Xalqaro savdodagi zamonaviy qarashlar.
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchiolimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko’rsatish mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar ‘Ishlab chiqarish omillariga bog’lab narxlarni tenglashtirish’ qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq. Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
Mamlakatlarda mahsulotlarni eksport qilishda ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan foydalaniladi va aksincha, yetishmayotgan ishlab chiqarish omillarini qoplash uchun mahsulotlar importida o’zgarishlar kuzatiladi.
Ushbu vaziyatlarda xalqaro savdoda ‘omillar narxi’ning tenglashishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi.
Mahsulotlar eksporti ishlab chiqarish omillarining qo’shilib ketishi natijasida o’zgarishi mumkin.
Xeksher-Olin kontseptsiyasida omillar faoliyatining xususiyatlariga bog’liq bo’lgan bir nechta vaziyatlar keltirladi.
E. Xeksher va B. Olinlar D. Rikardo kontseptsiyasining davomchilari mahsulotlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatlararo o’ta qiyin harakatlanishini noaniq baholashgan.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko’rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, ‘sanoatlashgan’ va ‘agrar’ mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital – intensiv ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladi.
Xeksher–Olin kontseptsiyasi ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning zamonaviy sharoitlariga moslashtirilgan.
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeker-Olen kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdolar – ishlab chiqarish omillarining bir yoqlamaligi, texnikalarning bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlarga tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P. Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdolarni, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |