O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,44 Mb.
bet90/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

2. Tovlamachilik.
Qonunga ko‘ra, tovlamachilik deganda jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish tushuniladi.
Tovlamachilik jinoyati ko‘p o‘bektli bo‘lib, ushbu jinoyatning bevo­sita o‘bekti mulkiy munosabatlar, qo‘shimcha o‘bekti esa, jabrlanuvchi va uning yaqin kishilarining sha‘ni va qadr-qimmati hamda ularning shaxsiy daxlsizligi va sog‘lig‘ini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Tovlamachilik jinoyatining predmeti o ‘ziga xos hisoblanib, quyidagilardan iborat: 1) mulk; 2) mulkiy huquq; 3) mulkiy manfaatlar; 4) mul­kiy yo‘sindagi harakatlar.
Mazkur jinoyatning predmeti hisoblangan mulk ko‘chmas mulk (dala hovli, uy va shu kabilar) yoki ko‘char mulklar bo‘lishi mumkin.
Mulk deganda borliqda mavjud bo‘lgan moddiy qimmatliklar tushuniladi, biroq moddiy qiymatlik hisoblangan mulklar jamiyat uchun xavf tug‘diruvchi ashyolar bo‘lmasligi kerak. Masalan, o‘qotar qurollar, portlovchi moddalar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar va boshqa shu kabilar.
Mulkiy huquq deganda mulkka egalik qilish huquqini yoki ularni tasarruf qilish huquqini beruvchi (qarz tilxati, vasiyatnoma, ishonchnoma va boshqa) hujjatlar tushuniladi.
Mulkiy manfaatlar deganda tovlamachiga mulkiy manfaatlar beradigan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etish tushuniladi (masalan, shaxsni xizmat majburiyatlarini bajarmaslik evaziga tijorat tashkilotiga ishga qabul qilish, vasiyatnomani o‘zgartirish, mavjud qarzlaridan voz kechish, tashkilotning daromad ulushiga qo‘shish va boshqa).
Mulkiy yo ‘sindagi harakatlar deganda mehnatni hech qanday haqsiz, tekinga bajarish (masalan, uyni tekinga ta‘mirlab berish) yoki ishlab berish harakatlari tushuniladi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni quyidagilarda ifoda­lanadi:

  1. jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish;

  2. jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish.

Tovlamachilik o‘bektiv tomonining birinchi ta‘rifdagi holati ikki alohida belgilar mavjudligini nazarda tutadi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish