitish jarayoni bosqichlari.
Pedagogik fanlarni o'qitish jarayoni
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo’yicha qo’llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:
1. Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’z lashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o‘qi tuvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qi tuvchi ning o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mav zuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini
boshharishdan iborat bo’ladi.

2.SUHBAT . O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jara yoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqos lash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyor lashdan iborat. O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollar ni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayana dilar.


3 Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshir iqni ifodalash, faoliyat maqsadini bel gilash, o’quv chilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinish larda aks etadi.
4.O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashhari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisa larni kuzata borib, turli fan o’qituvchi larining ko’rsat malari bo’yicha ular ni qismlarga taqsim lab har bir o’quvchining o’ziga xos,o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasi ga yuklash, ob’ektni belgi lash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
5 .Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisa larni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifoda laydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy
xulosa chiharishni o’rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jara yoni ning o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takror lanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajri ba sanaladi.
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqich larining borishini nazorat qiladi, boshharadi, shuning
dek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur ang lash,uni bajarishga nisbatan mustaqil yon dashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomoni dan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan
tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallan gan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuv lar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijti moiy-foyda
li ishlarni boshharish kabilar qayd etiladi.
O‘qitish jarayoni vazifalari. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi. O‘qitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida to‘liq anglash mumkin: DJ=M+Ao‘f + Ao‘fb Bu yerda: DJ - didaktik jarayon. M - motivatsiya. Ao‘f - o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati algoritmi. Ao‘fb - o‘quvchilarning billish faoliyatini boshqarish. O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi. O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malaka lar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’na viy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xusu siyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ik kinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabat lari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirish da o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqos lash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usu llarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirish
ni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
O‘qitish jarayonining bosqichlari.
O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jara yonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, ud dasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malaka
lar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu
bosqichlardan o‘tishi kerak.
O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat: 1) o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish; 2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi; 3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va ma lakalarning hosil bo‘lishi; 4) hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish).
Har bir bosqich uchun o‘quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rah barlikni talab etadi. O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi.
O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tay yorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasav vur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish. O‘rganilayotgan ob’ yekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi, asta-sekin chuqur lashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir. Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalar ning hosil bo‘lishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o‘zlashtirish keyin chalik uni mustahkamlash va takomillash tirishni talab etadi. Bilim, ko‘nikma va malaka larni amalda qo‘llay olish (kompetentsiyalarni shakllantirish). Bilim, ko‘nikma va mala kalarni amalda qo‘llash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.
O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bog‘ langan. O‘qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati - bilim, ko‘nikma malaka va kompetentsiyalarni hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir. O‘rgatuvchilik faoliyati yoki o‘qitish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi va ularni mashg‘ulotlar uchun uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning faoliyatini to bora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo‘yib borishda, ularni tek shirib borish kabilarda o‘z ifodasini topadi. O‘quv faoliyati yoki o‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchi larning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi. O‘qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o‘quvchilarning esa faol ongli ishtirokisiz, ta’lim jarayo nida ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim jarayonining bu ikki tomoni (o‘qitish va o‘qish) bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o‘quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir
Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish