? ? ? Hammaga ma’lum bo’lgan brend o’zi nima Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: Brend – bu raqobatchilardan farqlanish maqsadida aniq sotuv-chi yoki sotuvchilar guruhining tovarlari va xizmatlarini belgi-lash uchun qo’llaniladigan so’z, belgi, simvol, dizaynerlik ishi yoki ularning kombinatsiyasidir. Mazkur nom
“Adobe Systems”
kompaniyasining
asoschisi Jon
Vornok uyi
yaqinidagi Edobi
(Adobe Creek)
soyidan vujudga
kelgan.
Apple Stiv Jobs qo‘li ostidagi kompaniyaga uzoq muddat-gacha munosib nom topilmadi. Bir kuni janob Stiv: “Agar kompaniyaga munosib nom topilmasa, uni Apple (“olma”) deb nomlashini aytdi” (ayni o‘sha paytda, u olma iste’mol qilayotgan edi). Barcha ho-dimlar buni hazil deb o‘ylashdi. Ish kunining so‘ngida esa Stiv Jobs qarori qat'iy ekanligini isbotladi. Keyinchalik kompaniya logotipiga ham aynan Stivning tishlangan olmasi tasviri qo‘yildi.
Google Bu so‘z kompaniyaning birinchi sarmoyadori chek qog‘ozida yozilgan va o‘z-o‘zidan shu nom kelib chiqqan. Aslida ingliz tilida yuzta noldan iborat raqam gugol deb ataladi. Kompaniya egalari gugol so‘zini eng yaxshi nom deb bilishgan. Ammo ro‘yhatdan o‘tayotgan vaqtda hatoga yo‘l qo‘yilib, “Gugl” (Google) deb yozishadi. Shundan beri, “gugol” o‘rniga “gugl” so‘zi qo‘llanib kelinadi. Yahoo! Gulliverning sarguzashtlari” asari muallifi Jonatan Svift asarda yoqimsiz, jirkanch kishilarni “Yahoo” ("yahu")" deb ta’kidlaydi. Yahoo! kompaniyasi asoschilari Jerri Yang va Devid Filo ham o‘zlarini shunday ataganlar
va kompaniyaga ham shu nomni berganlar.
Eng mashhur kompaniyaning noodatiy nomlanishi ikki mahalliy brend — “Lucky” (Omadli) va “GoldStar” (Oltin Yulduz) larning bosh harflaridan
olingan.
Kompaniya o‘z ishini daraxtni qayta ishlashdan boshlab, keyinchalik Finlyandiyaning Nokia shahrida rezina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shundan so‘ng, jarangdor Nokia nomi maydonga chiqdi.
Uch yapon iyeroglifidan tashkil topgan Nin-ten-do - "Omadni samolarga qoldir" ma`nosini anglatadi.
"Sam" koreys tilidan tarjima
qilinganda - uch, "sung" esa yulduz ma`-nosini bildiradi. Shu tariqa Samsung so'zini "uch yulduz" deb tarjima qilish mumkin. Uch raqami koreyslarda "katta, ko'p sonli va kuchli" ma`nolarini beradi.
Dunyoning eng mashhur multipli-katsion studiyasi logosida doim ertaknamo qasrning surati tasvirlanib ke-linadi. Dastavval uning prototipi Noyshvanshtayn - nemis qasrlaridan biri bo'lgan. 2006 yilga kelib esa, u Parij Disney-lendidagi Zolushka qasriga almash-tirilgan.